EZGULIK VA yoVUZLIK — ma’naviy axloqiy tuShunchalar orasidagi eng muhim juftliklaridir. E. insonni faoliyatning asl mohiyatini anglatadi – Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham Shundan. E. insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy Shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; Shaxsni komillikka, jamiyatni esa Yuksak taraqqiyotga etkazuvchi Yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, Yuzaga chiqadi.
ETIKET - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan munosabat hodisasidir. Etiketning qamrovi keng, u ma’lum ma’noda xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqazo etadi.
YAXSHILIK VA yoMONLIK — asosiy ma’naviy axloqiy juft tuShunchalardan. U yaqin yaqingacha E. va yo. ning sinonimi tarzida qo‘llanib kelinar edi, aslida ular asos e’tibori b-n birqbiridan farq qiladi. E. va yo. o‘zini cheksizlikda, YA. va yo. o‘zini chegaralanganlikda ifoda etadi. E. ijtimoiylik xususiyatiga ega, YA. esa asosan Shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa; unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo‘lgan amaliy xattiqharakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi.
Estetika terminlarining qisqacha lug‘ati
Do'stlaringiz bilan baham: |