Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
E. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas. I
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zidlik munosabati
- Qisman moslik
- Ekvivalentlik
E. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas.
I. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega. O. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas. Bu hukmlar taqqoslanadigan mulohaza (hukm) lar bo‘lib, ular o‘rtasida chinligiga ko‘ra o‘ziga xos munosabatlar mavjuddir. Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar o‘rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A– mulohaza (hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xato ekanligi ma’lum bo‘ladi. Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohaza (hukm) lar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lib, O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza (hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xatodir. Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysunish munosabatida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar bo‘ysundiruvchi, juz’iy mulohaza (hukm) lar bo‘ysinuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo‘lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysunuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo‘ladi. Agar umumiy mulohaza (hukm) lar xato bo‘lsa ularga bo‘ysunuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda E – mulohaza (hukm) xato bo‘lgani uchun, O – mulohaza (hukm) ham xato bo‘ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, juz’iy hukmlar chin bo‘ladi. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta chin bo‘ladi. Yuqoridagi misolimizda O – mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo‘lgani uchun, I – mulohaza (hukm) chindir. Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni» mulohaza (hukm) lari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohaza (hukm) lardir. Hukmlarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega. 4. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling