Mavzu: Falsafada qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari Reja: Qonun haqida tushuncha
Download 43.01 Kb.
|
Falsafa mustaqil ish
Тabiat qonunlarining yana bir eng muxim xususiyati — u ob’ektiv harakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog`liq emas. Biror kishi, xatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o`zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo`q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog`lanishlar, munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, vokelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo`lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, ok va qora, kecha va kundo`z, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va x. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo`la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo`lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo`lolmaydi. Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar kanchalik xilma-xil, turli-tuman bo`lmasin, ular o`rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jixatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o`rtasida o`xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bo`lmasa, vazni o`xshash bo`lishi mumkin va x.k. Demak, har qanday o`zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro bir-biriga o`tishi orqali sodir bo`ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo`lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi. O`zgarish va rivojlanish jarayonida o`z-o`zini inkor etish tamoyili nixoyatda muxim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo`ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi. Mazkur qonunga muvofiq ob’ektiv vokelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro`y beradi. Birok, aksariyat hollarda, esqilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Download 43.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling