Mavzu; Energiya auditi tekshiruvlarida energiya va resurslarini o`lchanadigan parametrlari va ularni o`lchashga qo`yiladigan talablar
Download 0.78 Mb.
|
xayrullo e.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energiyasining asosiy sifat ko`rsatkichlariga
- Elektr energiyasining qo`shimcha sifat ko`rsatkichlari
Andijon mashinasozlik inistituti. elektrotexnika fakulteti k.96.21 gurux talabasi To’ranazarov Xayrullo. Mavzu; Energiya auditi tekshiruvlarida energiya va resurslarini o`lchanadigan parametrlari va ularni o`lchashga qo`yiladigan talablar. Reja:
Yoqilg’i-energetika resursining barcha iste`molchilari uchun energetika tekshiruvlarini o`tkazishda quyidagi kattaliklar va energiya va resurslarni parametrlarni o`lchash orqali quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: Elektr energiyasi sarfini aniqlashda hozirgi kunda elektron (raqamli) hisoblagichlardan foydalaniladi. Bu hisoblagichlar vazifasiga ko`ra bir ta`rifli, ikki tarifli va ko`p ta`rifli hisoblagichlarga bo`linadi. Bir ta`rifli hisoblagichlar asosan elektr energiyasiga to`lovni amalga oshiradi. Ikki ta`rifli hisoblagichlar elektr energiyasi sarfi bilan birga maksimum quvvat istemolini aniqlaydi va to`lovini aniqlab beradi. Ko`p ta`rifli hisoblagichlar bir nechta miqdorlar to`lovini amalga oshirish uchun qo`llaniladi. Zamonaviy elektron hisoblagichlar elektr energiyasi istemolini xarakterlovchi o`nlab qiymatlarni qayd qilish imkonini beradi. Hisoblagichlar bir fazali yoki uch fazali bo`ladi. Elektron hisoblagichlarni tekshirishda quyidagilarga e`tiborni qaratish kerak: Xisoblagich tipi – induktsion yoki elektron; O`lchanadigan energiya turi – aktiv yoki reaktiv; Nominal kuchlanishi, nominal tok va maksimal tok; Sezish chegarasi; Aniqliq sinfi; Tariflar soni-bir ta`rifli, ikki ta`rifli, ko`p ta`rifli; Ma`lumotlarni qayd qilish va saqlash imkoniyati; Avtomatlashtirilgan qaylov tizimlari tarkibida qo`llash imkoniyati; Bevosita yoki o`lchov transformatori orqali ulanadi; Hisoblagich tekshiriligan vaqtlar orasi; Hisoblagich o`lchov vositalari davlat reestriga kiritilgan bo`lishi kerak. Energetic audit tekshiruvlarining muhim qismlaridan biri istemol qilinayotgan elektr energiyasi sifat ko`rsatkichlarini tahlil qilish hisoblanadi. Xozirgi kunda elektr energiyasi sifati ko`rstakichlarini aniqlash bo`yicha MHD davlatlari uchun (GOST 32144)-2013 davlvtlararo standart va xalqaro standart EN 50160:2010, NEQ evropa standarti amal qilmoqda. Bu standartga ko`ra elektr enrgiyasi sifati ko`rsatkichlari 10 ta asosiy va 5 ta qo`shimcha ko`rsatkichlarga ajratilgan. Elektr energiyasining asosiy sifat ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 1) kuchlanishning og’ishi (δU, %); 2) kuchlanishning eng chetga chiqishi (δUt, %); 3) kuchlanish tebranishi (ψ, %); 4) kuchlanishning nosinusoidalligi koeffitsienti (knsU, %); 5) juft (toq) n- garmonik tashkil etuvchining koeffitsienti (kU(n), %); 6) teskari ketma-ketligidagi kuchlanish koeffitsienti (k2U, %); 7) nol ketma-ketlikdagi kuchlanish koeffitsienti (k0U, %); 8) kuchlanish yo`qolishini davomiyligi (Δtpr, s); 9) impulsli kuchlanish (Uimp, V, kV); 10) chastotani og’ishi (Δf, Gts). Elektr energiyasining qo`shimcha sifat ko`rsatkichlari asosiy sifat ko`rsatkichlarni boshqa shakli ba`zi meyyoriy hujjatlarda qo`llaniladi. Bu ko`rsatkichlar quyidagilar: 1) kuchlanishni amplituda modulyatsiyasi koeffitsienti (kmod); 2) fazalararo kuchlanishni nobalansligi koeffitsienti (kneb.m); 3) faza kuchlanishini nobalansligi koeffitsienti (kneb.f). Elektr energiyasi sifati ko`rsatkichlarining energiya samadorlik ko`rsatkichlariga salbiy ta’siri o`ganiladi. Tekshiruv yakunida sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling