Mavzu: Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari Reja Kirish


Download 492.79 Kb.
bet2/13
Sana14.04.2023
Hajmi492.79 Kb.
#1356847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi BBI-60

Kurs ishining maqsadi erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
erkin iqtisodiy hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari o’rganish;
xorijiy mamlakatlatlarning erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish borasidagi tajribasini o‘rganish;
erkin iqtisodiy hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni o’rganish;
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va amaldagi holatini tahlil qilish;
mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolarni o‘rganish;
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha ilmiy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi obyekti O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar hisoblanadi.
Kurs ishi predmenti bo’lib, erkin iktisodiy zonalarni tashkil etishdagi moliyaviy munosabatlar hisoblanadi
Kurs ishining qisqacha tavsifi. Kurs ishi tarkibi, to’rtta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. Erkin iqtisodiy zonalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Jahon xo’jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o’sishi hisobiga iqtisodiy o’sish ko’rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga bo’lgan e’tibor, munosabat tobora ortib bormoqda.
Hozirgi davrda sanoati rivojlangan mamlakatlarda turli maqsadlarni ko‘zlab erkin iqtisodiy zonalarni vujudga keltirmoqdalar. Erkin iqtisodiy zonalar borasida iqtisodiy jihatdan turli tuman ta’riflar mavjud. BMTning shu muammoga bag‘ishlangan ishida 20 dan ortiq ta’rif keltirilgan. Birinchi marta erkin iqtisodiy zonalarning yoki “franko zonasi” ning 1973 yilda Kioto konvensiyasida berilgan. Erkin iqtisodiy zonalarni - davlat hududining muayyan natijalarga erishmoq maqsadida milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun iqtisodiy faoliyatning preferensial shartlari, boshqaruvning alohida rejimi va boshqa tashkiliy ma’muriy tadbirlarni joriy etiladigan qismi sifatida ta’riflash mumkin.
Janubiy Koreyalik olim Kimning izlanishlariga ko‘ra, “Erkin iqtisodiy zonalar bu xorijiy davlatlar, korxona va firmalar uchun maxsus tashkil etilgan hududlar bo‘lib, bu yerda ularning korxonalari va ishchi xodimlari hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar tufayli o‘z navbatida mavjud qonun-qoidalarga bo‘ysungan holda daromad olishi mumkin bo‘lgan zonalardir. Davlat erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan maqsad bunday zonalarda boshqa erlarga qaraganda ko‘proq iqtisodiy shaffof muhit mavjudligi va bu orqali investitsiya oqimini va raqobatbardosh sanoat hamda savdo-sotiq xususiyatlarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi”4.
V.Papovning tadqiqotlariga ko‘ra, “Erkin iqtisodiy zonalar shunday hududlarki, bu boshqa hududlardan alohida ajratilgan davlat tomonidan maxsus imtiyozlar va qulayliklar berilgan bu afzalliklar davlatning biror boshqa erida yoki iqtisodiy tarmog‘ida kuzatilmaydi”5, deb ta’rif beradi.
Mamlakatimiz olimlaridan A.V.Vaxobov, S.S.Mirzalieva, M.A.Raimjonova va A.A.Ostonakulovlar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlarida erkin iqtisodiy zonalar va ular faoliyatiga oid o‘z ilmiy qarashlarini bayon qilishgan.
A.V.Vaxobov tomonidan “Erkin iqtisodiy zonalar - shunday geografik hududki, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo‘lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo‘llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi6” deb, ta’rif berilgan.
S.S.Mirzaliyeva tomonidan “Erkin iqtisodiy zona - mamlakat (yoki mamlakatlar) hududining muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida barpo etiladigan, maxsus ma’muriy boshqaruvga va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning imtiyozli rejimiga ega bo‘lgan qismidir7” deb, ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifda fikrimizcha, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida jalb etiladigan investitsiyalar va ular hajmidan kelib chiqib imtiyozlarning belgilanishi nazardan chetda qolgan.
M.A.Raimjonova tomonidan “Mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma’muriy boshqaruvga ega bo‘lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag‘batlantirishlar beriladigan hudud - erkin iqtisodiy hudud8”, deb ta’rif keltirilgan.
A.A.Ostonaqulov tomonidan “erkin iqtisodiy zona - hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularga investitsiyalarni jalb etish maqsadida alohida imtiyozlar belgilangan, shuningdek, ulardan iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalashning hududiy uslubi sifatida foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish uchun tashkil etilgan hududdir9”degan fikr ilgari surilgan.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, fikrimizcha erkin iqtisodiy hududlar deganda, muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda kengaytirilgan mustaqillikka, boshqaruvning maxsus rejimi va investorlar iqtisodiy faoliyati uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan hududni tushunish mumkin. Fikrimizcha ushbu umumiy ta’riflar, jahon amaliyotida uchraydigan turli xil va shakllardagi erkin iqtisodiy hududlar va ularga berilgan ta’riflarni bitta umumiy qatorda joylashtirish imkonini beradi.
Dastlabki erkin iqtisodiy hududlar daryo bo‘yidagi yirik portlarda joylashgan maxsus hududlar bo‘lib, bunday erkin savdo hududlari temir yo‘l kesishmalari, savdo yo‘llari yoki ularga tegishli bo‘lgan joylar, umuman olganda tranzit manzilgohlarida barpo etilgan. Ular xorijiy mahsulotlarni olib kirish va chiqishda boj to‘lovlaridan ozod qilingan hamda mamlakatning bojxona chegarasidan ajratilgan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan o‘ziga xos bo‘lgan ushbu hududlarni erkin iqtisodiy hududlarning birinchi avlodi sirasiga kiritish mumkin.
Ikkinchi avlod erkin iqtisodiy hududlarga maxsus tartibotli sanoat ishlab chiqarish hududlari kiritiladi. Erkin iqtisodiy hududlarning uchinchi avlodiga texnik hududlarni (texnopolislar, texnoparklar, turizm, offshor zonalar, bank-sug‘urta xizmatlari va boshqalar) kiritish o‘rinlidir. Har bir davrda erkin iqtisodiy hududlarning o‘ziga xos bir nechta turlari tashkil etilgan.




Download 492.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling