Refleksiya – o‘z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Sakral – muqaddas.
Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan ustunroq qo‘Yuvchi falsafiy yo`nalish.
Simvol – biron-bir g‘oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.
Skeptitsizm – inson bilimining ishonchliligiga Shubha bildiruvchi va barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy konsepsiya.
Stereotip – ko‘pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.
Substansiya – birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
Ssientizm – madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.
Tabu – biron-bir narsa, harakat, so‘zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
Teotsentrizm – dunyoni tuShunish markaziga Xudoni qo‘Yuvchi falsafiy yondashuv.
Texnogen – texnika bilan bog‘liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o‘ringa qo‘Yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni echishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko‘rsatuvchi falsafiy yondashuv.
Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
Texnotron jamiyat – kompYuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Transsendental – o‘ta umumiy.
Universum – yagona Olam, yaxlit dunyo.
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo‘lgan muammolardir
Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |