Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar
Spitamenning Yunon-Makedon istelochilariga
Download 147.9 Kb.
|
7-вариант-Қулдорлик даври урушлари
5. Spitamenning Yunon-Makedon istelochilariga
qarshi bosh ko’tarishi. Eramizgacha 329 yilning bahorida Iskandar Maroqandni bosib olgach, shaharda bir garnizonini qoldiradida, Farg’ona vodiysi tomon harakat qiladi. Biroq shu paytda Zarafshon vodiysida qo’zg’olon ko’tariladi. Uch yil davom etgan qo’zg’olon markazi So’g’diyona edi. Ko’p o’tmay Baktriya aholisi so’g’dliklarga bosh qo’shadi. Iskandar yana o’zining asosiy kuchlarini Zarafshon vohasiga tashlashga majbur bo’ladi. Yunon makedon istilochilariga qarshi, endi o’troq dehqon aholisi ham, bosh ko’taradi. Halqni qo’zg’olonga otlantirgan inson O’rta Osiyo halqlari qadimgi dunyo tarixining chinakam qa’ramoni Spitamen edi. Iskandarni O’rta Osiyo halqlarini Eron istilochilaridan ozod qilib, mustaqillik o’rnatish uchun emas, balki undan ham ma’shumroq asoratlarga solish uchun kelganligini Spitamen birinchilardan bo’lib tushunib etadi. Spitamen o’z atrofiga birmuncha qo’shin to’playdi-da, So’g’diyonaning poytaxti Maroqandga yo’l oladi. Bu erlardagi qo’zg’olonni bostirish uchun Iskandar ko’z ko’rib, quloq eshitmagan choralarni ko’radi. Qonli janglar qo’zg’olonchilar selday kela boshlagan, Qirotalg’ kuchlarida qizg’in tus oladi. Shaharni ishg’ol qilish uchun jahongir endi devorteshar jangovar qurilmalarni ishga soladi. Himoyachilarning butun diqqat-e’tiborlari ishg’olning asosiy yo’nalishiga band bo’lib turganda, Iskandar unga katta bo’lmagan qo’shini bilan qurigan daryo o’zanidan o’tib keladi-da, sezdirmay shahar ichkarisiga kirib, darvozalarni ochib yuboradi. Sakkiz mingdan ortiqroq shahar himoyachilari jangda xalok bo’ladi. Juda ko’p sayi harakatlar va qurbonlar evaziga makedonliklar himoyani yorib o’tishga va shahar aholisini bitta qo’ymay qirib tashlashga muvaffaq bo’ladilar. Shundan so’ng Iskandar Sirdaryo bo’ylaridagi qo’zg’olonchilardan o’ch olishga kirishadi. Bu orada u Spitamen tuzgan pistirmaga duch keladi va butunlay yo’q qilib yuboriladi. Spitamen yana Maroqandga qaytadi. Spitamen dushmanni bir kun ham o’z holiga qo’ymaydi. U «uchqur» otliq janglar bilan istilochilarga qo’qqisdan xujum qilar va qaqshatqich zarbalar berar edi. Eramizgacha 328 yilning bahorida Iskandar o’z qo’shinini besh qismga bo’ladi va So’g’diyonaning u chekkasidan bu chekkasigacha yurib o’tib, 120 mingdan ortiq mahalliy aholining yostig’ini quritadi. Eramizgacha 328 yilning kuzida esa Spitamen bilan so’ngi jang bo’ladi. Bu jangda xar ikki tomon katta talofatlar ko’radi. Spitamen yana sahro bag’riga yashirinadi. U erda ko’chmanchi qabilalarning sardorlari xiyonatkorona xujum qiladilar va xavfni o’zlaridan bartaraf etish uchun uning kallasini olib Iskandarga yuboradilar. O ’rta Osiyo erlarining zabt etishga Iskandar qariyb uch yil sarfladi, biroq u nisbatan uncha katta bo’lmagan xududlarni buysundirishga muvaffaq bo’la oladi: So’g’d, Baktriya va tog’li viloyatlarning bir qismi, Xorazm va ko’chmanchi qabilalar daxlsiz qoladilar. Ha, Spitamen qo’zg’oloni bostirilgan edi. U Sirdaryogacha etib borgandan keyin o’z qo’shini va engilmas sarkarda degan obro’yidan maxrum bo’lishini o’ylab saklar bilan olishishga jur’at eta olmadi. U kuchsizroq raqib qidira boshlaydi va eramizgacha 327 yilning yozida qo’shinini Xindiston sari yo’naltiradi. Download 147.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling