Mavzu: Oilada jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlarining shakllari Reja
Download 192.07 Kb.
|
Oilada jismoniy mashqlar bilan shug\'ullanish mashg\'ulotlarining
Mavzu: Oilada jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlarining shakllariReja:Oila jismoniy tarbiyani muhitini shakllantirishning afzalliklari Bolalar bog`chasi va oila hamkorligida jismoniy tarbiya masalalari Mustahkam oilaning obod-farovon turmush tarzida sog’lom bolani jismoniy tarbiyalash yo’llari Oilada bolalar jismoniy tarbiyasi shakllari Insonlarning yoshi, ijtimoiy turmushi, mehnat va xizmatdagi lavozimi, mavqe'i va ular bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlaridan qat'iy nazar, oila degan hayotni boshdan kechiradilar. Unda eng avvalo salomatlik, ahillik, moddiy-iqtisodiy ta'minot, ijtimoiy madaniyat, ta'lim-tarbiyaning deyarlik barcha jabhalari mujassam bo'ladi. Oila – jamiyatning bir bo'lagi va hayot tayanchi. Shu asosda jamiyatni tashkil qiluvchi farzandlarni vujudga keltiradigan, ularni tarbiyalab voyaga etkazuvchi eng ulug' dargohdir. Ota-onalar, farzandlarning oilada sog'lom yashashlari, mustahkam va obod turmush kechirishlari ma'naviy va jismoniy barkamollikni taqozo etadi. Jamiyat ichidagi kichik jamiyatda jismoniy tarbiyani yanada kuchaytirish, uni tashkil qilish yo'llarini kengaytirish maqsadida O'zDJTI "Yengil va og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyoti" kafedrasi o'qituvchilari U.R.Abdumalikov hamda N.U. Djuraevalar bu borada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borishdi. Dolzarb muammolarga qaratilgan tadqiqotning mavzusi va uning maqsadlari asosida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga erishdilar va ayniqsa yosh oilalarga farzandining jismoniy rivojlanishida juda zarur, foydali, kerakli bo'lgan bo'lgan tavsiyalarni ham sinchiklab o'rganib quyidagi xulosalarga keldilar: 1. Oilada 1 yoshgacha va 2-3 yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash yo'llari (bolalar shifokori, bolalar pedagogikasi mutaxassislari, jismoniy tarbiya o'qituvchilari- ning tajribasi va tavsiyalari): - bola tug'ilgan kundanoq har kuni orqa va oldinga yotgan holda tirsak, qo'l bo'g'inlarini yozib, bukib harakatlantirish; - tana a'zolarini siypalab, uqalash; - havoning iliq, issiq paytlarida kunaro cho'miltirish; - o'tirish, emaklash, oyoqlarga suyanib turish shakllanganda tana a'zolarini harakatini tezlashtiruvchi, kuchaytiruvchi turli mashqlar (bo'g'in, umurtqa pog'onasi, to'g'ri o'tirish va turish) va qiziqarli o'yinlar (to'p, qo'g'irchoq, rangli buyumlarni ushlash, quvib tutib olish va h.k.) bilan harakatchanlikni tarbiyalash. 2. Boshlang'ich sinf (I-IV) o'quvchilari maktablarda jismoniy tarbiya darslarida ba'zi ko'nikmalarga ega bo'ladi. Ammo ular bu yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini etarli darajada tarbiyalashga ozlik qiladi (dars soatlari kam). Shu sababdan oila sharoitida barcha kishilar (surunkali kasal, yurishga qudrati etmaydigan keksalar mustasno): - birgalashib ertalabki gimnastika – sog'lomlashtirish mashq-o'yinlarni bajarish; - hovli, uy oldi maydonlari va maxsus o'yin maydonlarida oilaviy bo'lib futbol, qo'l to'pi, basketbol, tennis, badminton kabi o'yinlar bilan shug'ullanish; - dam olish, bayram kunlari va ta'til (kuzgi, qishki, bahorgi) paytlarida bir kunlik sayr-sayohatlarini o'tkazish. 3. Balog'at yoshiga etgan (VIII-IX sinf) o'g'il va qizlarni sportga jalb etish, ularning ma'naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash ota-onalar e'tiborida mustahkam o'rin olishi shart. Bunda esa: - onalar qizlari bilan voleybol, tennis, badminton, qo'l to'pi o'ynash, xiyobonlarda erta tongda yugurish, turli gimnastika mashqlarini bajarish; - trenajyor, o'yin maydonlarida yaqin kishilari bilan birgalikda shug'ullanish, bahs qilish; - mahalla va tuman miqyosidagi “Ayollar spartakiadasi”, “Oilaviy sport” va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etish; - otalar o'g'il va qizlari bilan bo'sh vaqtlarida sport o'yinlari bilan birga shug'ullanish; - o'g'illar bilan boks, qo'l kuchini sinash, kurash, sharqona yakkakurashlar bo'yicha bahslashish mashqlarini bajarish; - tog'larga sayr-sayohatlar uyushtirish va ochiq hamda yopiq suv havzalarida suzish; O'z uyida (shahar sharoiti) yashab kasb-hunar kolleji yoki oliy o'quv yurtida ta'lim oluvchi o'quvchi-talaba yigit va qizlar dam olish kunlari oilaviy bo'lib tashkil etiladigan sog'lomlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Jismoniy mehnat (gullarni parvarishlashdagi er chopish, o'tlarni yulish, sug'orish, daraxtlarni kesish va h.k.) bilan doimiy shug'ullanuvchilar ertalab, ko'p o'tirish – kam harakatdan so'ng va kechki paytlarda tanadagi barcha bo'g'inlar, bo'yin, elka-orqa, bel umurtqa pog'onalarini egib, bukib yozish, tomonlarga burilish kabi faol harakatlarni doimo bajarib berishlari lozim. Xulosa tariqasida aytganda, aholining sihat-salomatligini yaxshilash yo'lida tibbiyot, jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, zamonaviy ta'lim jarayonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo'lda oila a'zolarining barchasini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlarini odatga aylantirishda qabul qilingan qonunlar va qarorlar asos bo'lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizdagi tibbiy xodimlar, pedagogik mutaxassislar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlar tomonidan ishlab chiqilgan va uzoq davrlardan amalda qo'llanilayotgan sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, harakatli o'yinlar negizida yuqorida bayon etilgan tavsiyalar hamda mulohazalar mustahkam oila qurish, obod turmush kechirish, samarali mehnat qilish, uzoq yillar davomida sog'lom bo'lib yurishlariga xizmat qila oladi. Yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish, xususan, oilalar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali oilalar va o’sib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini o’stirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, milliy o’yinlarni yanada kengroq targ’ib etish, jumladan, ularning bo’sh vaqtlarini samarali o’tishini ta’minlash, oilalarda sog’lom turmush tarzini qaror toptirishga erishilmoqda. “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo’lmagan xalqaro xayriya jamg’armasi, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi hamkorligida “Sog’lom oila” shiori ostida “Otam, onam va men – sportchi oila” sport o’yini musobaqalari o’tkazilmoqda. Yaqinda “Qushbegi” bolalar sport majmuasida o’tkazilgan respublika bosqichi o’yinlarida Madaminovlar oilasi g’olib bo’ldi. – Otam va onam o’qituvchi, – deydi Zayniddin Abdullaev. – Bo’lib o’tgan sport musobaqasida oilaviy ishtirok etdik va g’alaba qozondik. Shartlar murakkab bo’lish bilan bir qatorda juda qiziqarli. Men o’zimga do’stlar orttirdim, ko’plab oilalar bilan do’stona munosabatlar o’rnatdik. Musobaqani tashkillashtirishdan maqsad ham jismoniy chiniqish, sog’lom turmush tarzini yaratish va barchani ezgu maqsadlar yo’lida birlashtirishdan iborat, deb o’ylayman. Mening oilam, mahallam, tumanim, xalqim, biz butun bir oilamiz! Darhaqiqat, ushbu tadbirlar zamirida oilalar o’rtasida madaniy va ma’rifiy sport musobaqalari samaradorligini oshirish, sog’lom muhitni yanada barqarorlashtirish, qadimiy aql-idrok o’yinlarini ma’naviyatimizning bir bo’lagi sifatida e’zozlash, o’zaro hamjihatlikni ta’minlash kabi ezgu niyatlar mujassam. Download 192.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling