Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar
Download 162.68 Kb.
|
5-вариант-Қулдорлик даври урушлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iskandar Zul q arnayning O’rta Osiyoga bostirib kelishining oqibatlari. Adabiyotlar ro’yhati « Bu tabarruk tupro
- Islom Karimov Mu h taram yurtboshimizning mazkur satrlarda
Mavzu:Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar. Reja. Harbiy tarix fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O’rta Osiyo xududlarida eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Eramizning IV-V asrlarida O’rta Osiyo xalqlarining qurollanishi va harbiy san’ati. Iskandar Zulqarnaynning O’rta Osiyoni bosib olishi. Spitamenning Yunon - Makedon istilochilariga qarshi bosh ko’tarishi. Iskandar Zulqarnayning O’rta Osiyoga bostirib kelishining oqibatlari. Adabiyotlar ro’yhati « Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda Eronlik Kayxusrav, miloddan oldingi IV asrda asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi. . . . Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’targan Shiroq, Spitamen, Maxmud Tarobiy, Temur Xotun (To’maris), Malika Kabaj Xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir”. Islom Karimov Muhtaram yurtboshimizning mazkur satrlarda izhor etgan fikrlari tarixiy xaqiqatni aks ettirib, katta siyosiy va ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, vatan ozodligi uchun jonni ham, molni ham fido aylash, mardlik, jasoratlik va jangovarlikni namoyish etish, xar bir kishining or-nomusi va muqaddas burchidir. Shu bois vatanni sevish iymondandir, degan ibora bejiz aytilmagan. Bizning ota-bobo va ajdodlarimiz bu naqlni yuragiga tukkan holda, vatanga sodiqlikni, mardlik, jasoratlik va jangovarlikni namoyish etib kelmoqda. Xar qaysi mamlakat, xar bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O’zbekiston xududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum. Tarix arabcha so’z bo’lib, “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar xaqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar xaqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi xaqidagi fandir. Tarix fanini oldiga qo’yilgan dolzarb masalalardan biri: - yosh avlod ongida g’oyaviy-siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va xodisalar tarixiy nuqtai-nazardan yondoshadigan xar tomonlama etuk barkamol insonni tarbiyalash kerak. - yoshlarimizni otashin harbiy-vatanparvarlik an’analari ruxida tarbiyalashi. - yosh avlodni ulug’ xalqimizning oliyjanob milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: xalollik va poklik, odillik va adolatlilik, insonparvarlik va rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, imon va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalashi. - yoshlarimizning baynalminalchilik ruhida tarbiyalash. Yoshlarimiz fanni o’qish, o’rganish va mutoala qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. Harbiy tarix fanining oldiga qo’yilgan dolzarb masalalardan biri esa: Tarixiy faktlar asosida talabalarga qurol va qurolli to’qnashuvlarni rivojlanishini asosiy bosqichlari to’g’risida bilim berishi. Konkret tarixiy masalalarda xalq ommasining va xalq sarkardalarining jang olib borishi san’atini rivojlanishiga qo’shgan hissalarini ko’rsatish; Download 162.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling