Mavzu: estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 127.5 Kb.
|
19 mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari — копия
San’atdagi ulug‘vorlik o‘zining har tomonlama ijodiy ifodasini topadi; san’atning barcha turlari uchun ulug‘vorlik asosiy mezon bo‘lib hizmat qiladi. Badiiiy adabiyot va ifodali san’at turlari ulug‘vorlikni tasvirlashda xilma-xil vositalardan foydalanib hamda ulug‘vorlik mavzusini badiiy o‘zlashtirib, qahramonlik eposlarini liro-epik dostonlarni, qahramonlik fojialarini, mardonavor musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi. San’atdagi ulug‘vorlik teatr, kino, badiiy adabiyot fojiaviylik bilan yonma-yon turadi: estetikaning bu ikki mezoniy tushunchasi o‘rtasida o‘ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo‘lib, ular milliylik va umuminsoniylik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar. Masalan, Shekspir va Shayxzoda asarlari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni ham fojiaviylikni namoyon etadi. Farq, Ulug‘bekning o‘limi bilan Otteloning qismatida, xolos... San’atdagi ulug‘vorlik badiiy mazmun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. Muhim ahamiyatli g‘oya yuksak ruhlangan, muukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asari darajasining yuksakligi belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatdan qochishga emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.
Tubanlik - insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda engil noxushlik tuyg‘usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi. Tabiat, hayvonot olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qo‘zg‘atib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi. Inson boshiga og‘ir kulfat tushganda undan o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida foydalanuvchi kimsalar tuban odamga misol bo‘ladi. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling