Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet160/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

AYIRUVCHI (DIZ’YUNKTIV) HUKM – bir necha hukmlar yoki (v) bog‘lovchi orqali murakkab hukmni tashkil etadi. Bu ikki xil: qat’iy ayiruvchi hukm va oddiy ayiruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
AYIRUVCHI (DIZ’YUNKTIV) SILLOGIZMkatta asos ayiruvchi hukmdan, kichik asos va xulosa esa qat’iy hukmdan iborat bo‘ladi. Bu ikki xil modusdan iborat.
AYNIYAT QONUNI (lot. Lex indentitatis) formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra muhokama jarayonida ma’lum predmet to‘g‘risidagi fikr xajm jixatidan barqaror muayyanlikni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalash talab qiladi. Muhokamada har bir tushuncha aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Uning formulasi A=A dir.
AKSIOMA (grek. axioma – qabul qilingan holda) – ma’lum nazariyani isbotlash uchun keltiriladigan isbotsiz qabul qilingan tushunchalardir. Mantiqda aksioma isbotsiz qabul qilingan haqiqat ma’nosida ishlatiladi. Hozirgi zamon ilmiy tekshirishlarida aksiomatik metod juda katta ahamiyatga ega. U ilmiy nazariyalarning deduktiv xulosalar chiqarish yordamida tashkil topish usullaridan biri. Shuning uchun «deduktiv metod» va aksiomatik metod ko‘pincha aynan tushunchalar sifatida ishlatiladi.
ALTERNATIVA (lot. Alternare – almashmoq, navbat bilan qilmoq) – mumkin bo‘lgan qarama – qarshi ikki yoki bir necha holdan tanlab olish zaruriyati. antiqda ayiruvchi hukmning har bir qismi alternativa bo‘la oladi.
ANALIZ VA SINTEZ (grek. Analysis – ajratish, bo‘lish va qo‘shish, birlashtirish) Analiz shunday bir mantiqiy usuldirki, uning yordami bilan buyumlar, hodisalar fikran qismlarga bo‘linadi. Sintezda esa qismlar fikran birlashtirilib, bir butun holiga keltiriladi.
ANALOGIYA (grek. Analogia – o‘xshashlik, moslik) – ikki buyumning bir yoki bir necha belgilarning o‘xshashligidan boshqa belgilarning ham o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarishdir.
ANTITEZIS (grek. Antithesis – qarama – qarshi qo‘yish) – tezisga qarama–qarshi bo‘lgan tezis.
APAGOGIK ISBOT (grek. Apagoge – xulosa, apagogos – buruvchi, chiqaruvchi) – vositali isbotning bir turi bo‘lib, tezisning to‘g‘riligi bevosita argumentdan (asosdan) keltirilib chiqarilmaydi, balki unga qarshi bo‘lgan tezisning (antitezisning) xatoligini isbotlash orqali dastlabki tezisning to‘g‘riligi isbotlanadi.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling