DIALEKTIK MANTIQ – tafakkur harakatining umumiy qonunlari va formalari haqidagi fikr bilan obektiv reallikni bilish yo‘llari to‘g‘risidagi, ya’ni falsafiy kategoriyalarning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadigan fandir.
DILEMMA (grek. di – ikki marta; lemma – gap, ikkilangan gap) – shartli-ayiruvchi sillogizmning shakllaridan biri.
DISKUSSIYA (lot. discussio – tekshirish, tahlil qilish) – birorta muammoni muhokama qilish, u bo‘yicha bahs qilish, tortishuv, munozara qilish.
DISSIDENT (lot. dissident – ixtilof, ko‘nmaslik) – ixtilofchi, buzg‘unchi.
DISTANT – logik qarama – qarshilik (lot. distatio - oraliq) bir predmet, hodisa to‘g‘risida aytilgan fikrga bir necha vaqt o‘tgandan so‘ng qarama-qarshi fikr aytish.
DIXOTOMIK BO‘LISH (grek. dicha – va, home – ikki qismga ajratish) –tushunchalarning hajmini ikkita bir-biriga zid bo‘lgan qismga mantiqan bo‘lish.
DOGMA (grek. dogma – fikr, ta’limot) – qanday konkret sharoitda qo‘llanilishidan qat’i nazar tanqid ko‘zi bilan tekshirilmay, ko‘r-ko‘rona qabul qilinaveradigan, o‘zgarmas qoida, aqida.
DOMINANT (lot. dominatio - hukmron) – hukmron g‘oya, biron narsaning bosh, sababi, asosiy tomoni.
DICTUM DE OMNI ET NULLA (lot.) Sillogizm aksiomasining lotincha qisqartirilgan formulasi. Tarjimasi: hamma narsa to‘g‘risida aytilgan va hech nima. To‘la matni:sinfga mansub hamma predmetlar to‘g‘risida tasdiqlanib yoki inkor qilinib aytilgan fikr, shu sinfga kiruvchi ayrim predmetlarga ham tegishlidir.
DICTUM FACTUM (lot.) – aytilgan, demak bajarilgan.
DISREPANT FACTA CUM DICTIS (lot.) dalillar so‘zlarga mos kelmaydi.
DISPLICUIT NASUS TUNS (lot.) – obyektiv emas, balki biror kishiga qarshi subyektiv baho berishish (so‘zma-so‘z tarjimasi: sening basharang yoqmaydi).
DIVICIO (lot. ) – bo‘lish.
DOSTUS CUM LIBRO (lot. tili bilan fikrlovchi) – mustaqil holda fikr aytishga qo‘rquvchi odam.
DUBIUM (lot.) – ikkilanish, shubha.
E – LOTINCHA NEGO – inkor qilaman so‘zining birinchi unli harfi bo‘lib, umumiy inkor hukmning simvollik ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |