Mavzu: Endokrin Sistema Asadullayev Muhammadqodir Neuorons courses-2022
Download 42.42 Kb.
|
endokrin-sistemasi
Ayrisimon bezAyrisimon bez (thymus) immun tizimining markaziy a’zosi bo‘lib, bolalarda yaxshi rivojlangan (148-rasm). Uning asosiy vazifasi limfositlarning takomillashuvini boshqarishdir. Ayrisimon bezda qonning o‘zak hujayralaridan T-limfositlar hosil bo‘ladi, undan tashqari, ularning takomillashuviga ta’sir qiluvchi timik omil larni ham ishlab chiqaradi. Ayrisimon bezning gormoni timozin lim fopoezni faollashtirib T-limfositlari hosil bo‘lishida ishtirok etadi, immun jarayonlarni kuchaytiradi, uglevod va kalsiy almashinuvini boshqaradi. Ayrisimon bez yuqorigi ko‘ks oralig‘ining oldingi qismida joyla shadi. U kattaligi bir xil bo‘lmagan, o‘zaro o‘rta qismida birikkan o‘ng va chap bo‘laklardan iborat. Bo‘laklarning yuqori qismi toraygan, past ki qismi esa keng. Chap bo‘lagi o‘ngiga nisbatan uzun. Bezni tashqi tomonidan yup qa biriktiruvchi to‘qimali kapsula o‘ragan bo‘lib, undan bez ichiga bo‘laklararo to‘siqlar Buyrak usti bezlari (glandula syprarenalis) — odam va umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezi; ikkala (oʻng va chap) buyrak ustida joylashgan juft bez (nomi shundan kelib chiqqan). Uning oldi, orqa va pastki yuzalari farq qilinadi, ogʻirligi 7-10g . Buyrak usti bezlari b. tashqi— poʻstloq qavati (adrenokortikal bez) va ichki — magʻiz qavati (adrenal bez)dan iborat boʻlib, har ikkala qavat strukturasi va funksiyasi alohida ichki sekresiya bezlari hisoblanadi. Poʻstloq qavati kimyoviy tuzilishiga koʻra steroidlar qatoriga kiradigan, taʼsiri jihatdan farq qiladigan 3 xil gormon ishlab chiqaradi, shiralari qonga shimiladi. Ushbu gormonlar xolesterin va askorbin kislotadan sintezlanadi. Mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron) — mineral almashinuvini boshqaradi, bularning eng faoli aldosteron organizmda suv-tuz almashinuvi jarayoniga taʼsir etadi. Glyukokortikoidlardan gidrokortizon oqsil, yogʻ va uglevod almashinuvida qatnashadi, organizmning kasallikka qarshilik kuchini oshirib, yalligʻlanishning tez tuzalishiga olib keladi. Buyrak usti bezlari b. poʻstloq qavatining jinsiy gormonlari — androgenlar va estrogenlar jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi, bolalik davrida jinsiy aʼzolarning rivojlanishini taʼminlaydi; balogʻat yoshiga yetganda bu gormonning ahamiyati kamayadi. Buyrak usti bezlari magʻiz qavatida adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Ular nerv oxirlariga taʼsir etib, yuraktomir sistemasi ishini tartibga solib turadi. Buyrak usti bezlari b.ning shikastlanishi turli kasalliklar (masalan, Bronza kasalligi)ga olib keladi. Buyrak usti bezlari b. faoliyatini nerv sistemasi va bosh miya poʻstlogʻi idora etadi. Qorin bo'shlig'ining yuqori qismida taloq va o'n ikki barmoqli ichak o'rtasida (oshqozon yonida joylashgan ingichka ichakning yuqori qismi) joylashgan oshqozon osti bezi muhim ovqat hazm qilish va endokrin organ hisoblanadi. Ushbu ikki funktsiyani bajarib, u ikki xil bezlardan iborat: ekzokrin va endokrin. Bularning birinchisi hazm qilish uchun fermentlar ishlab chiqaradi, ikkinchisi qonga gormonlarni qo'shadi.U uzunligi 90 gradusgacha aylantirilgan bitta tirnoqqa o'xshab, o'ngdan chapga qarab, eng kengidan tortib torayib boradigan cho'zilgan shaklga ega. chap. Oshqozon osti bezining kasalliklari yoki kasalliklari xavfli, buzadigan va jiddiy tibbiy yordamga muhtoj bo'lishi mumkin. Ularning eng keng tarqalgani pankreatit (bu organning yallig'lanishi), oshqozon osti bezi saratoni va teshilish (bu erda oshqozon fermentlari yuzasida teshik paydo bo'ladi). Ta'kidlash joizki, oshqozon osti bezi funktsiyasi insulin ishlab chiqarishga ta'sir qiluvchi I va II turdagi diabet tufayli jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Oshqozon osti bezi cho'zilgan organ bo'lib, uning uzunligi taxminan 15 santimetr (sm) va muskul shaklida bo'ladi. Anatomik ravishda aytganda, u to'rt qismga bo'lingan: • Download 42.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling