Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 1.89 Mb.
bet4/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

UCHINCHIDAN, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik) funksiyasini ham bajaradi. Har qanday dinlarning muayyan urf-odat, marosim va bayramlari bo'lib, ularni o'z vaqtida, diniy ta'lim va talab asosida bajarilishi shart qilib qo'yiladi.
TO’RTINCHIDAN, din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi xususiyat – aloqa bog'lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda konkret bir dinga e'tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog'lik bo'lishi, urfodat va ibodatlarni jamoa bo'lib ado etish ko'zda tutiladi. Cherkov, masjid va diniytashkilotlar dinning bu funksiyasini amalga oshirishga ko'maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat qiladi. Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funksiyalari yig'indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta'siri hamma vaqt ham bir xil bo’lgan emas.
Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o'rganish quyidagi: a) ob'yektivlik; b) muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) qiyosiylik; d) umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liqlik; ye) din mavjudligini, umuman gnoseologiq ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos bulgan asosiy hodisalar xususiyatlarini, ularning paydo bulishi, o'zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va anglashga yordam beradi. Tarixiy, ijtimoiy usul deb atalmish bunday yondashuv tarixiy etnografik tadqiqotlarni olib borishda va ularning natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. U yosh avlodda, jumladan talabalarda diniy e'tiqod va an'analarning saqlanishi va takrorlanishiga sabab bo'ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda to'g'ri yo'nalishni belgilab olish imkonini beradi.
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar toʻplamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy boʻlishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq.
Diniy dunyoqarash U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy dunyoqarashning muhim jihatlari hisoblanadi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling