Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 1.26 Mb.
bet15/146
Sana26.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1656326
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Bog'liq
9-sinf Kimyo 2017

Kommunikativ kompetensiya:
inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqida og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘yish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va jamoaviy hamkorlikda ishlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topish, ularni saralash va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalarini kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda oshirib borish, turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.
1.Eng muhim vodorodli va kislorodli birikmalari.
2. Uglеrod (II)-oksid va uglеrod (IV)-oksidlari.
3.Fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va ishlatilishi.


Yangi darsning bayoni.
Uglerodning noorganik birikmalari tabiatda keng tarqalgan bo`lib, ko`plab minerallar, tog` jinslari, havo tarkibidagi karbonat angidrid tarzida uchraydi. Uglerodning noorganik birikmalaridan ayrimlari xalq xo`jaligining turli sohalari uchun muhim xomashyo bo`lib hisoblanadi. Uglerodning organik birikmalarisiz inson hayotini tasavvur qilish qiyin. Ulardan eng muhimlari uglerodning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari uglevodorodlar deb ataladi va ular turlicha tarkibga ega bo`ladi. Biz ularni organik kimyo kursida o`rganamiz.Uglerod kislorod bilan ikkita oksid: uglerod (II)-oksid CO va uglerod (IV)-oksid CO2 hosil qiladi. Ularning fazoviy tuzilishlari chiziqli ko`rinishga ega (C=O va O=C=O).Uglerod (II)-oksid CO (is gazi) - rangsiz, hidsiz, o`ta zaharli, havodan yengil, suvda kam eriydigan gaz. Befarq oksidlar sinfiga mansub.Uglerod (II)-oksid uglerod (IV)-oksidning havo yetishmagan sharoitda, 45O°C dan yuqori haroratda cho`g`lanib turgan ko`mir bilan ta'sirlashishidan hosil bo`ladi: CO2 + C = 2CO -16O kJ. Havoda va kislorodda ugterod (II)-oksid moviy rang alanga hosil qilib yonadi:
2CO +O2 = 2CO2 + 572 kJ.Uglerod (II)-oksid ham uglerod kabi qaytaruvchidir. U 300-1500°C da metallarning oksidlarini metallargacha qaytaradi. FeO + CO = Fe + CO2 2CO +SnO2 = 2CO2 + Sn. CO faollashtirilgan ko`mir katalizatorligida xlor bilan reaksiyaga kirishib, fosgen deb ataluvchi kuch zaharli gazni hosil qiladi:
CO + C12 = CO C12. CO + C12 = CO C12 .CO + C12 = CO C12
Uglerod (IV)-oksid CO2 (karbonat angidrid) rangsiz, hidsiz, havodan og`ir gaz. Karbonat angidridni havoga nisbatan zichligi 1,52 ga teng. 5,76-1O6 Pa va 2O0C da rangsiz suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik bug`langanda ko`p miqdorda issiqlik yutiladi va karbonat angidrid oq qattiq massa (quruq muz) ga aylanadi. Olinishi. Laboratoriyada uglerod (IV)-oksid kalsiy karbonat (bo`r, ohaktosh bo`lakchalari, marmar) ga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi.
CaCO3+ 2HC1 - CaCl2+ CO2+ H2O . CaCO3+ 2HC1 - CaCl2+ CO2+ H2O .
Sanoatda ohaktoshni kuydirib olinadi: CaCO3 =CaO + CO2. CaCO3 =CaO + CO2
Tabiatda hayvon va o`simliklarning nafas olishida, organik qoldiqlarning chirishida, yonish jarayonlarida hosil bo`ladi.Karbonat angidrid kislotali oksid xossasini namoyon qiladi. U suvda erib, karbonat kislota hosil qiladi:CO2 +H2O = H2CO3. Metall oksidlari va asoslar bilan reaksiyaga kirishib tnz hosil qiladi: 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O . NaOH + CO2 = NaHCO3 CaO + CO2 = CaCO3Ohakli suv orqali karbonat angidrid o'tkazilganda, loyqalanish kuzatiladi (CO, uchun sifat reaksiyasi):Yonishga yordam bermaydi. Ba'zi moddalargina, masalan, magniy unda yonishi mumkin:
Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O . 2Mg + CO2 = 2MgO + С
Ishlatilishi. Sanoatda soda (ichimlik sodasi, kir soda, texnik soda) olishda, organik kislotalar sintezida, yong'inni o'chirishda, gazlangan ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi. Quruq muzdan oziq-ovqat mahsulotlarini sovuq saqlashda foydalaniladi.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling