Mavzu: Etika kategoriyalarini o’ziga xos xususisyatlari


Download 15.33 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi15.33 Kb.
#1806160
Bog'liq
h12


Mavzu: Etika kategoriyalarini o’ziga xos xususisyatlari
Etika fanining asosiy kategoriyalari. Axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o‘rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz.
Muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir.

Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z «hissa»siga ega. SHu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin komilov: «juda ko‘p irfoniy tushuncha–istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», – der ekan, ayni haqiqatni aytadi. na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


Muhabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U – Allohmi, vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan–da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘z–o‘zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi.
Muhabbat ham, etikadagi ko‘pgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo‘ladi, ob’ektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.
Download 15.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling