Mavzu: Falsafada qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari Reja: Qonun haqida tushuncha


Download 43.01 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi43.01 Kb.
#1110503
1   2   3   4
Bog'liq
Falsafa mustaqil ish

Birinchidan - narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi;
Ikkinchidan-qonun hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yoʻnalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi.
Tabiat va jamiyat qonunlari obʼyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat qonunlari bizga stixiyali tarzda boʻlib koʻrinsa, jamiyat qonunlari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon boʻladi. Qonunlarni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur qonunlarini mantiq fani oʻrganadi. Qonunlar haqida Farobiy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat qonunlariga oid asarlar ichida Burhoniddin Margʻinoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Qonunlarni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni oʻzlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Хolbuki, har kuni tongda usha Јuyosh chiqadi, usha toKu toshlarni, boKu biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon usha-ushadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir ukishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o`zgarmadimi bu bir kunning ichida? unda minglab bolalar tug`ilmadimi, son-sanoksiz jarayonlar ro`y berib, Yer sayyorasining turli burchaqlaridan boshqa joylarga kanchadan-kancha axborotlar tarkatilmadimi? Ona zamin o`z uki va Јuyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? Bo`larning barchasi bir kunu-tunda ro`y bergan botiniy va zoxiriy o`zgarishlarning namoyon bo`lishidir.
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini o`rganganimizda ana shunday holni idrok etganmiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bo`lib turishini isbotlaydi.
Хush, qonun o`zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o`rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Хususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo`lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va x. k. Bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoyillarining uchinchisi ham qonun to`g`risida bo`lib, unda barcha soxada qonunning ustuvorligi ta’minlanishi ta’kidlanadi. Yuqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo`lgan xossa, xususiyatlar bormi?
Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va x. k.) asosiy vazifasi har bir soxa buyicha tadqiqot o`tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o`rganish va ochib berishdan iborat.
Јancha ko`p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo`ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish kiyin. Yagin utmishda iqtisodiyotning o`ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s’ezd, plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o`tkazib, barcha uchun farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo`lishganini va bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum.
Hozir mustaqil O`zbekiston barcha rivojlangan mamlaqatlar singari ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fukarolik jamiyati barpo qilish yo`lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o`ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi kerak? Bunda oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qulkop va x. k.) sotib olishadi, utin yoki kumir Kamlab qo`yishadi va x. k. Nima uchun? Chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya’ni fasllarning o`zgarishi, yozdan keyin ko`z, undan keyin kish kelishini juda yaxshi bilishadi.
Yoki yana bir, junrok bo`lsa-da, misol: sizga birov uyning 5-kavatidan tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo`lmaysiz. Nima uchun? Chunki siz I. Nyuton kashf qilgan «Butun olam tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki bilmassiz ham, xavoning o`z jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz ham, deylik. Ammo siz bu holda omon qolishingiz kiyinligini, mayib bo`lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriylik, ya’ni ob’ektiv tarzda amalga oshish, o`z-o`zidan namoyon bo`lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan holos qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, o`zingizning faoliyatingizni shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo`lasiz. Bu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof kadamlar kuymaysiz.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muxim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog`lanishlari, o`zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo`lishidir. Endi qonunning belgilariga to`xtalamiz:
- qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog`lanishlardan faqat muximlarini, ya’ni shunday bog`lanishlarni ifodalaydiki, bo`lar olamning mavjudligi, o`zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo`ladi;
- qonun zaruriy bog`lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog`lanishlar, gox paydo bo`lib, gox yuqolib ketadigan bog`lanishlarga asoslanmaydi.
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog`lanishlarini ifodalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog`lanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yo`z berib, ikkinchi safar yo`z bermaydigan bog`lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2001 yili qishdan keyin bahor kelib, 2002 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bo`lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni — fasllar o`zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.

Download 43.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling