Mavzu: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitishning nazariy-amaliy ahamiyati reja
Download 40.14 Kb.
|
Mavzu Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz.
Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta’rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi. Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan. Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazariylashtirishi uning refleksiyaga – o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyilligi, ya’ni o‘z-o‘zini bilishi, falsafiy fikrni o‘ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi. Falsafa nimanidir o‘rganib qolmay, balki shu o‘rganishning sharoit va yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi. Demak falsafa - falsafa ijtimoiy ong va tarixiy davrning o‘zini tushunish shakli Inson o‘z faoliyatini qanday tashkil qiladi, maqmad va orzularini qanday amalga oshiradi? Inson o‘zining amaliy va bilish faoliyatida qanday yo‘l va usullar bilan u yoki bu natijaga erishishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylamasligi mumkin emas. Falsafani eng umumiy usul sifatida ta’riflash mumkin. Chunki ,falsafa faqat fanga emas, balki san’at,siyosat kabi inson hayotining boshqa jihatlariga ham o‘zining metodologik ta’sirini ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, falsafiy usullar amalda qo‘llanadigan, bilishda qo‘llanadigan usullardan farq qilgan holda insonning ham amaliy, ham bilish faoliyatini qamraydi. Bilish va tafakkur rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etgan usullar va tushunchalar aynan falsafa doirasida kashf qilingan va ishlab chiqilgan. XVIII asrga qadar haqiqiy bilimga erishishning universal usuli deb hisoblangan Arastu mantiqini, F.Bekonning tajribaviy-induktiv usulini, R.Dekartning deduktiv-ratsionalistik usulini, Xegelning dialektik usuli kabilarni misol keltirish yetarlidir. Buni biz falsafaning mavzusidan ham bilsak bo‘ladi. Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b) «inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik dunyo, organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi. Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson»ni «dunyo»ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan. Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik (qadriyatlar haqida) va praksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda yashamasinlar albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan bog‘liqdirlar: ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni baholaydilar va o‘zgartiradilar. Shunday qilib, falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash turidir. Bunda insonning dunyoga bo‘lgan universal munosabatlari (ontologik, gnoseologik, aksiologik va praksiologik) kategoriyalarning muayyan tizimi orqali umumiylashgan shaklda aks etadi va inson madaniyati yutuqlari sintezlanadi. Shu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va biirbutunligicha o‘rganadigan fandir. Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling