Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet55/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

b) Induktiv xulosa chiqarishi. Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Bilish, qaysi sohada amalga oshishidan qat’iy nazar-sog‘lom aql darajasidami yoki ilmiy bilishdami – doimo predmet va hodisalarning hissiy idrok etiladigan xossa va munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda subyekt turli xil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalarda o‘xshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. Bu ana shu turg‘un holda takrorlanib turuvchi xossaning ayrim predmetning individual xossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy xossasi bo‘lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Masalan, qaysi davlatda demokratiya prinsiplariga yaxshi amal qilinsa o‘sha davlat aholisining ijtimoiy turmush darajasi yuqoriligini kuzatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari yaxshi amal qiladigan har qanday davlatda aholining turmush darajasi yuqori bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Mana shunday juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish induksiya shaklida sodir bo‘ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi.
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Masalan:
Zardusht Qadimgi Xorazmda tug‘ilgan
Budda Hindistonda tug‘ilgan
Muso Misrda tug‘ilgan
Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda tug‘ilgan
Muhammad (SAV) Makkada tug‘ilgan
Ular buyuk dinlarning asoschilaridir
Demak, buyuk dinlarning asoschilari Sharqdan chiqqanlar.

yoki:
Kitoblar – ma’naviy boylik


Kitoblar - aqliy mehnat natijalari
Demak, aqliy mehnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling