Mavzu. Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI. SHARQ FALSAFASI
Download 358.98 Kb.
|
1-MAVZU
MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI. SHARQ FALSAFASI.Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Misr va Bobil falsafasi. Hindistonda falsafiy maktablar. Avestoda falsafiy fikrlar. Konfutsiy va Lao szi ta’limoti. Falsafa tarixi – dunyoqarash haqidagi munozaralar tarixidir. Dunyoqarash masalasi kishilik jamiyati taraqqiyotining boshlang‘ich davrida sodda shaklda kishilar tomonidan qo‘yila boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida falsafaning bo‘lishi mumkin emas edi, unda hali ishlab chiqarish juda past darajada edi. Bu davrda kishilar o‘zlariga noz-ne’mat topish uchun vaqt sarflar edilar. Tabiat hodisalari oldida ojiz bo‘lib, hodisalarning sababini qandaydir ilohiy kuch, deb bilardilar. Quldorlik tuzum–insoniyat tarixidagi dastlabki sinfiy jamiyatdir. Uning moddiy negizini quldorlik mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish usuli tashkil qiladi. Quldorlik tuzumi sharoitida ishlab chiqarish vositalari bilan birga, qul ham xususiy mulk bo‘lib hisoblanar edi. Qul va quldordan tashqari bu davrda o‘z mehnati bilan kun ko‘ruvchi hunarmand va dehqonlar ham bor edi. Quldorlik jamiyatida jismoniy mehnat va aqliy mehnat o‘rtasida ajralish boshlandi. Quldor sinfi san’at, adabiyot, falsafa bilan shug‘ulana boshladi. Quldorlik davrida ishlab chiqarishning past darajada bo‘lishiga qaramay, savdo, hunarmandchilik rivojlanishi bilan quldorlar orasida tabaqalanish boshlandi. Eski amaldor bilan, yangisi orasida to‘sqinlik bo‘la boshladi. Quldor va qullar orasida kurash boshlandi. Ilg‘or dunyoqarash bilan konservativ dunyoqarash o‘rtasida kurash boradi. Materialistik va hayotiy diniy, mifologik dunyoqarash bir-biri bilan munozara qilishi natijasida dunyoga keldi. Quldorlar diniy afsonalarga suyanib, tabiat va jamiyat hodisalarini xudolar idora qiladi, har bir urug‘ boshida xudo turadi, degan fikrlardan foydalandilar. Diniy ta’limotlarga suyangan mafkurachilar ilg‘orroq dunyoqarashga qarshi kurashda turli idealistik qarashlarni oldinga surdilar. O‘sib kelayotgan ilg‘or tabaqa, bu diniy afsonaviy qarashlarga qarshi kurashda materializm falsafasini olg‘a surganlar. Quldorlik davrida materializm stixiyali ravishda dahriylik yoki materialistik qarashlar natijasida rivoj topdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi asosida mazkur qarashlar paydo bo‘ldi. Nil daryosi bo‘yida geometriya fani kelib chiqdi. Misrda geometriya, geografiya, matematika, fanlarning asosi paydo bo‘la boshladi. Tabiat fanlari ham asta-sekin rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, qadimgi Misrda «u dunyo»ga ishonmaydiganlar ham bor edi, ular dunyoning asosida moddiy narsaning yotishini e’tirof etar edilar. Qadimgi falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishida Misr madaniyati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki ilk madaniy yodgorliklar eramizdan avval to‘rt ming yil oldin paydo bo‘lganligi shundan dalolatdir. Misr madaniy yodgorliklarida, ertaklari, rivoyatlari, madhiya, duo, didaktik asarlar, masal, epos, ishqiy lirika, umuman xalq donishmandchiligining boshqa turlarida o‘sha davrning ijtimoiy muhiti, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlari, tabobat, urf- odatlari, tabiat hodisalari, diniy, axloqiy, falsafiy qarashlari yuzaki bo‘lsada, o‘z ifodasini topgan edi. Qadimgi Misr afsonalarida hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan va barcha narsada havo bor, deb ta’kidlanadi. Shu sababli ham misrliklar suvni muqaddas, deb bilganlar. Ularning fikricha, hayot suvdan boshlanadi. Shu sababli ham ular Nil daryosini ilohiylashtirishga borib yetganlar. Misrliklar o‘z falsafasida insonlarni dunyo lazzatlaridan to‘la bahramand bo‘lishlariga chaqiradilar. Quvnoq va shod xurram yashash asosiy maqsad bo‘lishi kerak. Oxirat, o‘lim haqida doimiy o‘ylaverish shart emas. Misrliklarning qadimiy manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, tabiat hodisalari, tabiat kuchlari mubolag‘alashtirilgan. Shu sababli o‘simlik va daraxtlarga sig‘inish Misrliklarda ancha qadimiydir. Misr falsafasini shakllanishida u yerdagi tabiat haqidagi fikrlarning shakllanishi o‘sha paytlardayoq falakiyot fanlari kurtaklari Misrda rivojlanganligidan dalolat beradi. Ular yulduzlar faoliyati bilan ko‘proq qiziqqanlar. Shu fan asosida taqvim tuzganlar va uni 12 taga bo‘lganlar. Inson salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot fanlari ham Misrda paydo bo‘lganki, natijada falsafiy muammolar ham o‘rtaga qo‘yila boshlangan. Misr mamlakatida bo‘lgani singari qadimgi Vaviloniya (Bobil)da ham ko‘hna yodgorliklar mavjud bo‘lib, ulardan hanuzgacha tarix va falsafa hamda boshqa fanlarni o‘rganishda foydalanib kelinadi. Jumladan, Bobildagi Adapa haqidagi doston fikrimizni tasdiqlaydi. Bu dostonda insoniyatning abadiy hayoti to‘g‘risidagi fikrlari, abadiy yashash haqidagi o‘ylar o‘z aksini topgan. Unda “o‘lgan va qayta tirilgan” xudolar, jumladan Bobil xudosi Marduqqa haqida fikrlar berilgan. O‘sha davrdagi insonlar ham tabiat va jamiyat yer yuzidagi o‘zgarishlar haqida mulohazalar yuritgan. Samoviy sirlarni bilishga intilganlar. Xayol surganlar, faraz qilganlar. Ertak va afsonalar to‘qiganlar. Bobilliklarning Etapa haqidagi afsonalari ana shular haqidadir. Bu afsonada insonlarning quyosh, oy, yulduzlar bilan qiziqqanligi, o‘zgarishlarni sabablarini ochishga harakat qilganliklari bayon etiladi. Bobilliklarning “Jafokash avliyo haqida doston” hamda “Xo‘jayinning qul bilan suhbati” asarlarida o‘sha davrning falsafiy muammolari yoritilganki, biz ular orqali qadimgi davr falsafasi bilan tanishmiz. Ulardan yaxshilik va yomonlik, johillik va ezgulik g‘oyalari kelajakni yaratuvchi insonlar uchun namuna bo‘lganligiga shubha qolmaydi. Ularda falsafiy tasavvur va g‘oyalar tasvirlangan. Materialistik falsafiy dunyoqarash ilk bor Hindistonda va qadimgi Xitoyda ham paydo bo‘la boshladi. Hindistonda falsafiy qarash eramizdan oldingi uchinchi ming yilliklardan so‘ng boshlangan. Hindistonda shakllangan yangi ilg‘or tabaqa braxmanizm diniy qarashga qarshi chiqdi. Ijtimoiy qarama-qarshilikning keskinlashuvi idealizm bilan dinga qarshi bo‘lgan materialistik maktablarning kelib chiqishi uchun zamin hozirlaydi. Qadimgi Hindistonda, «Ved» «Upanishad» kabi yodgorliklar uchraydi. Upanishad falsafasining asoschisi Brixaspati edi. Bundan tashqari «Charvaka» ta’limoti mavjud bo‘lib, dunyoning asosida to‘rtta narsa – yer, suv, havo, olov yotadi, deb tushuntiradi, shuningdek hamma narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi tabiiydir, deb ko‘rsatadi. Dunyoni bilish masalasini ham materialistik asosda hal qilganlar. Haqiqiy bilimning manbai tashqi dunyo bo‘lib, sezgi organlarimiz orqali u haqda tasavvur hosil qilamiz deydilar. Ular abstrakt tafakkurga ham baho berdilar. Shular sababli xudoga ishonmadilar. Bunday afsonalar xalq o‘rtasidan mustahkam o‘rin olgan bo‘lib, keyinchalik zardushtiylikning «Avesto» kitobida qat’iy muhrlandi. Jumladan, yaxshilik olamiga Axura Mazda, yomonlik olamiga Axriman hukmron, deb ko‘rsatilgan. Yomonlik va yaxshilik o‘rtasidagi kurashlar Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp, Elikbek va boshqa obrazlar faoliyati orqali tasvirlangan. Karashlarda insonparvarlik, vatanparvarlik, tabiatni sevish, mehr-muhabbat sohalarida qahramonlik ko‘rsatuvchi tamoyillar asos qilib olingan Masalan, «Avesto»dagi Mitra obrazini oladigan bo‘lsak, u shunday kuchliki, unga dushman o‘qlari o‘tmaydi, Mitra o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas, dushmanlarni yakson qiladigan buyuk qahramon. Xalq ijodida afsonaviy obrazlar orqali kishilarning osoyishtaligi va baxt saodati uchun kurashilgan, fidokorlik ko‘rsatilgan. Ana shunday qahramonliklardan yana biri XI asrda yashagan Asadi Tusiyning “Gershaspnoma”sida bayon qilinadi:Bir ajdar kishilarga ko‘p baxtsizliklar keltiradi, qabilaning hayoti xavf ostida qoladi. Qahramon Gershasp ajdarga qarshi jangga otlanadi, ajdarning maskaniga qarab yo‘l oladi. Gershasp tush chog‘iga qadar ajdarni qidiradi, biroq uni topaolmaydi. U o‘t qalab ovqat pishirmoqchi bo‘ladi. Ajdar shunchalik katta ekanki, Gershasp ancha vaqt uxlab yotgan ajdarning ustida aylanib yursa ham, uni payqamagan ekan va o‘z o‘chog‘ini uning ustiga qurgan ekan. O‘t ajdarning badanini qizitibdi, ajdar vazmin qimirlay boshlabdi. Shundan keyingina Gershasp ajdar ustida kezib yurganini payqab olibdi. Lekin Gershasp vahimaga va sarosimalikka tushmabdi. U bu ulkan va dahshatli mahluqqa qarshi jang boshlabdi, qurollarini mohirlik bilan ishlatibdi, ajdarni yengib, kishilarni halokatdan qutqaribdi1. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. «Kitobi Jamshid», «Chistoni Elikbek», «Qirqqiz», «Qublandi Botir», «To‘maris», «Bexistun», «Bundaxshin», «Denkard» kabi qadimiy manbalar fikrimizni tasdiqlaydi. Mazkur qadimiy manbalarda falsafiy fikrlarni uchratish mumkin. Ularda ko‘proq yovuzlik va ezgulik hislatlarni falsafiy qilib tushuntirilgan. Bundan tashqari, Xitoyda ham sinfiy tabaqalanishning boshlanishi, sinfiy kurashning keskinlashuvi ideologiyada o‘z aksini topdi. Xitoyda hokim sinflar, dinni xalqni ezish uchun qurol qilib oldilar, xalq ongiga diniy aqidalarni ham singdirdilar. Xitoyda matematika, meditsina, biologiya sohasida ham bir qancha yangiliklar ochildi. Qadimgi Xitoyda birinchi materialistik 1 Gershasp obrazi xalq xotirasida saqlanib qoldi, u qayta-qayta ishlandi va yozma adabiyotdan о‘rin oldi. Yozuvchi Asadi Tusiy (XIasr), shu afsonalardan foydalanib, о‘zining “Gershaspnoma” asarini yaratdi. qarash - dunyo besh xil elementdan – suv, yer, havo, olov, yog‘ochdan iborat deb tushuntirdi. Xitoy materialistik faylasuflari, dunyoni moddiy birligini e’tirof qilib, dunyoning asosida bitta «tsi» ya’ni abadiy harakat qiluvchi modda yotadi, deydilar. Moddaning harakat manbai ijobiy (yan), salbiy (in’) ta’sir orasidagi munosabatdan iborat, deydilar. Millodan avvalgi V-IIIasrlarda Konfutsiy ta’limoti paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. Konfutsiy eramizgacha bo‘gan davrning 551-479-yillarida yashab, faoliyat yuritgan. Uning fikricha insonlarning barchasi tug‘ma xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro yaqindirlar.Keyinchalik ular o‘zlaridagi xossa-xususiyatlarga ko‘ra farqlanadilar. Konfutsiy podsholarning ulug‘vorligiga e’tiborni qaratadi. Agar podshoh adolatli bo‘lsa insonlar uni e’zozlaydilar. Uning fikricha podshoh osmon o‘g‘lidir. Bu o‘g‘il buyruqni osmondan oladi va jamiyatni boshqaradi. Tabiatning qonuniy rivojlanishi to‘g‘risidagi materialistik, stixiyali, dialektik qarash dao-qonun daotsizm deyiladi. Buning asoschisi Lao-TSzidir. Loa-TSzi maktabi qadim Xitoy materialistik falsafaning rivojlanishida muhim bosqichni tashkil etadi. Lao - szining ta’lim berishicha, hech narsa abadiy emas, hamma narsa harakatda. Lao-TSzi fikricha narsalarning asosiy rivojlanish qonuni shundaki, har bir narsa o‘zining rivojlanish darajasiga yetishi bilan o‘zining qarama-qarshisiga aylanadi. Bu hayot qonunidir, deydi u. Ushbu materialistlarning fikricha, dunyo doimiy o‘zgarib turuvchi yaxlitlikni tashkil etadi. Aytish lozimki, mazkur ta’limot- larda dunyoning rivojlanishi haqidagi materialistik elementlar ancha rivojlangan edi. Demak, falsafa kishilik tarixida qadimgi Sharq mamlakatlarida Misr, Vaviloniya, Hindiston, Xitoyda paydo bo‘lib, sodda stixiyali materializm xarakteriga ega edi. Chunki Xitoy, Hindiston, Arabiston, O‘rta Osiyoda feodalizmning dastlabki davrida tabiiy ilmlar ancha rivojlangan edi. Qadimgi Xitoy va Hindiston falsafasi ilmiy zaminga ega bo‘lmasada, umuminsoniyat ilmiy xazinasiga katta hissa qo‘shdi. Lekin u falsafa feodalizm davri ideologiyasining asosiy shakli edi. Chunki ruhoniylar feodal sinfining asosiy qismini tashkil etar edi. Kishilik fikrining barcha sohasi falsafaga, dinga, diniy tizimga moslashtirilgan edi. Falsafa shu davrga kelib ilohiyotga, sxolastikaga aylandi. Tabiatni o‘rganish gunoh hisoblanar edi. Tabiat haqida fikr bildirganlar o‘ldirilganlar, quvg‘in qilinganlar. Lekin bunday harakatlar insonlar fikriga aksincha ta’sir etmadi. Chunki feodalizm zaminida kapitalistik ishlab chiqarish usuli vujudga kelgani uchun din va cherkovga qarshi atomistik, materialistik tendensiyalar ham avj oldi. Lekin ochiq kurashish mumkin emas edi. Shuning uchun progressiv fikr berish asosida harakat qildilar. Bularning barchasi sivilizatsiyadan dalolat edi. Download 358.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling