Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 5.38 Mb.
|
Falsafa Majmua 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqlid davri.
Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-SalafiyYun»lar oqimi tarafdori bo‘lib ahl as-sunnaning to‘rtinchi imomi deb e’tirof etiladigan Imom Ahmad ibn Hanbal ((xijriy 164-241) 781-855) o‘z faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.
BuYuk mujtahidlar davrida Yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog‘liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta’limotini Shakllantirdi. Taqlid davri. X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o‘zining rivojlanish tarixida keyingi bosqich, ya’ni «taqlid davri»ga o‘tdi. Bu davr fiqh ilmi avvalgi davrlar an’anasi ta’siri ostida rivojlanib, Yuksak bir maqomga erishgan vaqtga to‘g‘ri keladi. YUqoridagi davrlardan ma’lum bo‘lgani kabi, buYuk mujtahidlar vujudga keldilar, ularning tarafdorlari paydo bo‘ldilar. Turli mazmundagi asarlar yozildi va Sharh etildi. Bu davr faqihlarida taqlid ruhi kuchli edi. Ularda asosan o‘zlaridan oldingi mujtahidlarning fikrlarini «Shar’iy nass» (Shar’iy hujjat) sifati qabul etar edilar. SHunday bo‘lsada bu davr faqihlari orasida o‘zlarining ilmiy-amaliy faoliyatlari natijasida mislsiz bebaho asarlarlar yaratgan allomalar etishib chiqdi. Ularning bu asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo‘lib xizmat qilish bilan birga, hozirgi kunda ham o‘z mavqeini va qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q. VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi O‘rta Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning Hanafiyya mazhabi tarqala boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida Shu mazhab ta’limoti asosida Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta Shuhrat qozondilar. Faqihlarning davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta’siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali echilgan. Fiqh Shaxs, oila va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini qamrab olganligi tufayli Movarounnahr maktabi namoyandalari bu o‘lka xalqlari an’analari, urf-odatlarini umumislom mavqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar. Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avlodlari faoliyati orqali mahalliy xalqlarning tarixiy, huquqiy an’analari islom madaniyatida o‘z aksini topdi. VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka asoslangan ilmiy markazlar paydo bo‘ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining ta’siri katta bo‘ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining Shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samo‘a va SHaddod ibn Hukaym kabi Balx faqihlarining xizmati katta bo‘ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning amaliy masalalari (furu’ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o‘z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul ad-din) mavzui bilan Shug‘ullanishga qaratdilar. XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o‘zining Yuksak taraqqiyotiga etishdi. Qoraxoniylar (999-1212) davri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan Turkiyalik olim Y. Z. Kavakci bu davrda uch Yuzga yaqin faqihlar etishib chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch Yuz ellikdan ortiq fiqhiy asarlar yaratilganligi va Shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o‘tadi. Haqiqatan ham Movarounnahr hanafiy mazhabining «qal’asi» edi desak adashmaymiz. «Hanafiylik Sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda o‘ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy faqihlari ham Shu diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari V-XI asrdan to mug‘ullar davri (603-1043-1206-1634)ga qadar Buxoroda Ibn Moza Mahmud (vaf. 570-1174 y.) oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan «Sadr» unvoni bilan mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida Yuqori mansab sohiblari edilar, ar-Rig‘damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Safg‘or, al-Pazdaviy, Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy, al-Marg‘inoniy oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Ilm-fan rivojlandi. Ko‘plab yirik olimlar etishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo‘ldi. Bir necha avloddan avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari nafaqat Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar. Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o‘rin tutadi. Bu davrda etishib chiqqan hanafiy faqihlaridan: ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430-1063 y.), al-Halvo‘iy (vaf. 456, 1063 y.), Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy (400-483, 1009-1090), al-Pazdaviy Ali (vaf. 482, 1089 y.), as-Sadr ash-SHahid Umar (vaf. 536, 1141 y.), an-Nasafiy Umar (vaf. 537, 1142 y.), Alouddin as-Samarqandiy (vaf. 539G‘1144 y.), Ibn Moza Mahmud (vaf. 570, 1174 y.), al-Attobiy Ahmad (vaf. 586, 1190 y.), al-Kosoniy Mas’ud (vaf. 587, 1191 y.), Qozixon (vaf. 592, 1191 y.) va Yuqorida zikr etilgan al-Marg‘inoniy Ali (vaf. 593, 1196 y.) kabi ma’lum va mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin. Umuman olganda Yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman bo‘lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg‘ambar s.a.v. davrlaridan toki taqlid davriga bo‘lgan tadrijiy rivojlanishini o‘rganish bizga: VII-XII asrlardagi ilmiy muhit; O‘Sha davrlarda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib borgan muhim Shaxslar; XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati; Buxoro va Samarqand shaharlaridagi an’anaviy fiqh maktablarining o‘ziga xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati; XI-XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movarounnahr fiqh maktabida tutgan o‘rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling