Mavzu: Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari Reja Kirish
-rasm. O‘zbekistonda EIZlarga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushi20
Download 492.79 Kb.
|
Kurs ishi BBI-60
9-rasm. O‘zbekistonda EIZlarga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushi20
Erkin iqtisodiy zonalarga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning mamlakat YAIMdagi ulushi 2013 yilda 0,1 %ni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2014-2018 yillar oralig‘ida o‘rtacha 0,1-2,6 %ni tashkil qilgan. Ushbu holatni, erkin iqtisodiy zonalarga kiritilgan xorijiy invetitsiyalarning oshib borishi bilan bir qatorda mamlakat YAIM hajmining ham tez sur’atlarda o‘sib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarga kiritilgan umumiy xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan yalpi xorijiy investitsiyalaridagi ulushi 2013 yilda 1,3 foizni, 2018 yilga kelib, 32,6 foizni tashkil etgani albatta ijobiy holdir. Buni erkin iqtisodiy zonalarning soni ortganligi va mamlakatda investitsion muhitning yaxshilanib borayotganligi bilan izohlanadi. Mamlakatimizning turli hududlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ularda zamonaviy yuqori texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar xalqaro bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulotlar turi va ulushini ko‘paytirish, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Prezidentimizning islohatlari haqida to’xtaladigan bo’lsak, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ana shunday hujjatlardan bo‘ldi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik va avtomobilsozlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida samarali mehnat qilayotgan hazorasplik tadbirkorlarni, ayniqsa, mamnun etdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun 325 gektardan ortiq yer maydoni ajratiladi. Keyinchalik ushbu hudud 600 gektargacha kengaytiriladi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o‘rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, avtomobil va temir yo‘llari, aloqa tizimi shakllantirilmoqda. Yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kunda umumiy qiymati 152 million dollardan ortiq miqdordagi investitsiya mablag‘lari hisobidan 53 loyiha takliflari ishlab chiqilgan. Tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 25 million 700 ming dollarga teng bo‘lgan 7 loyiha taqdim etilgan. Ana shunday loyihalardan biri “Pitnak Panel” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi tashki etildi. Shu jihatdan O’zbekistonda ham so’nggi yillarda milliy iqtisodiyotni, uning tarmoqlari va hududlari orqali rivojlantirishd EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada oxirgi vaqtlarda amalga oshirilayotgan islohotlar endilikda o’z samarasini berayotganligi bilan g’oyatda ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur islohotlar ijrosi va samaradorligini yanada oshirishda ushbu sohada samarali faoliyat ko’rsata oluvchi mutaxassislarning mavjudligi va yetarliligini ta‟minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Xususan, EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda investitsiyalar, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati yuqoriligidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning EIHlar faoliyati va ularga jalb etiluvchi xorijiy investitsiyalar orqali jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyasini faollashtirishga xizmat qiluvchi malakali, zamonaviy bilimga ega, raqobatbardosh kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bugungi kunda tobora yaqqo namoyon bo’lmoqda va ortib bormoqda. Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiya tejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg’or xorijiy menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to’ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o’rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko’paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o’sishni ta‟minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milli iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo’l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, EIHlar mamlakatning shunday hududiki, bu yerga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortilishdan ozod etiladi, ya’ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan o’ziga xos imtiyozlar va rag’batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi. Xulosa 1. EIHlar mazmunini ochib berishga bo’lgan katta qiziqish bugungi kunga qadar davom etmoqda. Shu sababdan turli iqtisodchi-olimlar va mutaxassislar tomonidan uning mazmunini yoritib berishga bo’lgan urinish va tadqiqotlar hamda ta’rifini keltirishga oid amaliy harakatlar davom etib kelayotganligini ko’rish mumkin. 2. EIHlar - shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko’ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir. 3. Rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblangan AQSH iqtisodiyotida muhim o‘rin egallagan erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, bu borada yirik ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatidan foydalanish bo‘yicha mamlakatda katta tajriba to‘plangan. Ushbu yo‘nalishda mamlakatning iqtisodiy turg‘unlikdagi hududlarida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali iqtisodiy (hududda sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga quyish va mavjud faoliyat ko‘rsatmaѐtgan sanoat tarmoqlarini qayta tiklash) va ijtimoiy muammolar (aholi bandligi, infratuzilma tarmoqlari holatini yaxshilash)ni bartaraf etishda o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. 4. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda borasida yaxshi tajribaga ega bo‘lgan davlatlardan biri Xitoy iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar tobora mustahkam o‘rin egallab borayotganligini quyidagilar orqali izohlash mumkin: erkin iqtisodiy hududlardagi xorijiy investorlar uchun manfaatli maxsus bojxona va soliqlar imtiyozlarning qo‘llanishi; erkin iqtisodiy hududlarda yuqori xorijiy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish natijasida yaratilgan mahsulotlarni keng ko‘lamli eksport qilishning samarali mexanizmning yaratilganligi; erkin iqtisodiy hududlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy resurslar iste’molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi va boshqalar. 5. Xorijiy va mahalliy investorlarni erkin iqtisodiy zonalarga jalb etishda raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida yagona raqamli strategik vositalardan samarali foydalanilmaydi. Bu yo‘nalishdagi ushbu muammoning yechimi sifatida xorijiy investorlarning respublikamiz iqtisodiy salohiyatiga qiziqishini oshirish maqsadida, O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida turli axborotlar beruvchi yagona portalini yaratish taklifi o‘zining ijobiy samarasini beradi. Xulosa oʻrnida aytganda, erkin iqtisodiy zona - bu yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga faol jalb etish maqsadida tashkil etiladigan hududdir. Uni tuzishdan maqsad eng avvalo, mamlakatni yoki alohida olingan hududni strategik rivojlantirishga doir vazifalarini, yaʼni tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy, hududiy va ilmiy-texnik masalalarni hal qilishdan iborat boʻladi. Download 492.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling