O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalarini kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda oshirib borish, turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Karbon kislotalarOziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan karbon kislotalarni bilasizmi?Organik birikmalar orasida karbon kislotalar sinfi alohida o`rin tutadi. Karbon Jkislotalar vakillari: sirka, vino, limon, olma, shovul kislotalari ajdodlarimizga Ijuda qadimdan ma'lum.Karbon kislotalar deb, molekulasida uglevodorod radikali bilan (chumoli
kislotada vodorod) tutashgan bir yoki bir nechta karboksil –COOH guruh tutgan murakkab organik birikmalarga aytiladi. Karboksil guruh karbonil guruh >C=O va -OH gidroksil guruhlardan iborat.
Karbon kislotalarning umumiy formulasi R-COOH bo`lib, R-
uglevodorod radikalini bildiradi (chumoli kislota H-COOH da karboksil
guruh vodorod bilan birikkan). Sinflanishi. Tarkibidagi karboksil guruh soniga qarab, bir asosli - monokarbon kislotalar, ikki asosli - dikarbon kislotalar va hokazo kislotalar farq qilinadi. Uglevodorod radikali tabiatiga qarab, alifatik (yog` qatori), to`yingan (alkan), to`yinmagan (alken, alkin), arornatik (aren) karbon kislotalar farqlanadi.
Nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga ko`ra karbon kislota tarkibidagi uglei soniga tegishli uglevodorod nomiga kislota so`zi qo`shib nomlanadi. CH3CO( da ikkita uglerod bor, demak, etanga to`g`ri keladi, kislota nomi esa etan kisl deb yuritiladi. Ko`piucha dastlabki karbon kislotalar trivial-tarixiy nomlari bi yuritiladi: chumoli, sirka, moy, shovul, sut, vino, limon va boshqa kislotalarBa'zi to`yingan alifatik monokarbon kislotalar haqida ma'lumotlar 19-jadva ko`rsatilgan (C H2 ,COOH).
Do'stlaringiz bilan baham: |