Mavzu: eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi


Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish


Download 29.49 Kb.
bet8/8
Sana22.06.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1646785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA

Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish.
Petalotstsi o’zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi.
Pestalotsi ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirishdan iborat bo’lishi lozim, deb xisobladi. Pestalotsi savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa qo’ydi, bunday qilish harflarni qo’shib o’qitish metodi xukmronlik qilib turgan o’sha vaqt uchun g’oyat muhim edi.
Pestalotsi ona tili o’qitishni ko’rsatmali printsip asosida olib borish va bollarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, shu tariqa bolalarning so’z boyligini orttirish to’g’risida qimmatli ko’rsatmalar berdi.
Pestalotsi zeriktirarli va bir xildagi mashqlar qildirish bilan bolalarda kuzatish, narsa yoki xodisaning belgilarini aniqlay olish malakasini o’stirishga, biror narsani aniq va to’la tasvirlab bera olish malakasini xosil qilishga intildi.
Bolalarda yozuv malakasini xosil qilmoq uchun Pestalotsi dastlab to’g’ri va egri chiziqlarni — xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni tavsiya etdi. Pestalotsi yozuv o’rgatishni narsalarni o’lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o’stirish bilan bog’lab olib borishni taklif qildi.
O’lchashni o’rgatmoq uchun Pestalotsi dastlab to’g’ri chiziq chizishni, so’ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo’laklarga (yarimta, chorakta qilib va xokazo) bo’lishni o’rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko’rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bolalar bu geometrik jismlarni kuzatib, ularning xossalari va nomlarini o’zlashtirib oladilar, ularni o’lchashni o’rganadilar.
Bola o’lchov natijalarini chizib va yozib olishi lozim; bunday mashqlar bolaga yozuv o’rgatishning asosidir.
Pestalotsi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati. Pestalotsi ko’zga ko’ringan nazariyotchisi va amaliyotchi edi.
Pestalotsi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta’lim nazariyasini yaratdi, bu nazariya doginatik ta’limga, ya’ni ma’nosini tushunmay yodlashga qarshi olib borilgan XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol o’ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mexnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to’g’risida juda qimmatli fikrlarni aytib o’tdi. Pestalotsi boshlang’ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang’ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va extiyojlari bilan chambarchas bog’lashga intildi, bolalarni mexnatga o’rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e’tibor berdi.
Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling