Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. 234 g kalsiy digidrofosfat [Ca(H2PO4)2] dagi Ca, H2, P va O2 atomlarining sonini toping.
2. Massasi 48 kg bo‘lgan ozonda nechta kislorod atomi bor?
3. 84 t alyuminiy ftoriddagi ftor atomining sonini toping.
4. Ag2O ning qancha massasida Ag3PO4 ning 41,86 g massasidagicha kumush atomi bo‘ladi?
5. Ammoniy nitratning qancha massasida 8,5 g natriy nitratdagicha azot atomi bo’ladi?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Uglerodning tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati.
Uglеrodning fizik va kimyoviy xossalari.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Uglerodning tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati.
Uglеrodning fizik va kimyoviy xossalari.
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi
Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |