Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Singapurda Korrupsiyaga qarshi kurash quyidagi tamoyillarga asoslanadi


Download 2.98 Mb.
bet119/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

Singapurda Korrupsiyaga qarshi kurash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Ikkala tomonga, ya’ni pora berganga ham, pora olganga ham chora ko‘rilishi kerak;
2. Korrupsiya nafaqat ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik, balki ommaviy tanqid bilan ham jazolanishi kerak;
3. Davlat majburiyatlari va shaxsiy manfaatlar o‘rtasidagi aniq chegarani belgilash;
4. Qonun ustuvorligini mustahkamlash;
5. Hokimiyatda aniq va qat’iy ishlash metodlarini o‘rnatish va qaror toptirish orqali Korrupsiyani maksimal darajada yo‘q qilish;
6. Korrupsiyaga qarshi kurashda, liderlar o‘z axloqiy avtoritetini, obro‘sini saqlab qolish uchun o‘zlarining namunali xulq-atvorini eng maksimal darajada namoyish etishlari kerak;
7. Mansabdor shaxslarni tayinlashda oilaviy aloqalar yoki siyosiy homiylik emas, balki shaxsiy va kasbiy qobiliyatlarning inobatga olinish kafolatlarining mavjudligi;
8. Davlat xizmatchilarining munosib maosh bilan ta’minlanishi, Korrupsiyaviy xatti-harakatlarni kamaytirishga xizmat qiladi;
9. Korrupsiyaga qarshi kurashda, samarali va haqqoniylik prinsiplariga binoan ishlovchi organ tashkil etish va boshqarish, shuningdek, Korrupsiya hodisalari to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilish;
10. Keraksiz ma’muriy to‘siqlarni yo‘q qilish. Masalan, hujjatlar uchun zarur bo‘lgan imzo sonini minimallashtirish;
11. Davlat amaldorlarining o‘z daromad manbalari to‘g‘risida majburiy hisobotlarini e’lon qilish.
Singapurda har yili davlat xizmatchilaridan o‘z mol-mulki va qarzlarini deklaratsiya qilish uchun maxsus formani (blankani) to‘ldirishlari talab qilinadi. Agar ular qo‘shimcha mablag‘larni qayerdan olganliklarini tushuntirib bera olmasalar, bu mablag‘larning manbayini Korrupsiya deb taxmin qilinadi. Keyin tegishli tekshiruv o‘tkaziladi. Prokuror Korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilingan shaxslarning har qanday bank, aksiyalar va hisob-kitob hisobvaraqlarini tekshirishga haqli.
Singapur hukumati tomonidan qoniqarsiz moliyaviy siyosatni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar: hukumat siyosatini o‘zgartirishga ta’sir qiluvchi kuchlarni sotib olishga imkon bermaydigan qat’iy qoidalarni joriy etish (masalan, saylovoldi tashviqotiga sarflanadigan mablag‘larning qat’iy cheklanishi, xayriya mablag‘larini ayrim vazirlarga yoki parlament a’zolariga emas, faqat siyosiy partiyalarga berish kabilar) alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Bundan tashqari, 1973-yil iyuldan boshlab Singapur Moliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirmoqda, unga quyidagi tadbirlar kiritilgan:

  • sustkashlikni bartaraf etish maqsadida fuqarolar va tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar tartibini takomillashtirish;

  • yuqori mansabdor shaxslarning quyi lavozimli mansabdor shaxslar ustidan nazoratining shaffofligini ta’minlash;

  • barqaror Korrupsiya aloqalarining shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mansabdor shaxslarning rotatsiyasini joriy etish;

  • kutilmagan tekshiruvlar o‘tkazish;

  • Korrupsiya maqsadida ishlatilishi mumkin bo‘lgan muhim ma’lumotlarning tarqalishini oldini olish uchun maxfiylikni ta’minlash;

  • har 3-5 yilda Korrupsiyaga qarshi choralar kompleksini ko‘rib chiqish tartibini joriy etish.

Barchamizga ma’lum, Yaponiya [CPI (2020) – 74 ball (180 mamlakat ichida 19-o‘rin), 1 ilova] iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib, uning korrupsiyaga qarshi siyosati davlat boshqaruvi tizimida ushbu salbiy illatga qarshi mexanizmlarni takomillashtirish yo‘llarini topishga asoslangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda Yaponiyada ta’lim-tarbiya jarayoni muhim rol o‘ynaydi, yapon tilida korrupsiya so‘zi “iflos ish” deb tarjima qilinadi. Agar yaponlar korrupsiyada ayblanadigan bo‘lsa, nafaqat aybdor shaxs, balki uning butun oilasiga tushadigan eng katta sharmandalik hisoblanadi.
Qadim zamonlardan beri Yaponiyada shaxsiy manfaatlarni qurbon qilish qobiliyatini umumiy manfaatlarga qurbonlik sifatida qadrlangan. Kunchiqar yurt Konstitusiyasi talablariga ko‘ra, hokimiyat organlarining barcha mansabdor shaxslari butun jamiyatning xizmatchilari hisoblanadi hamda shaxsiy manfaatlardan yuz o‘girish - bu amaldorlarning yo‘lidir. Bugungi kunda Yaponiyaning huquqiy siyosati, jinoiy qonunchiligi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimining samarasi o‘laroq ushbu mamlakat uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanadi.
Yaponiya Jinoyat kodeksiga muvofiq pora olish, talab qilish yoki oldindan olish uchun xavflilik darajasiga qarab turli muddatlarga majburiy jismoniy mehnatga jalb qilingan holda ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi. Kodeksda nafaqat mansabdor shaxs tomonidan pora olish, balki uchinchi tomonga berish, vositachilik uchun pora olganlik uchun ham jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Yaponiyada siyosatchilar va xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda ularning axloqiy xatti-harakatlariga katta e’tibor beriladi. Jumladan, “Parlament to‘g‘risida”gi qonunda “kasbiy etika” bobining mavjudligini yoki “Davlat xizmatchilarining etikasi to‘g‘risida”gi qonun amal qilayotganligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Unda xodimlarning axloq qoidalari, kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda sovg‘alar olishga va ko‘rsatilgan xizmatlar natijalarini qabul qilishga taqiq va cheklovlar mavjud bo‘lib, ushbu qoidalar va meyorlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishning qat’iy tartibi belgilangan.
Yaponiyada korrupsiya bilan bog‘liq barcha materiallar, agar ular milliy xavfsizlik tizimiga ta’sir qilmasa, keng jamoatchilik uchun ochiq hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu davlatda davlat hokimiyati organlarining aholiga hisobot berish amaliyoti samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq ishlarni keng ommaga yetkazib borish maqsadida 2001-yilda Yaponiyada axborotni oshkor qilish tartibini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan.
Ushbu hujjat fuqarolarga davlat organlari tomonidan saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanish huquqini, shu bilan birga agar hukumat muayyan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa, u holda ma’lumotlarning oshkor etilishini nazorat qilish kengashiga murojaat qilish imkoniyatini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, agar mansabdor shaxslar korrupsiya nuqtai nazaridan biron narsani yashirishsa va fuqaro amaldorni obro‘sizlantiradigan narsani bilsa, u hukumatdan obro‘sizlantiruvchi faktlarni oshkor qilishni talab qilishga haqli.
Shunday qilib, davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsion harakatlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli choralar keng jamoatchilikning bosimi hamda samarali jamoat nazoratining amal qilayotganligi bois ham ushbu salbiy illatga o‘zining natijasini bermoqda.
Qadrlar siyosati Yaponiyada korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Katta tabiiy resurslarga ega bo‘lmagan ushbu Osiyo mamlakati ko‘p jihatdan samarali qadrlar siyosatining amalga oshirilayotganligi tufayli innovatsion texnologik taraqqiyotga erishmoqda. Qadrlar siyosatining adolatli olib borish va xodimlar manfaatlarini himoya qilish vazifasi parlament palatalari roziligi bilan Hukumat rahbari tomonidan tashkil etiladigan qadrlar masalalari bo‘yicha kengash zimmasiga yuklatilgan.
Mazkur kengash har yili parlamentga va hukumatga maoshning milliy tendensiyalari to‘g‘risida hisobot beradi. Xususiy sektorda ish haqining sezilarli darajada oshishi aniqlanganda, Kengash davlat xizmatchilarining ish haqi miqdoriga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida tavsiyalarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun parlamentga taqdim etadi.
Yaponiyada yosh avlodda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. To‘rt yoshli bolalarga yaxshilikni yomondan ajratishga, optimist bo‘lishga o‘rgatiladi.
An’anaga ko‘ra, yapon maktablarida ko‘proq tarbiyaga e’tibor qaratiladi. Jumladan, boshlang‘ich va quyi o‘rta maktablarining o‘quv dasturlarida “dotoku keiku” - axloqiy tarbiya kabi maxsus fanlar ham mavjuddir.
Shubhasiz, kunchiqar yurt noyob va zamonaviy demokratik, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatdir.
Xulosa qilib aytganda, Yaponiyada korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, davlat xizmatini isloh qilish (munosib ish haqi, rag‘batlantirish tizimi, meritokratiya prinsipi), fuqarolik huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy-huquqiy nazorat va siyosatchilarga ma’naviy ta’sir ko‘rsatish tizimining amal qilayotganligini hamda bu borada ijobiy tajribalar mavjudligini e’tirof etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xitoy [CPI (2020) - 42 (180 mamlakat ichida 78-o‘rin), 1 ilova]. Korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan amaldorlarni tez-tez, hatto milliy televideniye orqali nishonga olishlariga qaramay, Xitoy Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yaxshi tizimni yaratishda omadli chiqmadi. Buning sababi shundaki, repressiv choralar, go‘yoki samarali ko‘rinsa-da, kerakli natijani bera olmaydi. Shubhasiz, poraxo‘r amaldorlarning bir necha foizi kamayadi (o‘lim jazosidan qo‘rqish sababli), lekin umuman olganda bu faqat pora miqdorining ko‘payishiga olib keladi (xavfni oshirganligi uchun to‘lov). Bundan tashqari, bunday choralar, odatda, kimni qatl etish va kimni afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilish monopol huquqini olgan “byurokratiya korporatsiyalaridan” biri - huquqni muhofaza qiluvchi organlarning keskin kuchayishiga olib keladi.
Mutaxassislar Xitoyning Korrupsiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatsizligini siyosiy tizim, Kommunistik partiyaning ko‘plab iqtisodiy xatolari, shuningdek mamlakatda byurokratiya mavjudligining ming yillik an’analari bilan bog‘lashadi.
Shunga qaramay, Xitoyning “urush strategiyasi” deb nomlangan Korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi bizda qiziqish uyg‘otmoqda.
Ushbu strategiyaning boshlanishi 1951-yil dekabrda, “uchtaga qarshi” (Korrupsiyaga, byurokratiya va chiqindilarga qarshi) deb nomlangan dasturdan boshlanadi. Uni amalga oshirish doirasida Korrupsiya to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadigan maxsus xalq sudlari tashkil etildi va unga qarshi kurashish uchun aniq choralar ko‘rildi: har bir fuqaro, jinoiy jazo tahdidi ostida, ma’lum bo‘lgan Korrupsiya ishlari to‘g‘risida xabar berishga majbur bo‘ldi. 1965-yilda yakunlangan strategiyaning natijalari hayratlanarli edi: ro‘yxatdan o‘tgan Korrupsiya holatlari soni 500 mingdan 180 mingga tushdi.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling