Mavzu: Oilada jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlarining shakllari Reja


Mustahkam oilaning obod-farovon turmush tarzida sog’lom bolani jismoniy tarbiyalash yo’llari


Download 192.07 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi192.07 Kb.
#1482882
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oilada jismoniy mashqlar bilan shug\'ullanish mashg\'ulotlarining

Mustahkam oilaning obod-farovon turmush tarzida sog’lom bolani jismoniy tarbiyalash yo’llari
Hayot va ijtimoiy turmushning mazmuni sog’lom va mustahkam oila unda obod-farovon yashab farzandlarni zamonaviy ta’lim asosida tarbiyalab etishtirish bilan belgilanmoqda. Bunda ota-ona va farzandlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishini odatga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillari davrida kasb-hunar asosida maqsadli mehnat qilish ustuvor faoliyatga aylanib, oila muhitini mustahkam barqarorlashtirish va shu asosda sog’lom turmush tarzini vujudga keltirib farzandlarni har tomonlama sog’lom, barkamol qilib tarbiyalashga e’tibor kuchayib, tobora kengayib bormoqda.
Bu jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Tadqiqot ishi ushbu muammolarga qaratilishi esa mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Yosh oilalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va bolalar tarbiyasida jismoniy tarbiya vositalaridan samarali foydalanish yo’llarini izlash, ommalashtirish tadqiqotning maqsad va vazifalarini tashkil etadi. Bunda mavzuga aloqador bo’lgan adabiyot manbalarini o’rganish, oila, ta’lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini kuzatish, ular bilan suhbat, savol va javoblar o’tkazish tadqiqot ishining usullari hisoblanadi.
Tadqiqot natijalari, xulosa va amaliy tavsiyalarni quyidagi yo’nalishlarda bayon etildi.

  1. Sog’lom turmush tarzida sog’lom bola tarbiyasini yo’lga qo’yish deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladigan ijtimoiy-pedagogik hodisa hisoblanadi. G.N.Vinogradov, A.K.Kulnazarov, V.Yu.Salov (Qozog’iston, 2004) tmonidan ishlab chiqilgan “Sog’lom turmush tarzi nazariyasi va uslubiyati” (Almato’, 2004) monografiyasi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Mustahkam oila” (2012), «Obod turmush» (2013) davlat dasturlari mazmunida ijtimoiy turmush madaniyatini boyitish va bunda jismoniy tarbiya vositalaridan maqsadli foydalanish g’oyalari aniq bayon etilgan. Ayniqsa, mutaxassis olimlar T.S.Usmonxo’jaev (1995, 2000), K.M.Maxkamjanov (2002), R.S.Salomov (2005), K.D.Yarashev (1995, 2003) kabilarning ilmiy tadqiqotlari, o’quv qo’llanmalari, monografiya va ilmiy maqolalarida jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari, ularni ta’lim-tarbiya muassasalari, oila sharoitlarida qo’llashning texnologik usullari mazmun topganligi muhim ahamiyatga egadir.

  2. “Ta’lim to’g’risida” (1997), “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlar, ta’limning uzluksizligini ta’minlashga doir turli qarorlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” (27 may 1999) hamda “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi (31 may 2002) qarorlarida o’quvchi-yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarliklarini davr talablari asosida tarbiyalash kabi muhim vazifalar qo’yilgan. Bunda oila, bog’cha, maktab va mahallalar (qishloq) oldiga o’ta muhim mas’uliyatlar yuklatilganligi e’tiborga loyiqdir. Ya’ni:

  • “Onalik va bolalik”, “Sog’lom ona–sog’lom bola” tamoyillarini (1996) ta’minlash;

  • “Sog’lom avlod uchun” uch darajali ordenni ta’sis etish (1997);

  • “Yoshlar yili”da navqironlikka safarbar etish (2009);

  • “Barkamol avlod” davlat dasturining qabul qilinishi (2010);

  • “Mustahkam oila” (2012) va “Obod turmush”ga (2013) erishish yo’llarini belgilash va ularga erishish.

2014 yilning “Sog’lom bola” yili deb qabul qilinishi esa yuqoridagi sa’y-harakatlar va eng muhim bo’lgan amaliy faoliyatlarni davom ettirishga da’vatdir.
3. E’tirof etish joizki, davlat siyosati asosida olib borilayotgan tub islohotlar negizida aholining ijtimoiy turmush madaniyatini boyitish, yanada baland ko’tarishga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda. Shu asosda mustahkam oilada obod-farovon yashash bilan bolalar tarbiyasiga, ayniqsa, ularning sog’lom o’sishi, barkamol bo’lib etishishlariga e’tibor kuchaymoqda. Ularni quyidagi dalillar bilan isbot etish mumkin:
- amaldagi va ayniqsa, yangidan qurilayotgan (ko’proq qishloq va tuman markazlari atrofi) uy-hovlilarda bolalar uchun kichik hovuzlar yaratilishi (70-75%), rezina-brezent materiallardan yasalgan hovuzchalar (basseyn-60-65%), turnik, xalqa, tennis, o’yin-mashq narvonchalar (55-60%) va turli moslamalar yaratilmoqda;
- baland, ko’p qavatli uy-joy sharoitlarida futbol, tennis, basketbol, voleybol maydonlari (60-65%), yosh bolalar (2-7) uchun narvonlar, halginchak qurilmalari va boshqa imkoniyatlar yaratilmoqda;
- mavjud bo’lgan o’yin maydonlari (uy-joylarda ham) keng xiyobon va ko’chalarda yugurish (45-50%); ertalabki sog’lomlashtirish mashq-o’yinlarini bajarish (50-55%), go’zal manzarali joylarda bolalar bilan sayr-tomoshalar qilish (45-50%) kabi eng zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda;
- badiiy, texnika, san’at va boshqa sohalarga doir kitoblar (70-75%), jurnal va gazetalarni (75-80%) o’qish qatorida jismoniy tarbiya va sportga doir manbalarni yig’ish hamda o’qib borishga (45-50%) qiziqish, e’tibor kuchaymoqda;
- teleko’rsatuv va shaxsiy kompyuterlarda (mobil telefonlarda ham) sportga doir videotasvir, teledasturlarni muntazam ko’rib borish (70-75%), “Salomat bo’ling”, “Bolalar maydonchasi”, “Sportlandiya”, “Jasur bolalar”, “Quvnoq startlar”, “Oilaviy sportga” kabi dastur hamda loyihalar asosida shug’ullanish shakllanib, ular odat tusiga aylanmoqda (45-50%).
4. Ma’lumki, mustahkam oila va obod turmush sharoitida istiqomat qiluvchilar tarkibida turli sohalarda (madaniyat, san’at, iqtisod, tibbiyot, matbuot, ta’lim, tijorat, qurilish, avto-texnika xizmati va h.k.) faoliyat ko’rsatuvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Lekin ijtimoiy turmush sharoitida ularning barchasi jismoniy tarbiya va sportdan maqsadli foydalanmoqda, deb bo’lmaydi. Buning xar xil sabablari bo’ladi, albatta. Ularning ba’zilarini tilga olish mumkin, ya’ni:
- yakka holda, ayniqsa, oila a’zolari (asosan bolalar) bilan mashq-o’yinlarni bajarish, sayr-sayohatlarga chiqish uchun vaqt etishmaydi (65-70%);
- qachon va qanday mashqlarni bajarishni (asosan onalar) bilishmaydi (65-70%) yoki o’zlariga ep ko’rishmaydi (75-80%);
- bolalarning bog’cha (65-70%), maktab (75-80%) va hovli, o’yin maydonlaridagi (80-85%) o’ynashlari, sog’lom o’sayotganligi etarli holat (65-70%) deb hisoblashadi.
Ta’bir joiz bo’lsa aytish mumkinki, bu toifadagi oilalar jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari haqida to’la ma’lumotlarga ega emas yoki e’tiborsiz qarashlarining natijasidir.
Xulosa qilib aytganda, Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan olib borilayotgan davlat siyosati, tub islohotlarning natijalari mustahkam oila qurish, obod-farovon turmush kechirish va bunda bolalarni sog’lom, barkamol qilib tarbiyalashga e’tibor jiddiy qaratilmoqda. Shu yo’lda jismoniy tarbiya va sportdan sog’lomlashtirish, jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash ishlari maqsadli olib borilmoqda.
Bayon etilgan ijobiy faoliyatlarni yanada kengaytirish va salbiy xususiyatlarga ega bo’lgan jarayonlarni kamaytirish maqsadida tegishli qonunlar, qarorlar, ilmiy tadqiqot natijalariga tayanish maqsadga muvofiq keladi.



Download 192.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling