Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Payg‘ambar s.a.v. davri (610-632)


Download 5.38 Mb.
bet134/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Payg‘ambar s.a.v. davri (610-632). Bu davrda Payg‘ambar s.a.v. hali hayot edilar. Vahiy kelishi davom etayotgan bir davr edi. Ixtilofli va muammoli masalalarni Shaxsan u zotning o‘zlari orqali hal etilardi. Muhammad s.a.v. payg‘ambar bo‘lish bilan birga davlat boshlig‘i ham edilar. Barcha huquqiy masalalar, sud jarayonlari, ijro bevosita u zotning boshchiliklarida bo‘lar edi.
Sahobalar davri. Payg‘ambar s.a.v. vag‘otlaridan keyingi davrda Islom xalifaligi hududi tez sur’atlar bilan kengaya bordi. Andalus, Eron, Iroq, Suriya, Movarounnahr, Misr, SHimoliy Afrika musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Musulmonlar u erlarga qozilar va faqihlarni Yubora boshladilar. Bir-biridan uzoq bo‘lgan erlarda mustaqil fiqh markazlari paydo bo‘ldi. Bu markazlar bir-biridan ilmiy jihatdan deyarli farq qilmas edi. Madina, Makka, Misr, Kufa, Basra va SHom kabi mahalliy markazlarning urf-odatlari, ehtiyoj va Shart-Sharoitlari boshqa-boshqa edi. Fiqhni tadbiq etuvchi sahobalar etuk qobiliyatli, ochiq fikrli va keng dunyoqarashga ega edilar. Ular biror fiqhiy qonun-qoidani joriy etishda albatta o‘Sha er aholisining urf-odati va Shart-Sharoitlarini hisobga olar edilar. SHu sababdan fiqh ilmi tezlik bilan xalq ziyolilari orasiga singib ketdi.
Sahobalar davrida quyidagi fiqh markazlari Shakllandi :
A) Madina maktabi;
B) Makka maktabi;
V) Kufa maktabi;
G) Misr maktabi;
D) SHom maktabi;
YUqorida nomlari zikr etilgan ilm markazlarida ta’lim berish uslubi o‘Sha o‘lkaning mavjud madaniyati va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda bir-biridan bir oz bo‘lsada farq qilar edi. SHuningdek, ibodat va muomala masalalaridagi ijtihodlar (ijtihod – faqihning biror masala Yuzasidan chiqargan fatvosi) ham turli Shakllarda edi. Bu holat ma’lum o‘lkalarda turli mazhablarning paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Tobiinlar davri. Sahobalar davri haqida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida ko‘plab Shogirdlarga ega bo‘lgan faqihlar mavjud edi. Keyinchalik ularning bu Shogirdlari ilm sohasida, xususan fiqh ilmida katta xizmat qildilar. Ular biror muammoni hal etishda faqatgina og‘zaki fatvo berish bilan cheklanmay, balki yozma asarlar ham qoldirganlar. Mana Shunday yozma asar qoldirgan olimlarning birinchilaridan Urva ibn Zubayr (vaf. Xij 94, mil 712 y.) bo‘lgan. Biroq, manbalarning ma’lumot berishicha, uning barcha yozgan kitoblari yonib ketganligi sababli keyingi avlodga etib kelmagan.
Fiqh ilmiga doir asarlarni boblar va fasllarga bo‘lib tasnif qilish ilk asrdayoq boshlangan edi.
Tobi’inlar davri keyinchalik muazzam asarlar yozilishi va minglab kishilar qabul qilgan mazhablarning buYuk mujtahidlari etishib chiqishi uchun poydevor vazifasini o‘tagan.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling