Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Mehnat-turmush estetikasining muhim omili


Download 5.38 Mb.
bet101/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Mehnat-turmush estetikasining muhim omili.Mehnatmoddiy va ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi, qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi.
Mehnat - insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan estetik faoliyat. U ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy Yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli mehnat har jihatdan Yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy bo‘lsa ko‘plab Yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha, mehnat asarlari xunuk bo‘lsa insonning mehnat qilish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan jamiyatning ma’naviy qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat - mehnat sharoiti, mehnat jarayoni va mehnat natijalaridan iborat. Mehnat sharoiti yoki muhiti ishchi mehnat qilayotgan korxona binosi, arxitekturasi, dizayni, yorug‘ligi, havo muhiti, shovqin, undagi mikroiqlim omillari harorat, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, o‘zaro ishchan vaziyat, axloqiy-estetik muhitni ham qamrab oladi. Mehnat jarayoni esa insonning ishlab chiqarish vositalari, ularni boshqarishi, ishlab chiqarish vaziyatidan iborat. Mehnat natijalari yaratilajak, yaratilgan mahsulot-tovarlardir. Bu uchchalasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib mehnat muhiti ijobiyligi, mehnat jarayonini inson uchun mashaqqatli, sog‘ligiga ziyon etkazadigan, toliqtiradigan emas, aksincha zavqli va qulay bo‘lishiga, mehnat jarayonining ijobiyligi esa mahsulot-tovarlar sifati, estetikasi, qulayligi, uyg‘unligi bilan belgilanadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari, mehnat natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoliyat potensiali uning ma’naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bilan umumiyligi va mehnat natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi uchun avvalo ob’ektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat ko‘rinishidan qat’iy nazar texnika taraqqiyotiga bog‘liq. Ibtidoiy davrdan boshlab bugungi eng yangi ilg‘or texnologiya shakllanganigacha mehnat vositalari bir necha bor o‘zgardi, davrdan davrga takomillashib bordi. Bu albatta mehnat estetikasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oddiygina kompYuter texnologiyasini oladigan bo‘lsak, u hisob-kitob bilan shug‘ullanuvchi kasb egalaridan tortib, yozuvchi-ijodkorlar mehnatini engillashtiribgina qolmay ular vaqtining tejalishi, vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratdi. Bugun fermer va dehqonlarimiz ham zamonaviy texnika orqali erga ishlov bermoqda.
Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etgani bilan birga uning ruhiy-axloqiy mas’uliyatini kuchaytiradi, ya’ni zamonaviy texnologiyani boshqarish, uni asrash insondan hushyorlik, axloqiy mas’uliyat talab etadi. Jismoniy mehnat texnika zimmasiga o‘tgani sari, uning ijodiy tabiati ortib boradi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z mehnatidan moddiy va ma’naviy manfaatdor bo‘lsagina, bu mehnat estetik tarbiya omiliga aylanadi. Mehnat inson iqtidori, xayolotini Yuzaga chiqaradi, funksional jihatlari bilan estetik madaniyat, estetik faoliyatning shakli, mazmuni, hajmi, natijalarini belgilaydi. Inson hayotining turli soha va yo‘nalishlaridagi estetik munosabatlar estetik madaniyatning o‘zini namoyon etadigan maydoni sanaladi. Bu avvalo, inson hayotiy faoliyatining asosiy nuqtasi bo‘lgan mehnatga taalluqlidir.
Mehnat qurollari va kundalik turmush buYumlarining funksional- texnologik qiymati hamda estetik belgilari va loyihalanishiga qarab kundalik turmush bilan bog‘liq buYum-jihozlar va ikkilamchi yaratishga mo‘ljallangan mehnat qurollariga bo‘linadi. Ammo bugungi kunda insonning ijtimoiy faoliyati hisoblangan mehnat turlarini jismoniy va aqliyga ajratish har doim ham to‘g‘ri emas. CHunki mehnat jarayonida bugun ikkalasi uzviy bog‘lanib bormoqda. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ishlab chiqarishning mislsiz taraqqiyoti natijasida bu ikki faoliyat bir-birini taqozo etib bormoqda
Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish insonni estetik kamol toptirish bilan birga, uning foydali amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligini va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Mehnat insonning hayotiy ehtiyoji, uning turmush estetikasini shakllantiruvchi vosita hamdir. Mehnat estetikasining shakllanishida ishlab chiqarish vositalarining zamonaviyligidan tashqari, mehnat kollektividagi o‘zaro axloqiy-estetik muhitning ham o‘rni bor. Negaki ahil jamoa, o‘zaro axloqiy-estetik munosabat ish jarayonining sifati va natijasi estetikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir buYum o‘z davrining, shu davrda yashagan inson mehnatining mahsulidir. Bu buYumlar o‘z zamonasining texnikasi, materiali, odamlar didi bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu jihatdan ham biz ushbu narsa va buYumlarga qarab u davr ma’naviy-moddiy madaniyati, xalq ehtiyoji, didi haqida ma’lumot olamiz.
Mehnat jarayonida estetik hissiyotning shakllanishi sifat jihatdan insoniyat olami bilan hayvonot dunyosi o‘rtasidagi tafovutlarni farqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Tabiiyki, insonning mehnat jarayoni o‘ta rang-barangdir. SHu bois uning estetik mohiyatini bir xilda belgilab bo‘lmaydi. Mehnat estetikasi inson ma’naviyatini Yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mehnat jarayoni insonning intilish, xatti-harakat, muayyan amallarni ado etish oqibatida Yuz beradi. O‘z mehnati muvaffaqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga intiladi. Mehnat jarayonida Yuzaga keladigan estetik zavq uning teran, botiniy mohiyatini anglash, ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan bog‘langan bo‘ladi. Inson mehnat jarayonida o‘zini ijodkor his etadi, mehnatining yaratuvchanlik ma’nosini anglab etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatning mavjudligi moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. SHunday qilib, mehnat estetikasi insonga kuchli va ko‘p-qirrali ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik ma’no-mazmun baxsh etadi, ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvor, mukammallik qancha Yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, ma’naviy ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi.
Mehnat estetikasi amaliyoti insonning yaratuvchanlik qobiliyatini Yuzaga chiqaribgina qolmay, yaratilayotgan go‘zallik uning qo‘li bilan yaratilgani, uni ruhiy-estetik jihatdan rag‘batlantiradi, o‘ziga ishonch tuyg‘usini orttiradi, yangi ijodiy faolikka undaydi. Mehnat jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan soha ergonomika mehnatni engillashtiribgina qolmay, uning unumi, samarasini oshishiga ham yordam bera boshladi. SHuning bilan birgalikda insonga ulkan mas’uliyat ham Yukladi. Negaki, yangi texnologiya inson tomonidan o‘zlashtirilishi va foydalanishi uchun qulay, uning jismoniy, ma’naviy-ruhiy xususiyatlarini ham e’tiborga olishni talab etadi. Bu esa o‘z o‘rnida insonning jismoniy va ruhiy-ma’naviy imkoniyatlarini o‘rganish va shunga muvofiq mehnat qurollari, mehnat sharoitini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan yangi ilm-ergonomikaning shaklllanishiga sabab bo‘ldi.
Ergonomika 1949 yilda Angliyada paydo bo‘lib mehnat qilayotgan odamning imkoniyatlari, ruhiyati, anatomiyasi, fiziologiyasiga asoslanib, mehnat sharoitiga qarab o‘rganadi. Bugungi kunda ergonomika fan sifatida shakllanib maxsus oliy o‘quv Yurtlarida o‘qitilmoqda. SHuningdek, turli konstruktorlik bYurolari, ishlab chiqarish jarayoni kompleks tashkil etilgan sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ergonomika narsalar olamini yaratish jarayonida eng muhim falsafiy-axloqiy jihat – buYumga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish masalasiga e’tibor qaratadi. Predmetlar olami bilan iste’molchi o‘rtasida Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatni ergonomika - muhandislik psixologiyasi bartaraf qiladi. Ergonomika yordamida dizayn mahsulotlari inson tabiatiga moslashtirildi. Bunda dizayner, nafosatshunos, loyihachi-konstruktor, texnik-muhandis, ruhshunos birlashishi talab etiladi.Jonli mehnat jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro bir-birlari hamda ishlab chiqarish vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy munosabatda bo‘ladi. Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda muayyan mehnat qurollari (mashina, dastgoh, aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni maqsadga muvofiq joylashtirish va o‘zaro ta’sirini ta’minlashdek murakkab vazifani ado etishga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi muayyan sur’atda kechadigan, o‘z funksiyasi, strukturasi, tashkiliy ko‘rinishiga ega bo‘lgan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma Yuksak darajada yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va mukammalligi bilan estetik ifodaviylik kasb etadi. YUksak darajada tashkillangan jarayon, uning muayyan sur’atda gavdalanish va kechish manzarasi kishilarga estetik ta’sir etadi, faoliyatga ijodiy munosabat uyg‘otuvchi emotsional ko‘tarinkilikni vujudga keltiradi. Texnika estetikasining amaliyoti dizayn va muhim tarkibiy qismi ergonomika hamkorlikda mehnat estetikasining vujudga kelishini ta’minlaydi.
SHuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijtimoiy shart-sharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. YAqin o‘tmishda kommunistik mafkura, ijtimoiy mulkchilik asoslariga bo‘ysundirilgan mehnat shaxsda ijodiy erkinlik, qobiliyat, shaxsiy manfaatdorlikni so‘ndirar, uni ma’naviy kambag‘allashtirishga olib kelar, eng muhimi, o‘z mehnati natijalaridan “begonalashtirar”, boqimandalik kayfiyatlari shakllanishiga olib kelar edi. Mustaqillik mehnatning shaxsdan begonalashuviga chek qo‘ydi va uning ma’naviy-ijodiy kuchlari to‘la va har tomonlama namoyon bo‘lishiga real shart-sharoitlar yaratdi. Bunday imkoniyatlar, ayniqsa, respublikamizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik sharoitida shaxsning yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanishiga, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy kafolatlanishi, mulkchilik va tadbirkorlikning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi mehnat jarayonida insonning haqiqiy mohiyati namoyon bo‘lishiga yo‘l ochdi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti garovlaridan biridir. Mehnat jarayonlari va mahsulotlar tayyorlashga estetik me’yor hamda talablarni oshirdi, bu narsa zamonaviy texnologiyalar, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishda qo‘llashga katta e’tibor qaratdi, xususan, dizaynerlik faoliyati, ishlab chiqarish va sanoat estetikasi eng jozibali hamda serdaromad sohaga aylandi. Albatta, har bir soha, yoki har bir mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish va shu asosda ishlab chiqarish vositalarini loyihalash talab etiladi. Odam biron harakat va usullarni bajarishdagina charchamasdan, balki kishi e’tiborini chalg‘itadigan shovqin-suron, hid va nurdan ham charchaydi. SHovqin-suron ko‘zni toliqtiradi, rang esa kishi asabiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarni e’tiborga olmaslik, uskunalarning estetik ko‘rinishiga ham ziyon etkazadi. Uskunani ishlatishning osonligi, boshqarish va sozlashning soddaligi, uskuna shaklining mutanosibligi mehnat vaqtida kishi kuch-quvvatini tejaydi va oqibatda sanoat mahsuloti sifati yaxshilanadi.
Texnika taraqqiyoti barcha turdagi kasb egalarining mehnat faoliyatini engillashtirmoqda. Traktorchidan tortib, san’atkorgacha bugun zamonaviy texnologiyalardan o‘z faoliyati jarayonida qo‘llab bormoqda. Ammo ular bajaradigan ish mazmuni turlicha bo‘lganidek texnologiyalar va ergonomika qonuniyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bu esa nafaqat zamonaviy texnologiyalarga bog‘liq balki ish jarayonida axloqiy-estetik muhitni yaratishni ham taqozo etadi.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi bilan korxonalar ta’mirlanib, modernizatsiya qilina boshlandi. Har bir zavod, fabrika yoki sexlarning ichki muhitidan tortib, ishchilarning ish kiyimi, ular uchun yaratilgan sharoit, mehnat qurollari, dam olish, tibbiy xizmatlarga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish texnika taraqqiyoti esa inson mehnatini engillashtiribgina qolmay, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish va qo‘llash mas’uliyatini ham Yuklaydi. Ammo Yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish uskunasining o‘zigina korxonaning texnik-estetik darajasini belgilab berolmaydi. Bino, uskunalarning joylashtirilishi, bino ichidagi yorug‘lik, undagi mo‘‘tadil temperatura, bezalishi ham muhim o‘rin tutadi. YAna shuni alohida ta’kidlsh lozimki, korxonalarda axloqiy-estetik muhit uyg‘unligiga e’tibor kun sayin oshib bormoqda.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi avvalo ob’ektiv omil - ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng Yuqori va ilg‘or texnologiya ham did, mahorat, madaniyatga ega emas. Uni inson boshqaradi va inson didi, mahorati, madaniyati mehnat mahsulida o‘z ifodasini topadi. Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etsada, lekin ruhiy-axloqiy mas’uliyatini kuchaytiradi. O‘z o‘rnida texnika taraqqiyotining ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. A-1-85+(1-159) “Ta’limda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uyg‘unlashtirishga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” mavzusidagi grant doirasida bir qator oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomaga ko‘ra "Zamonaviy texnika va texnologiyaning ijobiy jihatlari nimada? "degan savolga respondentlarning 57,48 foizi “ Mehnat jarayoni engillashadi”, 55,51 foizi “Vaqt tejaladi”, 46,30 foizi “Ish unumi oshadi”, 18,42 foizi “Insonning dam olish imkoniyatlari kengayadi” degan javobni tanlashgan.
So‘rovnomada yoshlar zamonaviy texnikaning mehnat faoliyatidagi ahamiyatini baholash bilan birga, uning salbiy jihatlarini ham ta’kidlab o‘tishgan. Buni "Zamonaviy texnika va texnologiyaning salbiy tomonlari nimada?”-degan savolga tanlagan javoblari ham tasdiqlaydi. Respondentlarning 17,68 foizi ”Mehnat jarayoni murakkablashadi”, 35,69 foizi “Kishilar bir-birlariga befarq bo‘lib qolishadi”, 19,98 foizi “Milliy madaniyat tanazzulga Yuz tutadi”, 31,33 foizi “Inson texnika quliga aylanadi”, 25,82 foizi “Ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, 3,87 foizi “Bir madaniyatlilik shakllanadi” degan javobni tanlashgan. Demak, shundan ko‘rinib turibdiki, ijobiy jihatlari: inson og‘ir mehnatdan xalos bo‘ladi, mehnat unumdorligi, ish haqi hayot farovonligi oshadi, bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi, ma’naviy- jismoniy qobiliyatlarini taraqqiy etish imkoni paydo bo‘ladi. SHu bilan birga salbiy jihatlari: diqqat talab qiladigan murakkab texnikani boshqarish jarayonida insonda ruhiy zo‘riqishlar paydo qilishi, kasalliklar ko‘payishi, ruhiy va jismoniy jihatdan me’yordan orta qolish, internet, mobil telefonda foydalanish oqibatida yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. SHuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyot insonga yangi ma’naviy talablar qo‘ya boshlaydi. Jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi texnika emas, chunki u inson tomonidan boshqariladi. SHunday ekan bu talablar texnika emas insonga tegishli bo‘lib quyidagilardan iborat: 1) inson hayotiy suratlarining oshishi natijasida tartib, mas’uliyat kabi fazilatlar ortadi; 2) jamiyatning turli sohalarda intensivlashtirish oqibatida kishilar o‘rtasidagi axloqiy mexanizmlarni boshqarish murakkablashadi, konflikt va qarama-qarshiliklar kuchayadi; 3) ilmiy-texnik taraqqiyot xizmatchilar kasbiy, mutaxassislik tayyorgarligiga Yuqori talablar qo‘yadi, yangi texnikalarni boshqarish, xizmatchilarning o‘z-o‘zini idora qilishi, irodaviy qobiliyatlarini kuchaytirish; 4) inson faoliyat sohalari murakkablashuvi natijasida ularning faoliyatida axloqiy javobgarlik ortib boradi; 5) xizmatchilarning ijodiy faoliyatini oshishi talab etiladi, ushbu faoliyatni takomillashtirish esa aqliy va ruhiy zo‘riqishlarni kuchaytiradi. Bu ijtimoiy munosabatlar jarayonida, mehnat jarayonida, ma’naviy hayotda, iste’mol sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri kuchayadi.SHunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p-qirrali ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik ma’no-mazmun baxsh etadi, ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi qancha Yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, ma’naviy ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Hozirda mehnatning estetik mazmun-mohiyatiga munosabat o‘zgardi: davlatimizning siyosatida “Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi” etib belgilandi.



Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling