Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 5.38 Mb.
|
Falsafa Majmua 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANALIZ VA SINTEZ
- ANTITEZIS
AYIRUVCHI (DIZ’YUNKTIV) HUKM – bir necha hukmlar yoki (v) bog‘lovchi orqali murakkab hukmni tashkil etadi. Bu ikki xil: qat’iy ayiruvchi hukm va oddiy ayiruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
AYIRUVCHI (DIZ’YUNKTIV) SILLOGIZM – katta asos ayiruvchi hukmdan, kichik asos va hulosa esa qat’iy hukmdan iborat bo‘ladi. Bu ikki xil modusdan iborat. AYNIYAT QONUNI (lot. Lex indentitatis) formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra muhokama jarayonida ma’lum predmet to‘g‘risidagi fikr xajm jixatidan barqaror muayyanlikni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalash talab qiladi. Muhokamada har bir tuShuncha aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Uning formulasi A=A dir. AKSIOMA (grek. axioma – qabul qilingan holda) – ma’lum nazariyani isbotlash uchun keltiriladigan isbotsiz qabul qilingan tuShunchalardir. Mantiqda aksioma isbotsiz qabul qilingan haqiqat ma’nosida ishlatiladi. Hozirgi zamon ilmiy tekshirish Shlarida aksiomatik metod juda katta ahamiyatga ega. U ilmiy nazariyalarning deduktiv hulosalar chiqarish yordamida tashkil topish sullaridan biri. SHuning uchun «deduktiv metod» va aksiomatik metod ko‘pincha aynan tuShunchalar sifatida ishlatiladi. ALTERNATIVA (lot. Alternare – almashmoq, navbat bilan qilmoq) – mumkin bo‘lgan qarama – qarshi ikki yoki bir necha holdan tanlab olish zaruriyati. antiqda ayiruvchi hukmning har bir qismi alternativa bo‘la oladi. ANALIZ VA SINTEZ (grek. Analysis – ajratish, bo‘lish va qo‘shish, birlashtirish) Analiz Shunday bir mantiqiy usuldirki, uning yordami bilan buYumlar, hodisalar fikran qismlarga bo‘linadi. Sintezda esa qismlar fikran birlashtirilib, bir butun holiga keltiriladi. ANALOGIYA (grek. Analogia – o‘xShashlik, moslik) – ikki buYumning bir yoki bir necha belgilarning o‘xShashligidan boshqa belgilarning ham o‘xShashligi to‘g‘risida hulosa chiqarishdir. ANTITEZIS (grek. Antithesis – qarama – qarshi qo‘yish) – tezisga qarama–qarshi bo‘lgan tezis. APAGOGIK ISBOT (grek. Apagoge – hulosa, apagogos – buruvchi, chiqaruvchi) – vositali isbotning bir turi bo‘lib, tezisning to‘g‘riligi bevosita argumentdan (asosdan) keltirilib chiqarilmaydi, balki unga qarshi bo‘lgan tezisning (antitezisning) xatoligini isbotlash orqali dastlabki tezisning to‘g‘riligi isbotlanadi. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling