Мавзу: Evro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotining unga a`zo mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun ahamiyati
ASEAN doirasida xalqaro iqtisodiy integratsiya
Download 111.59 Kb.
|
Мавзу Evro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotining unga a`zo m-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
ASEAN doirasida xalqaro iqtisodiy integratsiya
Xulosa Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo’jaliklar (davlatlar) o’rtasida ko’p tomonlama o’zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko’rinishdagi o’zaro aloqadorligini ifoda etadi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki darajada (mikro – transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi. Jahon xo’jaligida iqtisodiy integratsion jarayonlarning asosida bir qator obyektiv omillar yotadi: xo’jalik hayotining yanada baynalminallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI); milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasini kuchayishi va boshqalar. Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar natijasida butun bir valyuta birligiga (dollar, evro, rubl, so’m va x.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruv tizimiga asoslangan mintaqaviy xo’jalik tarmoqlari tashkil topadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya markazlari bo’lib G’arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo - Tinch okeani mintaqalari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb masalalardan biri uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvidir. Shu bois, yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakat nuqtai nazaridan respublikamiz samarali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida, dunyo mamlakatlarining integratsiyalashuv strategiyalarini o’rganish , uni atroflicha tahlil qilish va ular haqida yetarli bilimga ega bo’lish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. «Xalqaro iqtisodiy integratsiya»ning asosiy tushunchalari va tavsiflari taqqoslanganda, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi darajasi integratsiyaga ta’rif berishning asosiy omili ekanligi asos bo’ladi. Real iqtisodiy integratsiya qatnashuvchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarining muayyan tengligini nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning xalqaro umumlashgan darajasini ifodalaydi. Jahon mamlakatlarining turli xil mintaqaviy uyushmalar bilan o’zaro aloqadorligi respublikamizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga olib keladi. O’zbekiston BMT, MDH, YeI, NATO, ASEAN va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bilan o’zaro hamkorlik qilib kelmoqda. O’zbekistonning jahon miqyosida, global darajada amalga oshirilayotgan strategik integratsiyaviy vazifasi – mamlakatning barcha xo’jalik yurituvchi subyektlariga tashqi dunyo bilan o’zaro hamkorligi uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga javob beruvchi shart – sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishi O’zbekistonning globallashuv jarayonlarida to’liqroq ishtirok etish imkonini beradi. Shu sababli ham ushbu jarayonlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish na faqat iqtisodchi mutaxassislar uchun balki boshqa soha xodimlari uchun ham foydadan holi emas. Tayanch iboralar: fanning mazmuni, mohiyati, ilmiy-texnik va texnologik rivojlanish, integratsion markazlar, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoq, integratsion jarayonlarning mikro va makro darajalari. http://hozir.org Download 111.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling