Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Hozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi. Tibetning buddaviylik maktabi va rohib Dalay Lamaning faoliyati. 5


Download 1.89 Mb.
bet22/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

4. Hozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi. Tibetning buddaviylik maktabi va rohib Dalay Lamaning faoliyati.
5. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon.

Tayanch atamalar:Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari. Kushonlar imperiyasida buddaviylik dinining davlat dini darajasigak o’tarilishi. Anʼanaviy buddaviylik. Tripitakan va buddaylikning muqaddas manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddaviylik ta'limoti. Chan buddizmning Xitoyda rivojlanishi. Modern buddaviylik. Globall buddaviylik. Hozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi. Tibetning buddaviylik maktabi va rohib Dalay Lamaning faoliyati. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon.




1.Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari.
Budda haqidagi afsona. Bir afsonada ta’kidlanishicha, buddizmning paydo bo‘lishi dunyoga «Nurlangan Budda» nomi bilan mashhur Siddxartxa Gautama Shakyamuni hayoti bilan bog‘liq. Shakya qabilasidan bo‘lgan knyaz o‘g‘li Gautama mil. av. VI asrda dunyoga keldi. Donolar tomonidan uning kelajagi g‘ayrioddiy bo‘lishi haqida bashorat qilingan edi. U to‘kin-sochinlikda o‘sib, faqat hayot quvonchlarinigina bilar edi. Gautama qiyinchiliksiz katta bo‘ldi, balog‘at yoshiga yetib, uylandi, o‘g‘illik bo‘ldi. Uning baxtiga hech narsa xavf solmasdi. Bir kun saroydan tashqariga chiqqan yosh shaxzoda hamma badani yara chaqalar bilan belangan kasal insonni, undan keyin qarilik g‘am tashvishini yelkasiga ortgan cholni uchratdi, so‘ng dafn marosimini va nihoyat chuqur o‘y-xayolga botgan darveshni ko‘rdi. Bu to‘rt uchrashuv kamchilik ko‘rmay o‘sgan shaxzodaning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yubordi. Shaxzoda hayotda baxtsizlik, kasallik, o‘lim borligini va dunyoda mashaqqatlar hukmron ekanini bildi. Gautama o‘z ota uyidan g‘am-g‘ussaga to‘la holda chiqib ketdi. Sochini oldirib, dag‘al kiyimlarni ustiga kiydi, yoshligida o‘tgan beg‘am, betashvish hayotidagi gunohlarini yuvish va buyuk haqiqatni anglash maqsadida o‘zini mashaqqat va riyozatga solib, dunyoni keza boshladi. Shunday qilib 7 yil o‘tib ketdi. Kunlardan birida Gautama odatiga ko‘ra Bodxi (ong) daraxti tagida o‘tirib chuqur fikr yuritar ekan, birdan “ongi ochildi” – hayot g‘ildiragining siri va ichki sabablarini tushunib yetdi, to‘rt muqaddas haqiqatni angladi: dunyoni g‘am-qayg‘u boshqaradi; uning sababchisi xohish va istaklarga to‘la hayotning o‘zidir; g‘am-qayg‘ulardan nirvanaga chuqur berilish bilangina qutulish mumkin; haqiqatni tushunib yetgan kishini kulfatlardan qutulib, nirvanaga erishishga olib boradigan yo‘l, uslub mavjud. Gautama ushbu to‘rt muqaddas haqiqatni anglab, Nurlangan Buddaga aylandi.
Buddizm ta’limoti. Buddizm - bu hayot charxpalagi, uzluksiz qayta tug‘ilishlar sikli xaqidagi ta’limotdir. Insonning yaxshi va yomon xatti-harakatlarining yig‘indisi uning qanday shaklda qayta tug‘ilishini belgilab beradi. Inson qanchalik sahovatli hayot kechirib, savob ishlarni ko‘p qilib o‘tgan bo‘lsa, uning keyingi taqdiri shunchalik baxtliroq bo‘ladi, Buddaning holati nirvanaga1 qisqaroq yo‘l bilan erishadi. Buyuk Budda (Shakyamuni) bilan bir qatorda qayta tug‘ilishlar zanjirining boshida turuvchi buddalar buddasi bo‘lgan Adibudda mistik shaxsidan boshlab ko‘plab boshqa buddalar ham paydo bo‘ldi. Bu buddalar ko‘p sonli bodxisatvalar qatori shaxslashtirilgan, o‘z nomi, qiyofasi, tarjimai holi, xizmat va vazifasiga ega bo‘lib, ulug‘lash va sig‘inish ob’ektiga aylanib qolgan.
Bodxisatvalar o‘zlarida ko‘pgina yaxshiliklarni — sevgi, mehr-muruvvat, donolikni ifoda etganlar. Budda diniga ko‘ra, har qanday inson Bodxisatva bo‘lishi mumkin. Muayyan talablarga rioya etgan kishi natijada Budda bo‘lishi mumkin. Buddizm sharqdagi eng yirik din hisoblanadi. Budda dinining muvaffaqiyatga erishishiga sabab undagi insonlarning tengligi g‘oyasi, monarxning adolat bilan boshqarishi, sabrlilik, axloqning muqaddaslashtirilishi bo‘ldi.
Buddizm oqimlari. Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Buddaviylik Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddaviylik muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Buddaviylikda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Boshqa dinlardan farqli ravishda buddaviylikda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddaviylik taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azob-uqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddaviylik zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat:
1) azob-uqubat mavjud;
2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud;
3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) mavjud;
4) azob-uqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan yerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:
1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik;
2) yolgʻon soʻzlamaslik;
3) oʻgʻrilik qilmaslik;
4) jinsiy aloqaga kirmaslik;
5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik;
6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik;
7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik;
8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik;
9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik;
10) pul ishlatmaslik.
Rohiblar jamoasi asosan Budda txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddaviylikda — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
Buddaviylik tarixi 2500 yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmning taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi III-asr) davrida Buddaviylik kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. IX asrgacha muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan Buddaviylik Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini Hinduizm toʻliq egalladi. Ammo Buddaviylik Shri Lanka, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan-Sharqiy Osiyoning materik qismida Budda txeravadasi (qadimgi anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. XV-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar buddaviylik bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddaviylikka kirgach, Angliya, Germaniya, AQSHda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavayi orollari va AQSHning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQSHga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik budda jamoalari tashkil topdi. Buddaviylikning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Buddaviylikda kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin, taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qavm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
XX-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddaviylik dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shov-shuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan. Oʻzbekistonda bitta Buddaviylik jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatadi.
3.Tripitaka va buddaviylikning muqaddas manbalari.
Buddaviylikning muqaddas manbasi «Tripitaka» (sanskritcha «Uch savat donolik») uchta katta bo‘limdan iborat.
Birinchi bo‘lim – «Vinaya-pitaka» (sanskritcha – «Axloqiy me’yorlar kitobi») buddaviylar jamoasi «sangxa» tarkibiga kirish tartibi, rohiblarning xulq-atvori hamda diniy ko‘rsatmalarga rioya qilish qonun-qoidalari va unga amal qilinmagan taqdirda beriladigan jazolar tavsifini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bo‘lim – «Sutta-pitaka» (sanskritcha – «Duolar kitobi») hajm jihatdan eng kattasi hisoblanadi. Unda, asosan, «to‘rt asl haqiqat» haqida so‘z yuritiladi.Budda ta’limoti shogirdlari tilidan masal, suhbat, nasihat, afsona, hikmatli so‘z, dostonlar shaklida bayon etilgan. Shuningdek, ushbu bo‘limda Budda jamoasi («sangxa»)ning tuzilishi va uning shogirdlariga oid ma’lumotlar ham keltiriladi.
Uchinchi bo‘lim – «Abxidxarma-pitaka» (sanskritcha – «Diniy-falsafiy masalalar kitobi»)da diniy ta’limotning asosiy qoidalari ifodalanib, buddaviylik amaliyotining falsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan. Matn yozilish uslubi va tili murakkabligi uchun buddaviy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta’lim olish yo‘li bilan o‘zlashtirganlar.
«Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarishlar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.
«Tripitaka»ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan bo‘lsa ham, vaqt o‘tib asl matnlar yo‘qolib ketgani uchun faqat tibet, xitoy va yapon tillariga tarjima qilingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan «veda» (sanskritcha – muqaddas bilim) va brahmanlik falsafiy qarashlaridan xoli bo‘lgan buddaviylik manbalari, o‘zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy xalqqa tushunarli bo‘lgan. Masalan, «maxayana» aynan shu xususiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga yoyilishini ta’minlay olgan.
Rivoyatlarga ko’ra, Siddharta uch savat ta’limot qoldirgan. Bular:
1) Vinoyaptika (ahloqiy normalar);
2) Suttapitaka (duolar);
3) Abxidxammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni)lardir.
Buddaviylik ta’limoti mohiyatan barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni, aql farmoniga bo’ysunishni targ’ib qiladi. Hozirgi buddaviylar ham, ularning ko’z oldida biron-bir kishi biron-bir jonivorni o’ldirsa yoki birorta katta daraxtni kesib tashlasa, qattiq g’azablanishadi. Budda Xudo-Halloqning mavjudligini hamda Vedalar dinini inkor etadi. U ko’pxudolikka, ularga har xil qurbonliklar qilish kabi ortiqcha keraksiz serdahmaza marosimlarga ham qarshi bo’lgan.
Budda azob-uqubatlar mutlaqo tugamaydigan narsa, Borliqning barcha ko’rinishlarini, mohiyatini, har qanday hayotni turgan bitgani azob-uqubat deb hisoblaydi.Jannat to’g’risidagi ta’limoti oddiy dindorlar uchun nirvanaga qaraganda ancha tushunarli va jozibador edi.
Maxayana tarafdorlari xudosiz yoki xudolarsiz din xalq ommasiga tushunarsiz bo’lishini aniq hisobga ola bilganlar. Buddaviylik dastavval xudosiz din edi. Shuning uchun ham ular buddaviylik asoschisi - Gautama-Buddani xudo deb e’lon qilganlar. Shunday qilib, maxayanachilar uchun Gautama - Budda donishmand ustozdan xudoga aylangan. Asta-sekin Buddaga sig’inish qaror topgan. Buddaning ulkan tasviri tushirilgan ibodatxonalar qurilgan. Ammo Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar Maxayanada 1000 tadir. Ularning Siddharta, ya’ni buddaviylikning asoschisi; Mautreya - kelajak Buddasi, u kelgusida dunyoni boshqarayotgan hozirgi Buddaning hukmdori.
Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalarsiz oddiy bandalar jannatga tushib nirvanaga yetishish u yoqda tursin, shunchaki bu dunyoga qayta kelishda ham hech narsaga erisha olmaydilar.
Buddaviylik dinining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
1.Har oyda 2 marta “Tiyilish marosimi”ni o’tkazadilar. Marosimda buddaviylik aqidalari takrorlanadi. Shunungdek, rohiblar dunyoviy odamlar ustidan suv sepadilar ular esa yerga suv sepadilar.
2.Boshqa dinlarda jamoaviy ibodat keng tarqalgan bo’lsa buddaviylikda yakka ibodat ma’qullanadi.
3.Buddaviy rohib va rohibalar turmush qurishmaydi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling