Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Mavzu: Qotishmalar va ularning ishlatilishi. 5-laboratoriya ishi Darsning maqsadi


Download 0.82 Mb.
bet24/92
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1164836
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
9-sinf Kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Mavzu: Qotishmalar va ularning ishlatilishi. 5-laboratoriya ishi


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Qotishmalar va ularning ishlatilishi
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Oltin zaxiralari bo`yicha o`zbekiston dunyoda 4-o'rinda turadi.Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov,Aristontov, To`rboy va boshqa yerlarda joylashgan. Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, o`qjetpes,Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan.Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo`lib,Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi.Shuningdek o`zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko`plab metallar konlari mavjud.Qotishmalar Qotishmalarning turmushdagi ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? Qotishmalar - suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo`lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo`ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta'siriga chidamli turlarga bo`linadi.Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o`tkazuvchanligi yuqori bo`ladi. Qotishmalaming xossalari ular tarkibini tas ikkil qiladigan moddalarning xossalarigabog`liq. 99 % mis va 1 % berilliydan tas ikkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo`ladi.5O,1 % vismut, 24,9 % qo`rg`oshin, 14,2 % qalay, 1O,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5°C da suyuqlanadi (vismut - 271,3°C, qalay -231,9°C, kadmiy - 32O,9°C, qo`rg`oshin - 327,4°C da suyuqlanadi). Rux, mis, aluminiy alohida bo`lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 5O % mis, 45 % aluminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog`liq bo`ladi. Kristallanganda ba'zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba'zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog`lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskif farq qiladi, 8-rasmda sof rux va mis hamda ularning bir-biridagi qattiq eritmalar: kristall tuzilishlari ko`rsatilgan.Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushdz keng qo`llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5OOO yil muqaddam ham ishlatilgan Hozirgi vaqtda temir va aluminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan otishmalardir.Gomogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au, Ag-Au, Na-K, Bi- Geterogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn-Al, Zn-Al).Intermetall (metallararo) qotishmalar - elektrmanfiylik qiymatlari bir- biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo'lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo'lmaydi.Kundalik turmushimizda sof metallardan tayyorlangan buyumlarni deyarli uchrat- maymiz. Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo'lishini rejalashtirilganholda tayyorlanadi. Qotishmalaming kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi. sof rux va mis hamda ulaming bir-biridagi qattiq eritmalari kri stall tuzilishlari ko'rsatilgan.Qotishmalar xossalarining tiirli-tiimanligi tufayli sanoatda va maishiy tumiushda keng qo'llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5000 yil muqaddam ham ishlatilgan. Hozirgi vaqtda temir va aluminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan qotishmalardir.
5-laboratoriya ishi
1.Qotishmalaming namunalari bilan tanishish.
2. Sizga berilgan qotishmalar namunalarini ko'rib chiqing.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Berilgan namunalarning qattiqligi va plastikligini tekshirib ко'ring.
Ularning rangiga e'tibor bering.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling