Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet174/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI- individ tomonidan axloqiy ong orkali jamiyat madaniyatini idrok etish darajasi; axloq talablari inson xatti-harakatlari jamiyatning Shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va uyg‘un ekanligi ko‘rsatkichidir. Turli omillar ta’siri ostida: hayotiy tajriba va tarbiya; bilim va san’at Shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati Yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydi. SH.a.m. murakkab dastur bo‘lib, o‘z ichiga insoniyatning Shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish Yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuiSiyani ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi.
SHARQONA AXLOQ– xulq-atvor, Yurish-turish, tarbiya, xuShaxloqlilik, boadablilik, ota-onaga, ustozlarga hurmat-ehtirom, xuShmuomalalik, ochiq Yuzlilik, vazminlik, kamtarlik, va’daga vafodorlik, to‘g‘riso‘zlik va h.k.
FUQOROLIK JAMIYATINING MA’NAVIY AXLOQIY NEGIZI -Fuqarolik jamiyati – ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarining hususiy turmuSh sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir. Fuqarolik jamiyati chuqur ma’naviy, Yuksak madaniy insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatning ma’naviy hayotida bir narsa ustuvorlik qiladi, ya’ni inson benihoya darajada ulug‘lanadi, umumisoniy qadriyatlar e’zozlanadi, ular mo‘‘tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonnig qadr – qimmati, mehr – oqibat, ahloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi oliy qadriyatlar insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi mezondir.
HALOLLIK - sof, pokiza bo‘lishni talab qiladigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tuShuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning emak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi Shar’iy me’yor bo‘lib amal qilgan. Insonni ma’naviy, axloqiy jihatdan bezaydigan ajoyib fazilatlardan biri - halol, pokiza yashash, birovlarning xaqiga zarracha bo‘lsada hiyonat qilmaslikdan iboratdir.
HAyo – Shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan biri; hayo tuyg‘usida insonning o‘z xatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi tuShuniladi. Inson o‘z xatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda yoki bo‘lsamasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab etishi mumkin. Hayo vijdon b-n bevosita bog‘liq bo‘ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‘lmaydi. SHu b-n birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo‘proq tashqi muhit b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi insonning o‘z xatti-harakatlarini boshqalar nuqati nazaridan baholashi b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi ma’naviyatli va ma’naviy Yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.
HASAD - o‘zida yo‘q bo‘lgan narsaning boshqalarda bo‘lishini istamaslik, o‘zgalarning Yutuqlari va muvaffaqiyatlarini ko‘ra olmaslik. Hasad tuyg‘usi mavjud bo‘lgan odam boshqalarning yaxshi turmuSh kechirishidan, o‘qishda, mehnat faoliyatida erishgan Yutuqlaridan qiyin ahvolga tuShadi. Hasad turli olamShumul dinlarda qoralanadi. Masalan xristian dinida hasad ettita gunohi kabiralardan biri hisoblanadi. CHunki bu dinda aytilishicha, hasad qilish xudo tomonidan o‘rnatilgan tartibdan norozilikni bildiradi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling