Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Dinlarning tasnifi. Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi


Download 1.89 Mb.
bet5/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

3.Dinlarning tasnifi. Dinlar paydo bo‘lishining geografik va xronologik tasnifi.
Barcha dinlar o‘z qarashi va odatiga ega 1.Tarixiy-geografik tasnif: I) O ‘rta yer dengizi havzasi dinlari: a) grek; b) rim; d) ellinistik. II) Qadimiy Yaqin va O ‘rta Sharq dinlari: a) Misr; b) Shumer; d) Akkad; e) g‘arbiy-somiy; f) islomgacha arablar dinlari. III) Yaqin va O‘rta Sharqning payg‘ambarli dinlari: a) zardushtiylik; b) yahudiylik; d) xristianlik; e) manixeizm; f) islom. IV) Hindiston dinlari: a) vedalar dinlari; b) hinduizm; d) hind buddizmi (teravada, qiluvchilar o‘ziga xos diniy liboslari maxayana)- bilan ham ajralib turadilar e) jaynizm. V) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari: a) Shri-Lanka, Tibet, Janubi-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi; b) Xitoy dinlari (daosizm, konfutsiychilik, buddizm maktablari); d) Koreya va Yaponiya dinlari. 6) Amerika hindulari dinlari: a) toltek va atsteklar dinlari; b) inklar dinlari; d) mayyalar dinlari. 2. Etnik tasnif. I) urug‘-qabila dinlari — totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan; II) millat dinlari — ma’lum millatga xos bo'lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi; III) jahon dinlari — dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bolgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik — yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik — ko‘pxudolik (hinduizm, konfutsiychilik) dinlari va Dinlardagi muqaddas manbalar dindorlar h.k.ga bo‘linadi.


4. Diniy eʼtiqodlarning evolyutsiyasi: poleteizm, genoteizm, monoteizm.
Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu — dinning tarixiyligi masalasi bo‘lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida — yuqori paleolit davrida, bundan 20— 40 ming yil avval din paydo bo‘lgan. Ikkinchisi, dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, degan fikrdir.
Dinning ilk shakllari sifatida totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik olinadi. Totemizm — diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bo‘lib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» m a’nolarini beradi. Uning mohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hayvonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qon-qarindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda urug‘-qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totem — o‘simlik yoki hayvonga bog‘liq deb ishoniladi. Muqaddas joylarda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki o‘simlik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon yoki o‘simlik shu urug‘ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totemlardan yordam so‘raganlar, ularga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar.
Totemizm bilan bog‘liq tasavvurlarning an’anaviy kompleksi — urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga, ya’ni tirik avlodlarga «pok уо‘l» bilan totemning o‘tib qolishiga ishonish, sehr jodu yo‘li bilan totemga ta’sir qilib, muayyan urug‘ yoki qabila hududida o‘sha xildagi hayvon yoki o‘simliklarni ko‘paytirish va ularning moddiy farovonligini ta’minlash, totem timsoli bo‘lgan narsaning halokati uning avlodini halokatga olib borishiga ishonishdan iborat bo‘lgan. 30 Dinshunoslikdagi yondashuvlarga ko‘ra, animizm dinning yuzaga kelish shakllaridan biri Totemizm hozirgi dinlarda muayyan unsurlar sifatida mavjuddir. Masalan, hindlarda sigir, ilon, maymun, fil va boshqalar hnmon muqaddas hayvon sifatida e’zozlanadi.
Animizm (lotincha «anima» so’zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» degan ma’nolarni anglatadi) — inson, tabiat jismlari va hodisalarining ruhi, joni bor deb e’tiqod qilish, ular bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish mumkin, degan qarashlar bilan bog‘liq e’tiqod shakllaridan biri. Animizmda real moddiy obyektlar dunyosi ruhiy mavjudotlar dunyosi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki kuchlarning jonlantirilishi — animistik timsollardir. Animizmda ruhlar tabiiy hodisalarni boshqaruvchilar hisoblanadi. Bu ruhlar ezgu yoki yovuz bo‘lishi mumkin.
Shomonlik «shomon» so‘zidan olingan bo‘lib, u tunguschada «o‘ta hayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik bu so‘z rus tili orqali butun Sibirga, XVIII asrda esa, g‘arbiy yevropaliklar tiliga kirib kelgan va shu bilan u xalqaro ilmiy istilohga aylangan. Biroq bu degani barcha Sibir xalqlarida shomon bir xil nom bilan atalgan degani emas. Shomon masalan, Sibirning turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarida «кат» deb atalgan. Shomon — qabilaning ruhoniysi. Diniy tasavvurning bir shakli sifatida shomonlikka xos bo‘lgan umumiylik — shomonlarning alohida ilohiy qudratlariga ishonish. Shomonlik o‘z taraqqiyotida qator bosqichlardan o‘tgan. Uning eng dastlabki shakli Kamchatkada yashovchi itelman qabilasida shakllangan. Itelmanlarda haqiqiy professional shomon bo‘lmagan. Bu qabilaning har bir a’zosi shomonlik qilishi mumkin edi. Shuning uchun ham ularda dastlab xotinlar tomonidan, unda ham qariya xotinlar tomonidan amalga oshirilgan. Shomonlikdagi ikkinchi bosqich — urug‘ shomonligi edi. Bu davrda ham shomon hali professional bo‘lmasa-da, u urug‘ marosimlarini bajarishni amalga oshiruvchi hisoblanardi. Endi har bir urug‘ning o‘z shomoni bo‘lgan.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling