Mavzu: Eski o`zbek adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlari


Download 17.34 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi17.34 Kb.
#1683589
Bog'liq
Shukurbek


Mavzu: Eski o`zbek adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlari.

1.Davr adabiy tilining xususiyatlari.


2.”Muhabbatnoma” asarining tili va xususiyatlari.
3.Eski o`zbek adabiy tili taraqqiyotida Atoiy,Sakkokiy, Lutfiy asarlarining tutgan o`rni.
XV asr oxiri va XVI asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan davrdagi adabiy tilga nisbatan eski o`zbek tili atamasi ishlatilgan. Ko`pchilik turkologik adabiyotda XIV-XVI asr adabiy tiliga nisbatan “chig`atoy tili” atamasi ishlatilgan.
Kitobiy adabiy til deganda “ chig`atoy tili” atamasi , xalqning jonli so`zlashuvidagi tilga nisbatan eski o`zbek tili atamasi qo`llangan. Chig`atoy tili haqida gap yuritganimizda, ushbu tilning qachon, qayerda va qanday dialekt asosida paydo bo`lganligi haqida aniq ma`lumot mavjud emas. Bundan tashqari, chig`atoy tilini o`rganishga hech kimni qiziqmaganligi ham aniq adabiy meyorni olinishiga to`sqinlik qildi.
Hech bir til yo`qki, boshqa tillardan so`z olmasa. Xuddi shuningdek, chig`atoy tili ham uyg`ur, arab va fors elementlari asosida rivojlangan.
XIV-XVII asrlarda adabiy tilning soddaligi va ommaga tushunarli bo`lishi uchun kurash ketar edi. Turkiy tilning ham boshqa , xususan, fors tilidan qolishmasligi va soddaligini isbotlash uchun Navoiy va uning zamondoshlari , Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy, Amiriy, Xaydar va boshqa buyuk namoyondalar maydonga kelishadi. Hammamizga ayonki, Navoiy o`zining “Muhokamat-ul lug`atayn” asarida turk va fors tillarini o`zaro taqqoslagan. Turk tilini esa o`zib ketayotgan bir tulporga o`xshatadi.
Eski o`zbek tili bilan Sharqiy Turkiston adabiy tilidagi o`xshash va farqli tomonlari ham bo`lgan. Bular:
1.Fonetik xususiyatlar. Shart maylidagi fe`llarning oxirida “r” tovushi kelsa, eski o`zbek adabiy tilida bu tovush yo`qolgan. Ya`ni: kelsar, barsar, olsarman, barsang kabilar.
So`z boshida keluvchi “b” tovushi “m” tovushiga almashadi: ben-men, bung-mung, bing-ming kabi.
2. Morfologik xususiyatlar. Kelishiklar soni bir xil emas. Sharqiy Turkiston tilida bosh, tushum, jo`nalish, o`rin, chiqish, qurol-vosita kelishiklari bo`lsa, eski o`zbek adabiy tilida bosh, vokativ tushum, jo`nalish o`rin, chiqish, chegara kelishiklari bo`lgan.
Sharqiy Turkiston adabiy tilida ko`plik –lar, -an, -at affikslari bilan xosil qilinsa, eski o`zbek adabiy tilida ,asosan, -lar bilan xosil qilingan.
3.Sintaktik xususiyatlar. Teng bog`lovchilar bilan bog`langan qo`shma gaplarning salmog`i eski o`zbek tilida ancha ko`paydi.
4.Leksik xususiyat: Eski o`zbek tilida arabcha, forscha so`zlarning hajmi biroz ko`p., lekin turkiy tilni forsiy tilning nufuzi bilan baravar darajaga ko`tarish uchun shoirlar turkiy tilde she`rlar, asarlar bitishgan.

XIV asrga kelib o`zbek tilining nufuzi ancha oshdi va bu tilde anchagina asarlar yaratildi. Bu asarlar esa , asosan, xalq tilida bitilgan. Bu xolni qissa va nomalarda ham ko`rishimiz mumkin. Xususan, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” sida yaqqol o`z aksini topadi. “ Muhabbatnoma “ asarining ikki arab va uyg`ur tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ular til jihatidan bir-biridan butunlay farq qilgan. Ushbu asar Shcherbak tomonidan o`zbek va rus tillarida 1959-yilda nashr etilgan. Arab yozuvi nusxasi esa 1951-yilda A.Najin tomonidan nashr etilgan.


“Muhabbatnoma” o`zbek adabiy tili va o`zbek adabiyotining XIV asrdagi taraqqiyotiga katta xissa bo`lib qo`shildi va o`zbek adabiy tili va adabiyotining XV asrda yangi taraqqiyot pog`onasiga ko`tarilishiga katta pog`ona tayyorladi.
Asarning 317 bayti o`zbek tilida, 156 bayti bo`lsa fors-tojik tilida bitilgan. Bu asarning ikki tilda bitilganligi bizga Xorazmiyning zullisonayn ijodkor bo`lganligidan dalolat beradi.
Har bir ijodkorning o`z asarining mashhur bo`lishining asosiy sabablaridan biri ushbu asarning jonli xalq tilida bitilishidir. Xorazmiy ham ushbu asarini yozishda jonli xalq tilidan ustalik bilan foydalanadi. Shuningdek, yor vasfi va oshiq kechinmalarini tasvirlashda jonlantirish, tazod, tajohil –ul orif kai badiiy san`atlardan foydanadi.
Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling