Mavzu: eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi


Download 29.49 Kb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1646785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA

Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalotsi nazariyasiga ko’ra tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalotsining elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mexnat tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o’qitishni o’z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu jixatlarini Pestalotsi bir-biriga bog’lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jixatlari bir-biriga uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Jismoniy tarbiya va mexnat tarbiyasi. Pestalotsi bolaning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishni ularni jismoniy jixatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda o’tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi, deb xisobladi.
Pestalotsi inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o’sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko’rsatishining birinchi turi, deb xisobladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’qitishni unumli mexnat bilan qo’shib olib borish Pestalotsining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy qoidalardan biri bo’ldi. Pestalotsining fikricha («Lingard va Gertruda» romanida yoçèëèøè÷à) maktabda bolalar kun bo’yi yigirish va to’qish dastgoxlarida ishlash bilan vaqt o’tkazadilar; maktab xuzurida yer uchastkasi bo’lib, bu uchastkada har bir bola o’ziga ajratib qo’yilgan paykaldagi ekinlarni parvarish qiladi, chorva mollarini parvarish qiladi. Bolalar zig’irpoya tolasini va junni ishlashni o’rganadilar, qishloqning eng yaxshi xo’jaliklari bilan, shuningdek, xunarmandchilik ustaxonalari bilan ham tanishadilar. O’qituvchi ish vaqtida, shuningdek, ishdan bo’sh vaqtlarida bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazadi, ularga savod, xisob va turmush uchun zarur bo’lgan boshqa bilimlarni o’rgatadi. Pestalotsi odamning kamolotga yetishi uchun mexnat tarbiyasining ahamiyati katta ekanini uqtirib o’tdi. U ish vaqtida «bolalarning ko’nglini xushvaqt qilish va aqlini o’stirishga» intildi. SHuningdek, u mexnatkashlarning bolalarini kelgusida, «industriya»da, sanoat korxonalarida ishlashga tayyorlashga harakat qildi.

Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling