Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 1.89 Mb.
bet10/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

2-mavzu. MILLIY DINLAR


REJA


1. Yahudiylik dinining yuzaga kelishi.
2. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi, ta'limoti, an'ana va marosimlari.
3. Markaziy Osiyoda yahudiylik.
4. Vedalar. Braxmanlik. Hinduiylik, Jayniylik. Sikxiylik ta'limoti va manbalari.
5. Konfutsiylik ta'limoti va uning Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari.
6. Daochilik – falsafiy ta'limot. “Dao” tushunchasi tahlili.
7. Sintoiylik. Yapon xalqi an'analari. Kami kulti
Tayanch tushunchalar:Iudaizm, Dovud, Tavrot, Falastin, Iosif, Yaxve, yakkaxudolik, Navuxodonosor, Muso, Markaziy Osiyoda Yaxudiylik, Vedalar, Braxmanlik, Hinduiylik, Jaynizm, Sikxiylik, Konfutsiylik, Daosizm, Dao tushunchasi, Sintoiylik, an’ana, Kami culti


Yahudiylik dinining yuzaga kelishi.
Iudaizm dini Falastinda miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlari – I ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. «Iudaizm» atamasi yahudiy qabilalar ittifoqiga kirgan (Ruvit, Simon, Levin va Iuda singari) 12 qabilaning eng kattasi nomidan olingan. Miloddan avvalgi X asrda ular Iuda qabilasi atrofida birlashtirilgan. Qabila vakili Dovud Isroil-yahudiy davlatining podshohi lavozimini egallagan. Miloddan avvalgi XIII asrda yahudiy ko‘chmanchi qabilalari Falastinga bostirib kelishiga qadar totemizm, animizm va sehrgarlik avj olgan va ko‘pxudolik amalda mavjud bo‘lgan. Yahudiylarning diniy e’tiqodida yakkaxudolik g‘oyalari Falastinni bosib olganidan keyin shakllana boshlagan. Bu jarayon uzoq vaqt davom etgan. Dastlab bosh xudo sifatida Yaxve (Iyegova) tog‘lar, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi qabul qilingan bo‘lsa-da, aholi ko‘pxudolik an’analarini saqlab qolgan. Miloddan avvalgi 622 yilda podsho Iosif ko‘pxudolik amaliyotini tugatish maqsadida Yaxvedan boshqa xudolarga sig‘inishni bekor qilgan. Lekin yakkaxudolikni joriy qilish maqsadida davlat tomonidan ko‘rilgan choralar ham samara bermagan. Miloddan avvalgi 586 yilda Yangi Bobil podshosi Navuxodonosor Iudeyani bosib olganidan keyin vaziyat tubdan o‘zgargan. Navuxodonosorning buyrug‘i bilan Quddusdagi iudaizmning bosh ibodatxonasi vayron qilingan. Yahudiylarning bir qismi Mesopotamiyaga majburan ko‘chirilgan. Isroilda mustaqillik uchun kurash boshlangan. Iudaizm dini yahudiylarning davlat mustaqilligini qayta tiklash va majburan ko‘chirib yuborilgan yurtdoshlarini Vataniga qaytarish uchun kurashida (diaspora) mafkura vazifasini bajargan. Shu vaqtdan boshlab yakkaxudolik g‘oyasi yahudiylarni birlashtiruvchi diniy mafkura sifatida jamiyatda mustahkamlangan.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling