Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet174/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

SUBYEKT (lot. Subjectum) – hukmning mantiqiy egasi bo‘lib, fikr qaratilgan buyumni bildiradi. Falsafada dunyoni biluvchi shaxs ma’nosida ham ishlatiladi.
SXOLASTIKA (grek. Schole – maktab, lot. Scholasticus - maktabiy) – hayotdan ajralgan, predmetsiz, havoyi, ma’nosiz fikrlashdir. O‘rta asrlarda diniy – falsafiy ta’limotni sxolastika deb atashgan.
TAFAKKUR – voqelikni abstraktlashtirib va umumlashtirib bilishdan iborat bo‘lgan insonning aqliy, nazariy faoliyati.
TAFAKKUR SHAKLLARI – obektiv olamdagi eng umumiy jarayonlarning aks etishi asosida paydo bo‘lgan amaliy fikrlashning tuzilishi. U tushuncha, hukm, xulosa chiqarish va hokazolardan iborat bo‘ladi.
TAFOVUT METODI – hodisalarning sababli bog‘lanishini tekshirishning induktiv metodlaridan biri. U quyidagicha ifodalanadi: agar hodisa bir holda yuz bersa – yu, ikkinchi holda tafovut qilsa, demak, xuddi shu holatning o‘zi hodisaning sababidir.
TAQQOSLASH – buyum va hodisalarning bir – biriga o‘xshashligi va farqini aniqlashga qaratilgan mantiqiy usul.
TA’RIFLASH – mantiqiy usul bo‘lib, bu usul vositasida tushunchalarning mazmuni ochib beriladi. Ta’rifning tuzilishi ikki asosiy qismdan: aniqlovchi va ta’riflovchi tushunchalardan iborat bo‘ladi. Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar –1) ko‘rsatish; 2) tasvirlash; 3) tavsiflash; 4) o‘xshatish; 5) tafovutlash; 6) taqqoslash.
TEZIS (grek. thesis – holat, tasdiq) – chinligi isbotlanishi lozim bo‘lgan fikr.
TERMIN (lot. terminus – oxiri, chegara) – I. So‘z va so‘zlar birikmasi: masalan, «arxitektura», «atom» terminlari. Belgilar va ularning birligi ham termin bo‘lishi mumkin. Termin odatda tushunchaning aniq qat’iy nomi ma’nosida ishlatiladi.
II. Hukm va sillogizmda ishtiroq etgan tushunchalar termin deb ataladi. Hukmda subyekt (S), predikat (R) terminlari bor. Sillogizmda katta (R), o‘rta (M), kichik (S) terminlar mavjud.
TRADISION MANTIQ – Arastuning mantiqiy ta’limotiga asoslanadi. Arastu sillogizm nazariyasiga asos solgan. Xulosa chiqarishning deduktiv metodini ishlab chiqdi. Ingliz faylasufi F. Bekon (1561 – 1626-yillar) esa induktiv metodni ishlab chiqadi. Shunday qilib tradision mantiq vujudga keladi. Bu mantiqni rivojlantirishga juda ko‘p mutafakkirlar hissa qo‘shganlar.
TRIXOTOMIYA (grek. triha – uchga, toma - maydalash) – tushunchalar hajmini uchga bo‘lish. Matematik mantiqda va aksiomatik nazariyada to‘plamning trixotomik aksiomasi mavjud.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling