Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 1.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E . Tayl o r
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir. Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan». Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi». Dinning kelib chiqishi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan», degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra, «din - bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin», deydilar. Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish - bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm xayoliy narsayu, din doimiy ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan. muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalqman, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog`liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o`z asarlarida ana shu o`lmas g`oyalarni bosh maqsad qilib qo`ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o`zining ijtimoiy vazifasini to`liq ado etishga erishgan bo`ladi. Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 35-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi. Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya. Masalan, 1991 yil 11 aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon bayrami»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. XIX asrning oxirlarida dinni ilmiy o‘rganish asosida bilimlarning maxsus tarmog‘i – dinshunoslik fani shakllangan. Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat: – din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish; – dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirish; – kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish. Bundan tashqari, diniy e’tiqod tarkibida mavjud insonparvarlik, mehr-shafqat va imonlilik kabi qadriyatlarga janggarilik, shafqatsizlik, qonxo‘rlik da’vatlarining butunlay yot ekanligi dinshunoslik orqali oydinlashadi, diniy jaholatning ma’rifat orqali bartaraf etilishiga, dinning haqiqiy mavqei tiklanishiga erishiladi. Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi. Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini o‘rganadi. Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin. Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling