Mavzu: eng buyuk jasorat bu ma'naviy jasorat
Download 109.5 Kb.
|
ENG BUYUK JASORAT BU MA\'NAVIY JASORAT.
MAVZU: ENG BUYUK JASORAT BU MA'NAVIY JASORAT. REJA: 3. Eng buyuk jasorat - bu ma'naviy jasorat. 4. Tabiat va tarix qonunlarini chuqur anglash - ma'naviy jasorat. 5. Ma'naviy jasorat qahramonlikdir. Ushbu kitobning oldingi boblarida biz ma'naviyatning mazmun-mohiyati, uni shayushantira-digan asosiy omillar, ma'naviy va moddiy hayot uyg‘unligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ma'naviy mezonlari haqida, shuningdek, bugungi globallashuv davrida ma'naviy olamimizni turli salbiy ta'sir va tahsidlardan asrash va himoya qilish bilan bog‘-liq muammolar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdik. SHuni alohida ta'kidlash kerakki, har qaysi inson va jamiyatning ma'naviy dunyosiga aynan shunday ko‘z bilan qarash, odamni ongli yashash-ga, etuklikka chorlaydigan bunday beqiyos qudrat manbaining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur va atroflicha taxlil qilish muhim bir haqiqatni, ya'ni yuksak ma'naviyat - engilmas kuch ekanini anglatadi va tasdiklaydi. SHu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi: ma'-naviyatni chindan ham ana shunday qudratli kuch-ga aylantirish uchun biz qanday masalalarga bi-rinchi galda e'tibor berishimiz, qanday ishlar-ni amalga oshirishimiz zarur? Ma'naviyat haqida har qancha da'vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har to-monlama puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlangan maqsadga eri-sholmaymiz, ya'ni, inson qalbiga yo‘l topolmaymiz. SHuning uchun ham biz bugungi kunda ta'lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie, Internet va boshqa ommaviy axborot vositala-ri, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san'atigacha, bir so‘z bilan ayt-ganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta'sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliya-timizni xalqning ma'naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur. Ayniqsa, barcha davrlarda ham g‘oyat murakkab va mas'uliyatli bo‘lgan bu ishlarni o‘z zimmasiga olgan, eski qoliplardan voz kechib, bu sohada yangi yo‘llarni ochib berayotgan, odamlarning dunyoqa-rashini yanada boyitish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan, lekin katta qunt, bilim va tajribani talab qiladigan intilish va ama-liy harakatlarini keng qo‘llab-quvvatlashimiz, ularning samarali natijalarga erishishi uchun har tomonlama sharoit yaratib berishimiz lozim. Bu haqda gapirganda, shuni ta'kidlash joiz-ki, ana shu soha vakillari, ya'ni o‘qituvchi vamurabbiylar, yozuvchi va jurnalistlar, kino va teatr ahli, musiqachilar va rassomlar, umuman, ziyolilarimiz xalqimiz uchun yangicha voqelik bo‘lmish bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ja-miyat oldidagi ma'naviy burchini chuqur his et-gan holda, o‘z iste'dod va mahoratini ayamasdan astoydil mehnat qilmoqda. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qol-dirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot - o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur so-hiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa-ni ado etishda birinchi gadda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rni-mizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar be-qiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehri-bon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisba-tan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashay-di. Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va na-tijalarga erishmasin, qaerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta'lim-tar-biyasi uning etuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargoh-ning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ma'rifatpar-var bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituv-chilik va murabbiyliqdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. CHindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilari-ga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo‘‘tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko‘rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma'noli iboralar-ning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o‘qituvchi mehnatining davlat va ja-miyat hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi. Biz yurtimizda 1 oktyabr sanasini O‘qituv-chilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e'lon qilganimizning chuqur ma'-nosi bor, albatta. Bu bayram avvalo o‘zining bilim va tajri-basi, iste'dod va mahorati, insoniy fazilat-larini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma'rifat yo‘lida beminnat xizmatqiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisba-tan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. YAngi jamiyat bunyodkori bo‘lmish yangi inson-ni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimiz-da samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom ma'noda o‘zini o‘zi boshqarish ido-rasiga aylantirishga katta hissa qo‘shib kelayot-gan mahalla oqsoqollari va faollari, fuqarolar yig‘inlarining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilarining ijobiy ta'siri tobora ortib bormoqsa. Aynan ana shu insonlarning odamlar ko‘ngliga yo‘l to-pib, ularning dardu tashvishiga sherik bo‘lib, o‘z vaqtida berayotgan amaliy yordamlari, to‘g‘ri va o‘rinli maslahatlari tufayli oila va mahal-la muhitida, butun diyorimizda tinchlik va oso-yishtalik, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ulari kuchayib borayotganini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyat-dan o‘ziga munosib o‘rin topishida bu fidoyi va mehribon, jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o‘ynayotganini hurmat bilan e'tirof eti-shimiz lozim. Jamiyatimiz ma'naviyatini yuksaltirish bi-lan bog‘liq jarayonlarning murakkab tomoni shun-daki, bugungi kunda boshimizdan kechirayotgan ij-timoiy-siyosiy taraqqiyot yo‘lida uchraydigan juda ko‘p muammolarni ham nazariy, ham ama-liy jihatdan faqat o‘z kuchimiz va salohiyati-mizga tayanib hal etishga to‘g‘ri kelmoqsa. SHu maqsadsa mustaqillikning dastlabki kun-laridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayot-gan keng ko‘lamli ishlarning amaliy natijasi o‘laroq, adabiyot va san'at, madaniyat, matbuot so-hasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo‘lga-nini qayd etish joiz. Har qanday ijod namuna-si, badiiy asar sinfiy bo‘lishi va qandaydir g‘oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun o‘tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qad-riyatlarimiz va boy ma'naviyatimizni, xalqi-miz tarixini, uning bugungi sermazmun hayoti-ni to‘laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun za-rur sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda o‘z hayotini ana shunday mas'u-liyatli sohaga bag‘ishlagan ko‘plab iste'dod so-hiblari yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma'naviy asoslarini mustaxkamlash, komil in-sonni tarbiyalash yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda ku-chayib borayotgan turli ma'naviy taxdidlarning oldini olish, «ommaviy madaniyat»ning zarar-li ta'siridan farzandlarimizning ongu tafak-kurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o‘rni va roli to-bora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va ta-biatimizga yot va begona bo‘lgan ana shunday «ma-daniyat» namunalarini faqat tanqid va inkorqilish yoki ularni taqiqlash bilan biron nati-jaga erishib bo‘lmaydi. Bunday xatarlardan hayoti-mizni asrash, ma'naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymas-lik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste'dod muso-baqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi payt-da hayotimizni elektron axborot vositalari, xu-susan, televidenie va radiosiz umuman tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyo-siy, ma'naviy-ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifa-sini bajarmoqda, desak, xato bo‘lmaydi. SHu sababli o‘tkir ta'sir kuchiga ega bo‘lgan televidenie va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e'tibor markazi-da bo‘lishi tabiiy. Hozirgi kunda mamlakatimiz-dagi asosiy milliy tele-radiokanallar aholi-ning xolis va haqqoniy axborotga ega bo‘lish huquqini ta'minlash, yurtdoshlarimizning ma-daniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an'analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan bir-ga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyat-lar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadri-yatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida muno-sib xizmat qilayotganini ta'kidlash kerak. Ayni vaqtda hali bu sohada oldimizda amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan ko‘pgina maqsadlar turganini ham aytish lozim. Avvalo, televide-nieni davlat va jamiyatimizni bamisoli bir ko‘prikdek bog‘lab turadigan jonli muloqot vo-sitasiga aylantirish, efir orqali bugungi kun-ning dolzarb muammolarini ko‘proq aks ettirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqaro-larimizning ijtimoiy faolligini kuchayti-rish, har qaysi insonning o‘z mustaqil fikri-ni ifoda etishiga imkon berish, turli ijti-moiy toifa va guruhlarning qiziqish va inti-lishlari, hayotiy manfaatlarini yoritib borish masalalariga alohida e'tibor qaratish zarur. Hozirgi davrda matbuot, ommaviy axborot vo-sitalari shunday qudratli kuchga aylanmoqsaki, o‘z kelajagini o‘ylaydigan har qaysi xalq va mil-lat buni sezmasligi, his etmasligi mumkin emas. SHu sababli ham ommaviy axborot vositala-rini zamon talablari asosida rivojlantirish, matbuot va so‘z erkinligi prinsiplarini amalda ta'minlashga erishish, matbuotda tanqid ruhini kuchaytirish biz uchun eng muhim maqsadlardan biri bo‘lib qolmoqsa. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling