Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- GO‘ZALLIK - e
- SAN’AT
BADIIY IJOD - adabiyot va san’at fenomeni,ilhom bilan bog‘liq ma’naviy hodisalardan biri,estetik ijod shakli.U tarixiy mazmunga ega bo‘lib,san’at va adabiyot turlari yo‘nalishlari bilan bog‘liq. Insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida klasisizm,romantizm,tanqidiy realizm,naturalizm kabi yo‘nalishlar hamda shunday badiiy ijod usullari shakllangan va rivoj topgan.
GARMONIYA (yun. Harmonia - aloqa, uyg‘unlik) - ma’lum tizim elementlari, tarkibiy qismlari rivojlanishining muayyan davrida o‘zaro muvofiq, mutanosib,uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik holatini anglatuvchi tushuncha. Garmoniyaning namoyon bo‘lish shakllari ko‘p. Masalan, falsafada mazmun va shakl,butun va bo‘lak, sistema va elementlar o‘rtasidagi mutanosiblikka nisbatan ishlatiladi; musiqa san’atida ko‘pchilik ijro etadigan qo‘shiqlar, xorlar uyg‘unlikni bildirsa, oilada er va xotin o‘rtasidagi bir biriga moslik, bahamjihatlik va totuvlikni anglatadi, ma’naviyatda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik asosida quriladigan barqarorlik va insoniy munosabatlardagi o‘zaro uyg‘unlikni ifodalaydi. GO‘ZALLIK - estetika kategoriyasi bo‘lib, narsa hodisalarning nafisligi va nafosatini ijtimoiy ma’naviy jihatdan baholovchi mezon, ijtimoiy ma’naviy hayotda biron bir narsa yoki kishiga xos xususiyatlarning shaklan va mazmunan uyg‘unligini anglatadigan, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan va insonda yoqimli tuyg‘u, zavq, kuchli hayrat hissini hosil qiladigan tushuncha. Go‘zallikni yaratilishi xususida ikki xil qarash mavjud. Birinchisi - inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratilgan go‘zallik bo‘lib, bunda aql, tafakkur, bilim, ilhom va hissiyot ustuvordir. Ikkinchisi - inson salohiyatidan tashqarida yuzaga keladigan,uning tafakkuri va bilimining mahuli bo‘lmagan go‘zallik bo‘lib,unda makon va zamon o‘zaro uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Insoniy go‘zallik uning uchinchi shaklidir. Bunda nafaqat tashqi ko‘rinish, qiyofa, balki insonning ichki dunyosi,ma’naviy axloqiy fazilatlari ham muhim o‘rin tutadi. SAN’AT - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. San’at inson mehnati,aql idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulotidir. San’at asarida shaxsning o‘ziga xos iste’dodi namoyon bo‘ladi. San’at insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma’naviy anglashning maxsus turidir. San’at tushunchasi keng ma’noda, badiiy qadriyatlar,ularni yaratish va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. San’at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. San’atning quyidagi ikki turi farqlanadi, amaliy va badiiy, amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik kabi sohalar kirsa, badiiy san’at turlariga rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino,teatr,badiiy adabiyot mansub. Shuningdek, ifodali va tasviriy san’at turlari farqlanadi. Musiqa- ifodali, rassomlik- tasviriy san’at turlariga kiradi. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling