Mavzu: Energiya va uning turlari. Vazifasi va foydalanish. Elektr energiyaning afzalliklari


Download 1.51 Mb.
bet2/3
Sana16.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1705198
1   2   3
Bog'liq
Energiya va uning turlari

GES – gidro elektr stantsiyasi, suv harakatining mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
Atom elektr stansiyalari
Atom energiyasi cheksiz energiya manbai bo‘lib xisoblanadi. Inson bu manbadan tinchlik maqsadlarida, xususan issiqlik va elektr energiya olishni o’zlashtirdi. Bu esa energetika taraqqiyotida yangi davrni ochib byerdi. Dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi (AES) 1954 yili ishga tushirildi. Hozirda dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida atom elektr stansiyalari ishlab turibdi.Atom
elektr stansiyalari (AES) yadro reaksiyalari paytida yuzaga keladigan energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Atom energetikasining rivojlanishi energetika va elektrlashtirishda ulkan imkoniyatlarini ochib bermoqda. Atom energetikasi insoniyat oldida turgan yoqilg‘i yetishmovchiligi havfini bartaraf qilish va energetikaning hozirda va kelajakda tezkor rivojlanishini ta‘minlamoqda.
Asrlar davomida tabiat tomonidan to‘plangan tabiiy resurslardan insoniyat hayoti davomida foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan maksimal darajada samarador foydalanish maqsadida, ushbu energiya resursdan foydalanish usullari va samaradorligi doimo takomillashtirilib kelinmoqda. Insoniyat hayotining turli jabhalarida elektr energiyasidan foydalanish doimo muhim rol o‘ynab kelgan. Inson faoliyatining barcha evolyusion rivojlanishining turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Jamiyatni energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari quyidagilardan tashkil topadi, ya`ni: imoratlarni isitish, harakatni ta`minlash, bizga zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli mashina va mexanizmlar, asbob- uskunalarni ishlash qobilyatini ta`minlash, yoritish, jamiyatning turli sahalaridagi faoliyatini ta`minlash va boshqalar uchun zarurdir.
Insoniyat hayotining turli jabhalarida elektr energiyasidan foydalanish doimo muhim rol o‘ynab kelgan. Inson faoliyatining barcha evolyusion rivojlanishining turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Jamiyatni energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari quyidagilardan tashkil topadi,
ya`ni: imoratlarni isitish, harakatni ta`minlash, bizga zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli mashina va mexanizmlar, asbob- uskunalarni ishlash qobilyatini ta`minlash, yoritish, jamiyatning turli sohalaridagi faoliyatini ta`minlash va boshqalar uchun zarurdir.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling