Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
Energetik muammo. Amerikalik global-muammolar tadqiqotchisi A.Smilning fikriga ko‘ra hozirgi sivilizatsiyaning tayanchi bo‘lgan «uchta kit» - bu energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bo‘lib, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
1945-yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘n ta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70% ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar (sayyora aholisining 78%) ishlab chiqarilayotgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar faqat iste’mol qilinayotgan energiya miqdoriga ko‘ra emas, balki sifatiga ko‘ra ham farq qiladilar. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosiy energiya manbalari - bu neft, gaz, kamroq miqdorda ko‘mir bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan har xil texnika ekinlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilaridir (masalan, Bangladeshda butun energiyaning 90%, Nigeriyada - 80%, Indoneziyada - 66% ana shunday manbalardan olinadi). Energetika muammosi bir qator aspektlarga ega: birinchidan, rivojlangan jamiyatlar tobora ko‘proq energiyani talab qiladi, ikkinchidan, qancha ko‘p energiya ishlatilsa, uning manbalari shuncha kamayadi (agar an’anaviy energiya manbalari ko‘zda tutilsa), uchinchidan, qancha ko‘p yonilg‘i iste’mol qilinsa, atrof-muhit shunchalik ko‘p darajada ifloslanadi. To‘rtinchidan, muqobil energiya manbalari deb ataluvchi manbalar har doim ham o‘zini oqlamaydi. Masalan, I.V. Kurchatov atom energiyasini kelajakning asosiy energiyasi, deb hisoblangan edi. Biroq, AES larda yuz bergan bir qator falokatlar, xususan, 1996-yilda Chernobildagi falokat, muammoning murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Faqat 1990- yilning o‘zidagina AESlarda 143 ta turli kamchiliklar qayd etilgan. 2000-yilga kelib 300 ta yadro reaktori yopilgan. Energetik muammoni hal etishi yo‘llari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: - energiyaning yangi, xavfsiz va nisbatan arzon bo‘lgan manbalarini qidirib topish (quyosh energiyasidan, shamoldan, dengiz oqimlaridan foydalanish); - an’anaviy sanoat materiallari o‘rniga ancha yengil, arzon, kam energiya sarflanadigan materiallardan foydalanish (po‘lat o‘rniga alyuminiy, mis o‘rniga shisha tolasi, metall o‘rniga plastik va hokazo). Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling