SIGNAL – (lot. Signum - belgi) – ma’lum ma’lumot beruvchi shartli belgi.
SILLOGIZM – (grek. Sullogismos – hisoblab chiqarmoq) – xulosa chiqarishning deduktiv usuli bo‘lib, unda ikki qat’iy hukmdan yangi bir qat’iy hukm – xulosa hosil qilinadi. Bunda o‘rta termin asoslarni mantiqan bog‘laydi, kichik va katta terminlar bog‘lanib, xulosa hosil qiladi.
SILLOGIZM AKSIOMASI – «Buyumlarning butun turkumi to‘g‘risida nimaiki tasdiqlanib (yoki inkor qilinib) aytilsa, shu turkumdagi ayrim bir bo‘lak to‘g‘risida ham tasdiqlab (yoki inkor qilib) aytiladi».
SILLOGIZM TARKIBI –ikki asos va xulosa, uch termindan iborat.
SILLOGIZM FIGURASI – o‘rta termin joyini almashtirish yo‘li bilan sillogizmning turli shakllarini hosil qilishdan iborat bo‘lgan mantiqiy usul. O‘rta termin o‘rnini almashtirish yo‘li bilan to‘rt xil figura hosil bo‘ladi.
SIMVOLIKA – ma’lum obyekt, shuningdek, fikr, g‘oya, hissiyotni ifoda etuvchi belgilar sistemasi.
SIMVOLIK MANTIQ – ma’lum fikrlar va uning shakllarini, munosabatini, terminlari, predikati va sub’ektlarining yolg‘on yoki chinligi, mantiqiy funksiyalarini belgilar sistemasi bilan ifodalab o‘rgnanuvchi ta’limot. U simvolik tarzda quyidagicha ifodalanadi:
1. Propozisional o‘zgaruvchilar: p, q, r.
2. Mantiqiy bog‘lovchilar:
- konyunksiya (va)
V – dizyunksiya (yoki)
– qat’iy dizyunksiya
- implekasiya (agar ... u holda)
- inkor (yo‘q, to‘g‘ri emas)
- ekvivalentlik (tenglik)
3. – umumiylik kvantori
- mavjudlik kvantori
4. Texnik belgilari: ( so‘l qavs, ) o‘ng qavs va b.
SORIT – murakkab sillogizmning turi bo‘lib, oldingi asosning predikati keyingi asosning subyekti bo‘lib boraveradi. Xulosada esa birinchi asosning subyekti oxirgi asosning predikati bo‘lib chiqadi.
SOFIZM – (grek. Sophisma – o‘ylab chiqarilgan, mug‘ombirlik) – mantiq qonuni va qoidalarini bila ko‘ra turib, ularni qasddan buzish. Sofistlar fikrni shakl jihatidan to‘g‘ri deb qarasalar – da, fikrlashdagi xatoni haqiqat, chin deb qaraydilar. Ular ko‘pincha so‘zlarning turli ma’noliligidan foydalanib, nisbiylikni mutloqlashtiradilar. Biroq sofistlar, qadimgi Gretsiyada dialektikani rivojlantirishda «so‘z ustasi» o‘qituvchilari sifatida katta rol o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |