Mavzu: Eroziyaga uchragan tuproqlar va ularning melioratsiyasi. Yerlar rekultivatsiyasi Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 41.62 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi41.62 Kb.
#1583767
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eroziyaga uchragan tuproqlar va ularning melioratsiyasi.Yerlar rekultivatsiyasi

Jadval 18.
Tuproqlarning eroziyaga uchraganligiga ko`ra qishloq xo`jalik ekinlariga beriladigan azot hisoblab chiqish kooeffitsenti



Ko`rsatkich

Koeffitsiyent (KN)

Eroziyaga uchramagan
Kuchsiz eroziyaga uchragan
O`rtacha eroziyaga uchragan
Kuchli eroziyaga uchragan

1,00
1,10
1,20
1,40



Ushbu tuproqlarda gumusli qatlamni tiklash organik moddalarning miqdorini ko`paytirish, biologik faolligini oshirishga intilish kerak, bular esa tuproqlarning suv singdirish qobiliyati yuqori bo`lib, ildiz ozuqlashuvchi qatlami ozuqa elementlarining biologik faol elementlarni ko`p bo`lishini ta`minlaydi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun siderat ekinlarni ekish, bedazorlarni haydash, go`ng va boshqa organik o`g`itlar solish, g`o`zapoyani maydalab solish, xlorella ko`llash va boshqa tadbirlar qilish zarur.
2. Tuproqlarni sanoat eroziyasi va yerlar rekultivatsiyasi. Insonning sanoat faoliyatida buzilgan yerlar meliorativ tadbirlarni taqozo etadi. Tuproq va landshaftlarda eng faol buzilishni foydali qazilmalarni samaradorligi yuqori bo`lgan ochiq usulda qazish ishlari keltirib chiqaradi. Ma`lumki, tog` sanoatida 75% da ortiq maxsulotlar ochiq usulda olinadi. Bunda xududning o`simlik va turpoq qoplamlari gidrologik va gidrokimyoviy rejimlari buziladi. Og`ir metallar va zaharli birikmalarga boy yotqiziqlar suv manbalarni ifloslantiradi va shu bilan xududning boshqa joylarini qo`shimcha buzadi.Tog` kon ishlab chiqarishda yer yuzasiga dambadam o`simliklarni o`sishiga kam yaroqli bulgan gruntlar yoki xatto zaxarli jinslar chiqarib tashlanadi. Chiqarib tashlangan jinslarga albatta yuqori nordon muhit xos bo`ladi va xam kimyoviy, ham fizikaviy muhit xossalari bo`yicha juda yukori farqlanadi. Shuning uchun ochib tashlangan grunt-jinslarning melioratsiyasi ohaklash. Mineral o`g`itlar solish va ildiz tarqalgan qatlamlarini gomogenezatsiyalashni nazarda tutadi. Foydali qazilmalarni yer ostidan qazib chiqarish, shuningdek landshaftning buzilishiga olib keladi, oqibatda vaqt o`tishi bilan cho`kish xodisalari avj oladi, xududning gidrologik rejimi va relyefi o`zgaradi. Shaxtalarning yo`ldoshi terrikonlar xisoblanadi, qaysini yuvilishi va changlanishlari atrof-muxit tuproqlari va suvlari xossalarini yomonlashtiradi.
Xulosa
Mineral xom-ashyolarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning va elektrostansiyasining qattiq chiqindilari maydonlarni buzadi va foydasiz egallaydi.
Tuproq qatlamlari sifatini buzilishi neft qazib olishda xam sodir bo`ladi. Tuproqning ifloslanishi yerlarning meliorativ holatini yomonlashishi xom neft va neft suvlaridan ham sodir bo`ladi, shuningdek ifloslantiruvchi narsalar burg`ulash eritmalari, hamda neft joylari bilan bog`liq gaz oqimlari ham bo`lib, ularni uglevodorodlar, serovodorodlar, uglerod oksidlari, oltingugurt, azotlar bilan boyitib tuproq havosini o`zgartirishlari mumkin. Chuqur qatlamlar orasidagi suvlar erigan tuzlar bilan to`yinib, tuproqlarni shu joylarida sho`rlanishni sodir etadi.
Tuproqni ishlab chiqarishga bevosita aloqador bo`lmagan yo`qalishlari yo`l qurilishlarida, elektr liniyalari o`tkazishda, sanoat va fuqaro qurilishlarida ham kuzatiladi.
Rekultivatsiya buzilgan landshaftlarni maqbullashtirish va tiklash tadbirlari tizimlari, tog`-kon ishlarida buzilgan yerlarning rekultivatsiya ishlari uslubiy tarzda yaxshiroq ishlab chiqilgan. Uni uch etapda o`tkazish tavsiya etiladi:

  1. Tayyorgarlik qilish etapi. Bu etapda buzilgan yerlarda tadqiqot ishlari va kuzatishlar o`tkaziladi. Rekultivatsiyaning yo`nalishlari aniqlanadi, texnik-iqtisodiy asoslash xujjatlari va rekultivatsiya loyixalari tuziladi.

  2. Tog`-texnikaviy rekultivatsiya etapi. Regional sharoitlardan kelib chiqib ikkinchi etap o`z ichiga kimyoviy melioratsiyalashni olishlari mumkin. Tog`-texnikaviy rekultivatsiyani foydali qazilmalarni ishlab chiqarishni olib boruvchi korxonalar bajaradi.

  3. Biologik rekultivatsiya. Bu etapdagi ishlar tog`-texnikaviy rekultivatsiya jarayonida tayyorlangan yerlarning unumdorligini tiklashga, oshirishga va ularni to`la qonli o`rmon yoki qishloq xo`jalik yerlariga aylantirishga qaratilgan.

Biologik rekultivatsiyaning yo`nalishi va uslublari rayonning geografik o`rni, uni iqlimiy, fizikaviy va xo`jalik-iqtisodiy aloxida xossalariga bog`liq ravishda farqlanadi. Rekultivatsiyalangan yerlarni o`zlashtirishning eng arzon, kam xarajat turi, bu shu maydonlarni daraxtzorlashtirish, o`rmonlashtirish hisoblanadi. Chiqindi, otvallarning yuqori qatlamlari xossalarini yaxshilash uchun, ularda organik moddalar va azotni to`plash uchun daraxtlar ekilishidan oldin ko`p yillik o`tlar, beda ekib keyinchalik haydab tashlash kerak. Daraxtlar ko`chatlaridan ekilib, chuqurcha yoki ariqchalari zaxarli bo`lmagan jinslar yoki tuproqlar bilan to`ldiriladi. Unumdor tuproqlar va zaxarsiz toksik jinslar tarqalgan xududlarda qishloq xo`jalik rekultivatsiyasi o`tkaziladi. Uni bir qancha bosqichda o`tkaziladi: ohaklash, 60 sm chuqurlikgacha yumshatish, o`g`itlar solish, o`t-dukkaklilarni qo`shib ekish. Shundan keyin 40-50% ni ko`p yillik o`tlar tashkil maxsus almashlab ekish kiritiladi. Bunday almashlab ekishdan keyin rekultivatsiyalangan yerlarni zonal dala yoki yem-xashak almashlab ekishlari ishg`ol qilishlari mumkin.


Download 41.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling