Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
APODEYKTIK HUKM YOKI ZARURIY HUKM
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARGUMENT AD HOMINEM
- ATRIBUTIV HUKM
- AFFIRMATIV HUKM
- BIRLASHTIRUVCHI ISBOT
APODEYKTIK HUKM YOKI ZARURIY HUKM (grek. Apodeiktkos – ishonarli, aniq) – predikat va subyektdagi belgini zaruriy tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Bunday hukmlar narsa va hodisalar o‘rtasidagi zaruriy munosabatni aks ettiradi.
APOLOGETIKA (grek. Apologio – himoya, himoya nutqi) – biror nutqni yoki fikrni himoya qilish (Apologiya ham ana shundan kelib chiqadi). ARGUMENT (lot. Argumentum – isbot asosiy) tezisni isbotlash uchun keltiriladigan fikrlar. Bunday fikrlarning to‘g‘riligi praktikada isbotlangan bo‘lishi kerak. ARGUMENT AD HOMINEM – insonga doir degan xatoni lotin tilidagi ifodasi. Biror tezisning isboti uchun obektiv voqelikda isbotlangan fikrlarni keltirish yo‘li bilan emas, balki mazkur odamning ijobiy yoki salbiy tomonini ko‘rsatish orqali isbotlashdir. ASSERTORIK HUKM – mavjudlik hukmi (lot. Assero - tasdiqlayman) – qat’iy hukmning bir turi bo‘lib, predikat subyektdagi belgining mavjudligini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Bu hukmda predikatlarda u yoki bu belgining mavjudligini yoki mavjud emasligi qayd qilinadi, xolos. ATRIBUTIV HUKM (lot. Atributum – belgilanilgan, bo‘linilgan, qo‘shilgan) – predikatda subyektga xos sifat va xususiyatlarini aks ettiruvchi hukm. AFORIZM (grek. Aphroismos – qisqa hikmatli so‘z) – u yoki bu fikrni qisqa, aniq va ishonarli, tugallangan shaklda bayon etishdir. Bunday fikrlar murakkab narsalarning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Biroq, aforizm formal logik nuqtai nazardan tushuncha ta’rifi bo‘la olmaydi. AFFIRMATIV HUKM (lot. Affermo - tasdiqlayman) – tasdiqlovchi hukmlar (umumiy tasdiq, juz’iy tasdiq, bu hukm ba’zida affirmatik hukm deb ham yuritiladi). BEVOSITA XULOSA CHIQARISH – bir asosdan chiqarilgan xulosa. BIRGA BO‘YSUNISH - tushunchalar o‘rtasidagi munosabat. BIR DOIRADA AYLANAVERISH (lot. Circulus vitiosus) – isbotdagi yetarli asos qonunini buzish natijasida kelib chiqadigan mantiqiy xatodir. BIRLASHTIRUVCHI ISBOT – to‘liq induksiya yo‘li bilan qilinadigan isbotga aytiladi. Bunda tezisning isboti uchun butun asoslar birlashgan holda amalga oshiriladi. Unda har bir asos mustaqil isbotlangan bo‘ladi. BUTUN VA BO‘LAK – obektiv olamdagi narsa va hodisalarning o‘zaro aloqasini, predmet va ularning elementlari o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatuvchi falsafiy kategoriya. Bo‘lish qoidalari – formal mantiqda tushunchalarni bo‘lishning quyidagi qoidalari: bo‘lish teng hajmli (mutanosib) bo‘lmog‘i kerak; bo‘lishning bir va muhim asosi bo‘lmog‘i kerak; bo‘linmalar bir – birini istisno qilmog‘i kerak; bo‘lishda sakrash bo‘lmasligi kerak. VERSIYA – (lot. Versio – aylantirish, boshqa shaklga keltirish; fransuzcha –versio – tarjima, izohlab berish) – biron fakt, hodia va voqeaning bir-biridan farq qiladigan bir necha to‘rini turlicha tahminiy izohlashga aytiladi. Versiya xususiy gipotezaning bir turidir. Vositasiz va vositali isbot – isbotlash usuliga ko‘ra isbotlar vositasiz va vositaliga bo‘linadi. Vositasiz isbotda tezisning to‘g‘riligi bevosita asoslar (dalillar) dan kelib chiqadi. Vositali isbotda esa tezisning to‘g‘riligi antitezisning xatoligini tasdiqlash yo‘li bilan asoslab beriladi. Masalan: Aning jinoyat qilmaganligini isbotlash uchun «fuqaro A. jinoyat qilgan» degan tezisning xatoligini isbotlash asosida birinchi tezisning to‘g‘riligini asoslaymiz. Bu ikki xil bo‘ladi: apogogik vositali isbot (q), ayiruvchi vositali isbot. Ayiruvchi vositali isbotda bir necha imkoniyatdan bittadan qolgani xato ekanini isbotlash yo‘li bilan tezis asoslab beriladi. GENEZIS (grek. Genesis – kelib chiqish) ma’lum predmetlar hodisalar va ular to‘g‘risidagi fikr hamda mulohazalarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, tug‘ilishi. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling