Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Xanafiyada moʻtadil islom tamoyili va bag‘rikenglik g‘oyalari


Download 1.89 Mb.
bet55/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

Xanafiyada moʻtadil islom tamoyili va bag‘rikenglik g‘oyalari. Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo‘lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.
Hanafiy mazhabi ta’limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o‘zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo‘lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o‘z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to‘lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o‘zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o‘zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo‘rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog‘at yoshiga yetgan inson mustaqil bo‘lib, o‘z mulkini o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir.
Hanafiyaning islom fiqhi tarixidagi o‘rni. Islom huquqi (fiqhi) va uning taraqqiyot bosqichlari. Islom huquqi asosiy atamalari. Islom huquqi manbalari.
Fiqh so‘zi atama sifatida Qur’on va hadislarda qo‘llanilgan. Fiqh islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (s.a.v.) hadislari va choriyorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Birinchi musulmonlar (sahobalar) eshitdilar va itoat qildilar hamda Islomning bu mohiyatini keyingi avlodlarga (Tobi’in va Tabi’ at-Tobi’inlar yoki vorislar), musulmonlar va Islom Gʻarbiy Arabistondan bosib olingan o‘lkalarga shimol, sharq va g‘arbda tarqalib, u yerda tizimlashtirilgan va ishlab chiqilgan. Ilk musulmon huquqshunosi Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy “ar-Risola” kitobida islom huquqshunosligining nazariya va metodologiyadagi asosiy tamoyillari aks ettirilgan. Kitobda qonunning to‘rtta ildizi (Qur’on, Sunnat, ijmo va qiyos) batafsil bayon etilgan. Ikkinchi darajali huquq manbalari keyingi asrlarda ishlab chiqildi va takomillashtirildi, ular asosan fiqhiy afzallik (istihson), avvalgi payg‘ambarlar qonunlari (shara man qablana), davomiylik (istishab), kengaytirilgan o‘xshatish (maslaha mursala), mahalliy urf-odatlar (urf) va Payg‘ambar so‘zlari (qavl as-sahobiy), vositalarni to‘sish (sadd) kabilardan iborat[9]. Zayd ibn al-Hasanning ,,Majmu’ al-fiqh”, Molik ibn Anasning ,,al-Muvatta”, Ibn Hanbalning ,,al-Musnad” kitoblari fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansa-da, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi X asrga kelib, mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shug‘ullanuvchi, uni o‘rganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashhur faqihlar hisoblangan. Fiqh islom huquqshunosligi sifatida 2 sohada – shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al-fiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furu’ al-fiqh)dan iborat bo‘lgan. Islomning sunniylik yo‘nalishi huquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar ham mavjud edi, biroq XIV-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan.
O‘rta asrlarda va yangi davrda Fiqhga oid asarlar orasida fatvo to‘plamlari ko‘paydi. Al-Kuduriyning (1037 -y.vaf.et.) ,,Muxtasar”, Qozixonning (1196 -y.vaf.et.) ,,Fatovo”, Burhoniddin Marg‘inoniyning ,,Hidoya”, Ibn Bazzozning (1414 -y.vaf.et.) ,,Fatovo” asarlari bunga misol bo‘ladi. Ular ichida ,,Hidoya” asari hanafiylik mazhabida katta shuhrat qozongan amaliy qo‘llanmadir. ,,Hidoya”ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining ko‘p asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal bo‘lgan, ko‘pincha ma’murlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 y.vaf.et.) ,,Kitob al-xaraj”i yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658 –1707) amri bilan 1669-yilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan ,,al-Fatovo al-Hindiya” asari va boshqalar. Islom mamlakatlari huquq tizimida fiqhning roli doimo bir xil bo‘lgan emas. Jumladan, XVI asrda Usmonli turk saltanatida va XVII asr ikkinchi yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qo‘llanildi. Biroq umuman fiqh huquqshunoslik bilan to‘la-to‘kis mos kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan biron-bir tarzda qo‘llab-quvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqihlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hozirgi vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmoqda, bu esa fiqh ta’sir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, fiqhning ayrim tarmoqlari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida biron-bir tarzda qo‘llaniladi. Islom huquqi o‘z vaqtida bugungi g‘arb qonunchiligi rivojiga ham ta’sir o‘tkazgan. Xususan, VIII asrda musulmon huquqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan norasmiy qiymat uzatish tizimi keyinchalik fransuz huquqidagi aval va Italiya huquqidagi avallo kabi fuqarolik qonunlarida rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. VII-IX asrlarda rivojlangan islom huquqidagi vaqf ingliz trast huquqidagi trastlarga sezilarli o‘xshashlik bilan ajralib turadi. Masalan, har bir vaqfning voqif (o‘troqchi), mutavillisi (ishonchli), qozi va foyda oluvchilari bo‘lishi shart edi. Salib yurishlari davrida Angliyada XII-XIII asrlarda ishlab chiqilgan ishonch qonuni Yaqin Sharqda uchragan vaqf institutlari ta’sirida bo‘lgan salibchilar tomonidan kiritilgan. Huquqiy presedent metodologiyasi va qiyos orqali fikr yuritish ham islom, ham umumiy huquq tizimida o‘xshashdir. Bu ta’sirlar ba’zi olimlarning islom huquqi, yaxlit bir butun sifatida umumiy huquq”qa asos solgan bo‘lishi mumkin degan fikrga olib kelgan.
Movarounnahrda hanafiy mazhabi va Markaziy Osiyo faqihlari. Movarounnahrda fiqh ilmining mashhur namoyandalari. Hanafiy mazhabi rivojida Markaziy Osiyo faqihlarining roli va hissasi.
Islomning Markaziy Osiyoga tarqalishi tufayli bu yerda juda ko‘p mahalliy Islom olimlari hadisshunos (muhaddis), Qur’on tafsirshunoslari (mufassir) va Islom dini qonun-qoidalari,yo‘l-yo‘riqlari bilan shug‘ullanuvchi yuzlab mashhur, Islom dunyosi tan olgan olimlar yetishib chiqdilar. Bular Islom dini borasida jahon faniga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shib ketdilar. Ularning asarlari hozirgacha Islom dini hukmron yoki xalqi shu dinni qabul qilgan davlatlardagi diniy madrasa va institutlarda asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Ular Markaziy Osiyo shuhratini musulmon dunyosi miqyosiga ko‘targan mashhur olimlardir. O‘rta Osiyoda muxarrijlar, as’hobut-tarjih va taqlid davrlariga tegishli bo‘lgan yuzlab asarlar va ularning mualliflari haqida so‘z yuritish keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlarini talab qiladi. Biz O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston hududida Hanafiy mazhabining bu yorqin vakillari sifatida tan olinib, o‘z ilmiy faoliyatlari bilan dong taratgan mashhur faqihlardan ayrimlarini tanishtirib o‘tamiz. Abulhasan Burhonuddin Ali ibn Abu Bakr Marg‘inoniy. Vatandoshimiz Burhonuddin Marg‘inoniy shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, ularning hayotga tadbiq etilishiga doir yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatib bergan yorqin allomadir. Uning asl ismiAbulhasan Burhonuddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy bo‘lib, tug‘ilgan yili aniq emas. Keyingi vaqtlarda taxminan hijriy 510 (milodiy 1116-1117) yilda tug‘ilgan deyilmoqda. Hijriy 593 (1197) yili vafot etgan. Burhonuddin (dinning ishonchi, dalili) laqabini unga boshqa olimlar berishgan. Burhonuddin Movarounnahrning Rishton, Marg‘ilon, Buxoro va Samarqand shaharlarida oliy diniy ta’lim oldi. Qur’oni Karimni yodladi va hanafiya mazhabining musulmon qonunshunosligi bo‘yicha nazariy va amaliy fiqh olimi sifatida shuhrat qozondi. Islom dunyosi olimlari uni hanafiya mazhabining yirik faqihi (qonunshunosi), muhaddis, mufassir (Qur’on sharhlovchisi) sifatida tan olganlar va uning ijodiga yuksak baho berganlar. “U islom dunyosida o‘zigacha yaratilgan diniy asarlarni mutolaa qildi, ularni tartibga soldi, tolmas-charchamas tadqiqotchi,iymonli-e’tiqodli, xudojo‘y inson, yuksak darajadagi huquqshunos, adib, shoir, unga o‘xshashi fan va adabiyotda bo‘lmagan ”, deb yozgan edi Abdulhay al-Lankoviy o‘zining “al-Favoid al-abahiya fi tarjim – il-hanafiya” nomli kitobida. Burhonuddin shariat asoslarini mashhur faqihlar Abu Hafs Najmuddin an-Nasafiy as-Samarqandiy, Xusomuddin ibn Maoz, Abu Umar Usmon as-Saraxsiy al-Paykandiy kabilardan, hadis ilmini muhaddisi Abu Iso at-Termiziy to‘plagan hadislardan o‘rgangan. Uning fiqh ilmida mashhur bo‘lishi buyuk nazariyotchi, shariat asoschilaridan biri al-Quduriy asarlarini mutolaa qilishi asosida amalga oshdi. Burhonuddin Marg‘inoniy “Nashr al-mazhab” (Mazhabning tarqalishi), “Kitob at-tajnis va-l-mazid” (Tajnis va ziyoda qilish), “Muxtasarot at-navozil” (Nozil bo‘lganlarning bayonoti), “Kitob al-Faroiz” (Farzlar haqida kitob), “Kitob manosih al-haj” (Haj qonunlari haqida kitob), “Sharh al-jome’ al-kabir ash-Shayboniy” (Ash-Shayboniyning “al-Jome’ al-Kabir” sharhi), “Mazid furu’ il-hanafiyya” (Hanafiyya shohobchalariga qo‘shimcha), “Bidoya al-mubtadiy” (O‘rganuvchi uchun boshlang‘ish kitob), “”Muxtor al-fatvo” (Tanlangan fatvolar) kabi asarlar yozib qoldirgan. Al-Marg‘inoniy asarlarida islom diniy-huquqiy qonunlari aniq qilib belgilab berilgan. Bunday o‘ziga xoslik bois “Hidoya” musulmon huquqiy tizimi va huquqiy ijodiyotining nafaqat an’anaviy hanafiya mazhabi uchun, balki sunniy Islom tarqalgan barcha mamlakatlar uchun yagona qomusiy qonunga aylangan. Alloma shariat qonunlari asosi bo‘lmish fiqhga oid asarlarida, ayniqsa, “Hidoya” da yechilishi qiyin, chigal masalalarni hal qilishning qisqa va aniq, ishonchli, shu bilan birga nazariy va amaliy asoslangan yo‘l-yo‘riqlarni belgilab bergan. Bular rasm-rusumlar, tartib-qoidalar, oila va nikohning huquqiy asoslari, davlat-huquqiy tizimi va jinoiy jazolar masalalaridan iborat. Shuningdek, uning bosh g‘oyaviy va huquqiy merosidan quyidagi asosiy yo‘nalishlarni: birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning huquqiy asoslarini, ikkinchidan, shaxsiy mulkning turli-tuman shakli, shaxsiy mulk va davlat orasidagi aloqalarning huquqiy asoslarini va moliyaviy faoliyatlarini, uchinchidan ijtimoiy va huquqiy ko‘rinishga ega bo‘lgan jinoyat va jazolarning huquqiy asoslarini, to‘rtinchidan, fuqarolik huquqining nazariy va amaliy asoslarini, beshinchidan, sud (qozi)lar va sud ishiga oid masalalarni yuritish yo‘llari va tartib usullarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling