Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet128/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Molikiy mazhabi. Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko‘pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo‘ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog‘lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja’far as-Sodiq (vaf. 765 y.) ham bo‘lib, keyinchalik u shialikning ja’fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o‘qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o‘zi ipak matolari savdosi bilan Shug‘ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo‘lida islomiy ilmlarni o‘rgangan. SHu yerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. SHu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo‘lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo‘rozlar va qo‘chqorlar orasidagi uruSh emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe’inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o‘zining "Al-Muvatta’" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-SHayboniy" va YAxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar etib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800 y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan.
HuquqShunoslik sohasida molikiy mazhabi o‘z yo‘nalishiga ko‘ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o‘rniga munosabatiga ko‘ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. SHuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o‘z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo‘l bermaydi.
Molikiy mazhabining vatani Madina bo‘lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida SHimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u erlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada etakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. SHuningdek, u Yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o‘z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling