Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 0.82 Mb.
bet26/92
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1164836
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
9-sinf Kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.

1.Metallarning fizik va kimyoviy xossalari. 2.Metall bog‘lanish.


3. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori.


Yangi darsning bayoni.
Metall bog`lanishning boshqa kimyoviy bog`lanish turlari bilan o`xshash va farqli tomonlari haqida nimalar bilasiz?Fizik xossalari. Metallar (fransiy va simobdan tashqari) odatdagi sharoitda qattiq agregat holatdagi moddalardir. Kristall holatidagi metallar nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun yaltiroqlikka ega. Indiy va kurnush nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi. Aluminiy va magniydan boshqa barcha metallar maydalangan (kukunsimon) holda qoramtir yoki to`q kulrangga ega bo`ladi. Oltin va misdan boshqa metallar oq yoki kulrangning turli tuslarida tovlanadi.Barcha metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Kumush va mis bu sohada dastlabki o`rinlarni egallaydi. Metallar bolg`alanuvchanlik va plastiklik xossasiga ega. Bolg`alanuvchanlik - jismlarning tashqi ta'sirlar natijasida osongina shaklini o`zgartirish qobiliyati. Eng bolg`alanuvchan metall oltin bo`lib, undan yupqa folga va nozik ip tayyorlash mumkin.Metall bog`. Metallarning bu kabi tavsifli xossalari ular ic ikki tuzilishining o`ziga xosligi bilan izohlanadi. Metallarning kristall panjarasi tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo`lib turadi. Shu erkin elektronlar bo`lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazishini ta'minlaydi. Elektronlar butun kristall bo`yicha umumiy hisoblanadi.Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan j kimyoviy bog` metall bog` deb yuritiladi.Metall bog` qattiq va suyuq agregat holatida bo`lisbidan qat'iy nazar, faqat metallar uchungina xosdir.Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atornlarining xususiy xossalari bo`lgan yadro zaryadi, massa, metall bog`ning mustahkamligiga bog`liq.Umumiy zichlik bo`yicha metallar yengil, ya'ni zichligi 5OOO kg/m3 dan kichik (litiy, natriy, magniy, aluminiy va b.) hamda zichligi bundan katta og`ir metallarga (rux, temir, mis, simob, oltin, platina, osmiy va b.) bo`linadi.Eng quyi suyuqlanish harorati simobga tegishli (-38,87°C) bo`lsa, eng yuqorisi volframga tegishli (341O°C). Eng qattiq metallar xrom va volfram bo`lsa, eng yumshoqlari natriy, kaliy va indiydir.Kimyoviy xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari ular atomlarining valent elektronlarini oson berib tegishli ionlarga aylanish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Kimyoviy reaksiyalarda metallarning atomlari qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan, kislorodda yonish jarayonida metall valent elektronlarini berib, musbat zaryadli ionga aylanadi-oksidlanadi, kislorod esa elektronlarni qabul qilib, manfiy zaryadli ionga aylanadi-qaytariladi:Natriy xlor bilan birikkanda elektronlarini xlorga beradi, rux sulfat kislota bilan ta'sirlashganda, uning bergan elektronlarini vodorod qabul qiladi (reaksiya tenglamalarini yozing).Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi turlicha namoyon bo`ladi. Rux qo`rg`oshin nitratidan qo`rg`oshinni siqib chiqaradi:



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling